edi. Bu tajribalar dadil amalga oshirildi. Ularga o‘zini obro‘sizlantirib qo‘ygan
ma’muriy buyruqbozlik tizimi tuzog‘idan qat’iyan xalos bo‘lishning, jadal o‘zgarib
borayotgan iqtisodiy sharoitlarga mos bo‘lgan yangi muassasalar tizimini tezlik
bilan joriy etishni birdan bir yo‘li deb qaraldi.
Muassasalar sohasidagi (institutsional) o‘zgarishlar jarayonidayoq boshqaruv
mexanizmlari takomillashtirilib borildi, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini
boshqarish borasida ularning xususiyatlariga ancha mos keladigan xo'jalik
2
— Menejment asoslari
33
yurituvchi subyektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, tashab-
buskorlik va tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantiradigan tashkiliy-huquqiy
shakllar vujudga keldi.
Ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari tizimida
boshqarishni izchil, bosqichma-bosqich tashkil etish modeli qabul qilindi.
Boshqaruv tizimini isloh qilish jarayoni bir qancha bosqichlardan o‘tib taraqqiy
qildi va hozir ham takomillashtirilmoqda.
Boshqaruv sohasidagi islohotlar natijasida ko‘plab boshqaruv bo‘g‘inlarining
vazifasi o‘zgardi, yangi idoralar tuzildi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimining
qoldiqlari, nazorat qiluvchi tizim va uning ijroiya idoralari tugatildi. Oldingi
taqsimot ishlari hamda ulami amalga oshiruvchi mexanizmlarga barham berildi.
Jumladan, ma’muriy buyruqbozlik, to‘rachilik tizimining o‘zagini tashkil
etgan, markazdan turib rejalashtirish tizimi mustahkamligi va buzilmasligining
ifodasi boigan davlat reja qo‘mitasi, davlat ta’minot qo‘mitasi, davlat narxlar
qo‘mitasi va bir qator vazirliklar hamda juda katta ma’muriy apparatlar tugatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |