F. Teylor boshqarishni «aniq bilish, nima qilish kerak va buni qanday qilib
puxta va arzon usulda bajarish san’ati» deb baholagan. F. Teylor boshqarish
vazifasini quyidagi guruhlarga ajratadi:
— Maqsadni tanlash.
— Vositani tanlash.
— Vositani tayyorlash.
— Natijani nazorat qilish.
— Ishchini ilmiy tanlash.
— Ishchini ilmiy o‘qitish.
— Ishni ixtisoslashuvi.
— Ish xohishini qo‘zg‘atish bo‘yicha motivlaming muhimligi.
— Boshqaruvchi va xodim mehnati javobgarligini to‘g‘ri taqsimoti.
M. Veber tamoyillari:
— Aniq mehnat taqsimoti, yuqori malakali mutaxassislar shakllanishiga olib
keldi.
— Boshqarishning iyerarxiya darajasi, bunda pastki daraja yuqoridan nazorat
qilinadi va unga bo‘ysunadi.
— Vazifalarni sozlash va bir xil vazifalarni bajarishni ta’minlaydigan
umumrasmiy qoida va standartlar o‘zaro bog‘liq umumiy tizimining mavjudligi.
— Subyektiv xatolar samaradorligini pastlatuvchi rasmiy shaxslami rasmiy
mustaqilligini kamaytirish.
— Ishga malaka talabi asosida ishchini yollash.
39
KORXONA VA FIRMALAR, TASHKILOTLAR, M ENEJERLAR VA
BOSHQARUV MUVAFFAQIYATLARI
Xalq xo'jaligi deganda mehnat taqsimoti orqali bog‘langan ishlab chiqarish
tarmoqlari va xo‘jalik shakllarining o‘zaro bog‘liq bo‘lgan majmuasi tushuniladi.
Davlat xalq xo‘jaUgi butun mamlakat hududida joylashgan barcha tarmoqlar va
korxonalaming yagona dialektik birligi bo'lib, unda takror ishlab chiqarishning
barcha bosqichlari, ishlab chiqarish qatnashchilarining manfaatlari amalga
oshiriladi. Mamlakat xalq xo‘jaligi ma’lum tuzilishga ega. U ishlab chiqarish,
ijtimoiy, hududiy va tarmoq tuzilishidan iboratdir. Xalq xo‘jaligi yana ishlab
Do'stlaringiz bilan baham: |