R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev


chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida ham tarkib topadi. Eng chuqur


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/194
Sana26.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1723273
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   194
Bog'liq
Menejment asoslari

chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida ham tarkib topadi. Eng chuqur 
tarkibiy o‘zgarishlar respublika iqtisodiyotining tarmoqlari va ayrim sohalarini 
boshqarish tizimida yuz beradi.
Ittifoq parchalanib, umumittifoq vazirliklari tugatilgach, 0 ‘zbekiston hududida 
joylashgan ittifoq va ittifoq-respublika bo‘ysunuvidagi korxonalar milliylashtirildi. 
Bu esa ulami boshqarishni tashkil etish muammosini hal etishni kun tartibiga 
qo‘ydi. Muammoni hal etish uchun mazkur korxonalar o‘z faoliyat sohalariga 
qarab ixtiyoriy ravishda davlat tarmoq konsemlariga birlashtirildi. Bu nafaqat 
ishlab chiqarish quwatlarini saqlab qoldi, balki uning rivojlanishiga yangi turtki 
berish uchun ham imkoniyat yaratdi.
Korxonalaming iqtisodiy mustaqilligi kengayib borgan sari davlat konsemlari 
tarmoq uyushmalariga aylantirildi. Ulaming boshqaruv apparatlari esa o‘z 
tarkibidagi birlashmalar va korxonalaming ixtiyoriy ravishda bergan mablag‘i 
hisobidan ta’minlanmoqda.
Islohotlaming birinchi bosqichi mobaynida tarmoq vazirliklari uyushmalarga, 
konsemlarga, korporatsiyalar va boshqa xo‘jalik birlashmalariga aylantirish yo‘li 
bilan batamom tugatildi. Avtomobil transportida, qurilishda, qishloq xo‘jaligida 
boshqaruv tizimi qayta tuzildi.
Korxona va tashkilotlar, qaysi idoraga bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan 
qat’i nazar, o‘z iqtisodiy manfaatlarining mushtarakligi asosida konsemlar, 
uyushmalar va korporatsiyalar tarkibiga ixtiyoriy ravishda kirdilar. Ular o‘z 
faoliyatlarini pay va kirish badallari asosida, ishtirokchilaming aksiya to‘plamini 
(paketini) sohb ohsh asosida yo‘lga qo‘yadilar.
Umummilliy ahamiyatga ega tarmoqlar va faoliyat sohalarida, aytaylik, 
sayohatchilik, transport, madaniyat, kinolashtirish tizimi va boshqalarda milliy 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling