R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev


edi. Bu tajribalar dadil amalga oshirildi. Ularga o‘zini obro‘sizlantirib qo‘ygan


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/194
Sana26.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1723273
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   194
Bog'liq
Menejment asoslari

edi. Bu tajribalar dadil amalga oshirildi. Ularga o‘zini obro‘sizlantirib qo‘ygan 
ma’muriy buyruqbozlik tizimi tuzog‘idan qat’iyan xalos bo‘lishning, jadal o‘zgarib 
borayotgan iqtisodiy sharoitlarga mos bo‘lgan yangi muassasalar tizimini tezlik 
bilan joriy etishni birdan bir yo‘li deb qaraldi.
Muassasalar sohasidagi (institutsional) o‘zgarishlar jarayonidayoq boshqaruv 
mexanizmlari takomillashtirilib borildi, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini 
boshqarish borasida ularning xususiyatlariga ancha mos keladigan xo'jalik

— Menejment asoslari 
33


yurituvchi subyektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, tashab- 
buskorlik va tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantiradigan tashkiliy-huquqiy 
shakllar vujudga keldi.
Ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari tizimida 
boshqarishni izchil, bosqichma-bosqich tashkil etish modeli qabul qilindi. 
Boshqaruv tizimini isloh qilish jarayoni bir qancha bosqichlardan o‘tib taraqqiy 
qildi va hozir ham takomillashtirilmoqda.
Boshqaruv sohasidagi islohotlar natijasida ko‘plab boshqaruv bo‘g‘inlarining 
vazifasi o‘zgardi, yangi idoralar tuzildi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimining 
qoldiqlari, nazorat qiluvchi tizim va uning ijroiya idoralari tugatildi. Oldingi 
taqsimot ishlari hamda ulami amalga oshiruvchi mexanizmlarga barham berildi.
Jumladan, ma’muriy buyruqbozlik, to‘rachilik tizimining o‘zagini tashkil 
etgan, markazdan turib rejalashtirish tizimi mustahkamligi va buzilmasligining 
ifodasi boigan davlat reja qo‘mitasi, davlat ta’minot qo‘mitasi, davlat narxlar 
qo‘mitasi va bir qator vazirliklar hamda juda katta ma’muriy apparatlar tugatildi. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling