Tashkilot «hayoti» inson hayotiga o‘xshash bo‘lib har qanday mehnat
predmeti va xizmatining yashash davriga ega. Uni o‘zining fazalari va rivojlanish
xususiyati mavjud.
Tashkilotning hayot sikli konsepsiyasiga muvofiq uning barcha faoliyati u
tug‘ilishidan boshlab hayotini to‘xtash yoki tubdan modernizatsiyalash
(takomillash) gacha qator bosqichlami bosib o‘tadi. Ulaming har biri ma’lum
maqsadlar, belgilar, boshqarish uslubi vazifasi va mehnatni tashkil qilish kabi 5
fazadan iborat.
3-rasm.
1-faza. Tashkilotning tug‘ilishi. Unda yashab qolishdan iborat bosh maqsadni
belgilash; boshqarish uslubi inqirozi; asosiy vazifa, bozorga chiqish, mehnatni
45
tashkiUash — foydani yuqori darajaga ko‘paytirishga intilish.
2-faza. Bolalik va yoshlik. Asosiy xususiyatlar: bosh maqsad — qisqa muddatli
foyda va tez o ‘sish; qattiq rahbarlik hisobiga yashash; asosiy vazifa
mustahkamlanish va bozoming ma’lum qismini egallash; mehnatni tashkil qilish,
foydani rejalashtirish, xizmat va maoshni oshirish.
3-faza. Yetuklik. Bosh maqsad tizimli muvozanatli o‘sish va shaxsiy
shakllanish; vakolatlami berish orqali rahbarlik samaradorligi; asosiy vazifa —
turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘sish; bozomi egallash, turli manfaatlarni hisobga
olish, mehnatni tashkil qilish— taqsimot va kooperatsiya, shaxsiy natija uchun
mukofot.
4-faza. Tashkilotning qarishi. Mohiyati bo‘yicha yetuklikning eng yuqori
darajasi. Tashkilotning rivojlanishida bosh maqsad — erishilgan natijalami saqlash,
boshqarish sohasida samarali harakatlami moslash orqali erishiladi; asosiy vazifa —
barqarorlikni ta’minlash, mehnatni erkin rejimda tashkil etish, foydada qatnashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |