Xorijda boshqarish bo‘yicha yapon tajribasi sanoati rivojlangan barcha
mamlakatlarda o‘rganilmoqda.
34
1945-yildan so'ng qisqa davrda yapon boshqamvchilarining katta yutuqlari
ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga tortmoqda. Bu davrda yaponlar an’anaviy
boshqarishning tashkiliy tizimini tubdan o‘zgartirdilar: unga ular maqsadga
muvofiq Amerika menejmenti ekspertlarini kiritdilar.
Yapon biznesining bayroqdorlaridan biri Konosuke Matsusiti boshqarish
samaradorligining zarurligiga jamoatchilikning e’tiborini jalb qilib, shunday degan
edi: «Hozirgi tadbirkorlik tashkilotlari ijtimoiy hayotni qo‘llab-quwatlashda muhim
rolni bajarmoqda. Oziq-ovqat, kiyim-bosh, uy-joy sharoitlari taqsimot natijasida
hammaga yetarli bo‘lmoqda. Bu ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun har bir
korxona taraqqiyot va ishga qobiliyatli holatini saqlashi lozim. Biz boshqarish
deb ataydigan faoliyat to‘la safarbarlikni talab qiladi, bunda insoniy tajriba va
intellekt mujassamlashgan. 0 ‘zini boshqarishga bag‘ishlagan odam, juda hurmatli
bo‘lib to‘la safarbarlik va o‘z hayotini qurbon qilishgacha tayyorlikni talab
qiluvchi mas’uliyatli lavozimni egallaydi».
K. Matsusitining ijodiy izlanishlari o‘ziga xos bo‘lgan «Yapon boshqarish
tizimi»ni yaratish bilan tugadiki, boshqarishning bunday yapon tizimini, amerika
modeli ega bo‘lmagan bir qancha konsepsiyalar belgilaydi. Ulardan eng muhimi
umrbod ishga qabul qilish jarayonidir. Shuningdek, boshqarishda rahnamo nazariy
kuchli va amaliy qo‘llanadigan konsepsiyalarga ega bo‘lishi, jazolash va izza
qilishga chek qo‘yish mojaroga yo‘l qo‘ymasligi, maqsadni aniq ko‘rish, erkinlik
hissiga ega bo‘lishi kerak. Yaponiyada tashkil etilgan «Sifat to‘garaklari» ham
Do'stlaringiz bilan baham: |