chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida ham tarkib topadi. Eng chuqur
tarkibiy o‘zgarishlar respublika iqtisodiyotining tarmoqlari va ayrim sohalarini
boshqarish tizimida yuz beradi.
Ittifoq parchalanib, umumittifoq vazirliklari tugatilgach, 0 ‘zbekiston hududida
joylashgan ittifoq va ittifoq-respublika bo‘ysunuvidagi korxonalar milliylashtirildi.
Bu esa ulami boshqarishni tashkil etish muammosini hal etishni kun tartibiga
qo‘ydi. Muammoni hal etish uchun mazkur korxonalar o‘z faoliyat sohalariga
qarab ixtiyoriy ravishda davlat tarmoq konsemlariga birlashtirildi. Bu nafaqat
ishlab chiqarish quwatlarini saqlab qoldi, balki uning rivojlanishiga yangi turtki
berish uchun ham imkoniyat yaratdi.
Korxonalaming iqtisodiy mustaqilligi kengayib borgan sari davlat konsemlari
tarmoq uyushmalariga aylantirildi. Ulaming boshqaruv apparatlari esa o‘z
tarkibidagi birlashmalar va korxonalaming ixtiyoriy ravishda bergan mablag‘i
hisobidan ta’minlanmoqda.
Islohotlaming birinchi bosqichi mobaynida tarmoq vazirliklari uyushmalarga,
konsemlarga, korporatsiyalar va boshqa xo‘jalik birlashmalariga aylantirish yo‘li
bilan batamom tugatildi. Avtomobil transportida, qurilishda, qishloq xo‘jaligida
boshqaruv tizimi qayta tuzildi.
Korxona va tashkilotlar, qaysi idoraga bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan
qat’i nazar, o‘z iqtisodiy manfaatlarining mushtarakligi asosida konsemlar,
uyushmalar va korporatsiyalar tarkibiga ixtiyoriy ravishda kirdilar. Ular o‘z
faoliyatlarini pay va kirish badallari asosida, ishtirokchilaming aksiya to‘plamini
(paketini) sohb ohsh asosida yo‘lga qo‘yadilar.
Umummilliy ahamiyatga ega tarmoqlar va faoliyat sohalarida, aytaylik,
sayohatchilik, transport, madaniyat, kinolashtirish tizimi va boshqalarda milliy
Do'stlaringiz bilan baham: |