aylantirib, ularda tejamkorlik, manfaatdorlik, mas’uliyat hissiyotlarini kuchaytirish
va shular kabi boshqa отШаг orqali xalq xo‘jaligining ba’zi sohalarida sezilib
turgan tanglikdan chiqib ketish yo‘llarini topish maqsadga muvofiqdir.
Kishilarimiz qanchalik nosotsialistik davlatlarda bo‘lsalar, shunchalik o‘sha
mamlakatning boyUgi haqida so‘z yuritilar edi. Bunday xabarlar odamlar orasida
juda tez tarqalardi va tabiiyki eshitganlar chet el fuqarolari kabi yashashni
xohlab qolishardi. Ustiga-ustak oxirgi o‘n yilliklar davrida sobiq sovet mamlakatida
iqtisodiy inqiroz ro‘y berayotgani ochiq-oydin tan olinmasa ham iqtisodiy
tanazzulni statistik ma’lumotlardan bilish qiyin emas edi.
0 ‘zbekistondagi iqtisodiy ahvol yana ham ayanchliroq edi. Chunki aholi
jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad Umumittifoqdagiga qaraganda 1,5
marotaba kam deb hisoblanar, aholimiz esa 2 marta ozroq pullik xizmatlardan
foydalanar edi. Respublikada ekologik muvozanat buzilgan, tibbiyot va boshqa
sohalarda qiyinchilik ko‘p edi.
Sobiq sovet tizimida tug‘ilib, o‘sib ungan hozirgi avlodimizning ongiga
sotsialistik rejalashtirish iqtisodiyoti, markazlashtirilgan boshqaruv tizimlari
singdirilganligiga qaramay, mikroiqtisodiyot nuqtayi nazaridan o‘tmishga nazar
tashlasak, Xitoy, Koreya, Germaniya, Vyetnam mamlakatlarining bir qismida
bozor iqtisodiyoti, ikkinchi qismida esa sotsialistik rejalashtirish va taqsimlashga
31
asoslangan iqtisodiyot bir vaqtning o‘zida ishlab keldi. Natijada bozor iqtisodiyoti
ustunligi amaliy hayotda isbot bo‘ldi. Negaki, bir xil tabiiy sharoit, boyliklarga
ega bo‘lgan bir xil millat odamlarida har xil turmush darajasiga erishildi. Bozor
Do'stlaringiz bilan baham: |