Ulaming o‘miga yangi boshqarish bo‘g‘inlari tuzildi. Bular bozorga asoslangan
yangi iqtisodiy munosabatlarning tashabbuskorlari va ularni ro‘yobga
chiqaruvchilar bo‘lmog‘i kerak. Masalan, o‘zini oqlamagan Davlat reja qo‘mitasi
o‘miga Davlat Statistika Departamenti tuzildi. Bu qo‘mita iqtisodiyotni isloh
qilish qoidalari va ustivorliklar, ulami amalga oshirish mexanizmlari asosida
iqtisodiy islohotlarning borishiga baho berish hamda ularni yanada
chuqurlashtirishga qaratilgan takliflar tayyorlash; balans hisob-kitoblari asosida
makroiqtisodiy nisbatlarni, tarmoqlar va hududlardagi tarkibiy o‘zgarishlar
tamoyillarini tahlil qilish; respublika iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini
shuningdek, mintaqalami 0 ‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash
zamrligidan kelib chiqqan holda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ko‘p variantli
istiqbollarini belgilash vazifalari yuklatildi. Yakkahokim bo‘lib olgan taqsimot
idorasi — Davlat ta’minot qo‘mitasi va uning vorisi bo‘lgan «0 ‘zshartnomasavdo»
o‘miga yangi bozor tizimi Respublika ulguiji va biija savdo hissadorlik uyushmasi
tuzildi. Bu uyushma tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’mole hilar va tadbirkorlar
tovar resurslari bozorida erkin hamda teng huquqli ishtirok etishi uchun zarur
infrastrukturani (bozor xizmati sohasini) yaratishi kerak. Uning tarkibiga
respublika hissadorlik tovar-xomashyo biijasi, hissadorlik biija banki, hududiy
hissadorlik tijoratchi-vositachi kompaniyalar kiritildi. Bular mulkchilik shakllaridan
qat’i nazar korxonalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslarga kontrakt-shartnoma
asosida tijorat-vositachilik, savdo, marketing va boshqa xizmatlar ko‘rsatishi
ularga biija savdosida qatnashish uchun teng sharoitlar yaratib berishi kerak.
XORIJDA BOSHQARUV
Do'stlaringiz bilan baham: |