mamlakat o‘z milhy an’analari, dini, tarixiga ega va shularga qarab ish ko‘rishi
lozim.
Bundan tashqari kimdir shved modeh qotib qolgan va yakunlangan narsa,
shvedlar endi hech narsa qilmay yashayverishlari mumkin deb o‘ylaydi. Amalda
esa bunday emas. Yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, shved modelida doimo
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, chunki dunyodagi har bir o‘zgarishga mos harakat
qilinmasa ortda qolishi hech gap emas.
Biroq shved modeli orqali ko‘p mamlakatlar o‘zlariga xulosa chiqarib olishlari
lozim. Masalan, shved modelining asosiy qismi mehnat bozoridagi faol siyosat
tajribasi boshqa mamlakatlar tomonidan qo'llanilishi mumkin. Buning ma’nosi
shuki: ishsizlarga faqat nafaqa berib ulkan pul mablag‘larini sarf qilishning
keragi yo‘q, buning o'miga ishsizlami qayta tayyorlab, ulaming malakasini
oshirib mehnatning boshqa turlariga yo‘naltirishga qaratiladi.
Biz uchun esa shved modeli shunisi bilan muhimki, davlat boshqamvi
bozor stixiyasini chegaralash va bozordan qo'rqmaslikni o‘rganish imkonini
beradi. U oddiy kapitalistik mamlakatlaming harakat doirasidan chetga chiqadi
va eng asosiysi shved modeli kuchli ijtimoiy siyosatga ega bo‘lgan davlat yaratish
mumkinligini isbotlaydi.
Endi Germaniya tajribalariga nazar tashlasak, ularda ham kuchli ijtimoiy
siyosat qaror topganligini ko'ramiz. Ulaming boshqaruvdagi yaxshi xislatlaridan
biri xo‘jalik yuritishda va hayotning barcha sohalarida tejamkorlikka qattiq
rioya qilichdir. Ular tejamkorlik masalalariga nafaqat o‘z manfaatlari, balki
jamiyat nuqtayi nazaridan qaraydilar. Nemislaming tejamkorliklari ulaming
vaqtga bo'lgan munosabatlari orqali ham namoyon bo‘ladi. Ular o‘z vaqtlarida
o‘zgalar vaqtlarini ko‘radilar va uni qadrlagan holda har ishni o‘z vaqtida
Do'stlaringiz bilan baham: |