bunda ulaming har biri o‘z vazifasiga ega bo‘lib, bir kishi tomonidan bajariladigan
bo‘lishi ham mumkin. Bunda mutaxassislik malakasini hisobga olish darkor.
2-bosqich — vazifalarni guruhlash va mantiqiy bloklarga ajratish. Ko‘pgina
kompaniyalarda 2—3 kishidan iborat gumhlar birga ishlaydi. Agar kishilar
bo‘limlar va sektorlarga uyushtirilgan boisa, ish samarali bo‘ladi. Tashkil
qilishning bu qismi ixtisoslashuv deyiladi.
3-bosqich — ishlarni koordinatsiyalash yoki turli boiimlar ishlarini
koordinatsiyalash (sozlangan) bo‘lishi kerak. Koordinatsiya mojarolaming oldini
olib ulami boshqarish va firma tizimini mustahkamlaydi. Yaxshi tashkil qilingan
va koordinatsiyalashgan mexanizm menejmentning oxirgi ikki vazifasi bo‘lgan
rahbarlik va nazoratni yaxshi yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi. Odatda tashkilotning
a’zolari, ishlaydigan menejerlar va alohida xodimlar berilgan tizimni ma’lumot
uchun qabul qiladilar hamda tashkilot tizimi bilan tanishib chiqadilar, natijada
har bir a’zo yoxud bo‘lim birgalikda nima ish bajarish haqida aniq tasawurga
ega bo‘ladi. Tashkilot yoki kichik firma ham o‘z tuzilishiga ega bo‘lib unda
lavozimlar, bo‘ysunish tizimi, u yoki bu bo‘limni kim boshqarishi aniq ko'rsatilishi
lozim. Bunday tuzihsh kompaniya bilan tezda tanishish imkonini beradi.
Tizim idoralari rasmiy ravishda o‘matilgan va norasmiy aloqalarda bo‘ladi.
Rasmiy aloqalar — bu eng awalo vertikal tarzda — rahbarlik bilan bo‘ysinuvchilar
o‘rtasidagi aloqalardir. Ular rahbarlikning va bo‘ysunishning tipiga qarab farq
qiladi. Agar rahbarlik to'laqonli bo‘lib, quyi idora quyi faoliyatiga doir barcha
masalalarda daxldor bo‘lsa, bu xildagi aloqa muntazam aloqa deb ataladi. Agar
rahbarlik cheklangan bo‘lsa, u holda aloqa funksional bo‘ladi. Organlar o‘rtasida
Do'stlaringiz bilan baham: |