vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjuddir. Bu muvo-
fiqlashtirish, kooperatsiyalash tarzidagi aloqalardir. Hokimiyatga tayanadigan
41
rasmiy aloqalar boshqaruv tizimida asosiy o‘rinda turadi. Lekin norasmiy aloqalar
ham muhim ahamiyatga egadir. Ta’minotchilar va mahsulotni iste’mol qiluvchilar,
tadqiqot va ishlab chiqarish tashkilotlari, ilmiy va o‘quv muassasalari o‘rtasidagi
ko‘p yillik bevosita aloqalar ijobiy ahamiyatga ega. Ammo norasmiy aloqalaming
salbiy jihatlari ham bor, masalan, guruhbozlik va shunga o‘xshash ko‘rinishlar
ham yo‘q emas. Bosqichma-bosqich bo‘ysunish — bu tizimda rasmiy va norasmiy
aloqalar bilan birlashtirilgan idoralaming vertikal va gorizontal tartibga solingan
tizimi demakdir.
B O ‘LIMLAR IS H IN I KOORDINATSIYALASH
Vertikal koordinatsiya
Har qanday firmaning asosiy uslubi jamoa zanjirini koordinatsiyalashdir.
Vertikal koordinatsiyada menejerlar ular oldida hisob beradigan bo‘ysunuvchilar
ishini nazorat qiladilar va o‘z navbatida o‘zlari boshliqlari nazoratida boiadilar.
Shunday qilib, yuqori darajadagi menejerlar tashkilotning barcha ishini ma’lum
oqimga yo‘naltiradilar. Ular jamoa zanjiridan foydalanib tashkilotni bo‘limlarga
va birga ishlovchilarga ajratadilar. Har bir menejerga hisob beradigan
bo‘ysunuvchilar soni boshqarish me’yori deb ataladi. 2-rasmda boshqarish davrida
asosiy ishlab chiqarish tizimi tasvirlangan. Unda individual xodimlar darajasidagi
24 ishchiga ega boigan ikki firmaning tashkiliy diagrammasi ko‘rsatilgan. Bunda
B firmasi boshqarishning tor me’yoridan foydalangan. Birinchi liniyadagi har
bir menejer A firmasiga qiyoslanganda olti individual ishlab chiqaruvchi o‘miga
Do'stlaringiz bilan baham: |