kompaniyalar tuzildi. Kompaniyalaming boshqalardan ajralib turuvchi xususiyati
shundan iboratki, ular iqtisodiy jihatdan batamom mustaqildir. Ular o‘z-o‘zini
mablag1 bilan ta’minlash asosida ish olib borib, ishlab chiqarish—xo'jalik va
moliyaviy faoliyatiga oid masalalami mustaqil hal qilmoqdalar.
0 ‘tish davrida uyushmalar, konsemlar, korporatsiyalar va boshqa birlash-
malarning asosiy vazifasi respublika xalq xo‘jaligini ishlab chiqarilayotgan
40
mahsulotning aniq turlari bilan ta’minlash, yagona ilmiy texnikaviy va investitsiya
siyosatini o ‘tkazish, ichki va tashqi bozorlar konyukturasini o'rganish, tarmoqda
bozor munosabatlarini rivojlantirishdir. Shuningdek, ulaming vazifasi davlat
tashkilotlarini nodavlat shakliga aylantirish ishlarini tashkil etish, tadbirkorlikning
rivojlanishini butun choralar bilan qo‘llab-quwatlashdan iboratdir.
Ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, davlat mulkini xususiylashtirish,
ishlab chiqamvchi kuchlami jadal rivojlantirish va aholi turmush farovonligini
yuksaltirish muammolarini hal qilish sohasidagi barcha ishlar joylarda amalga
oshirila boshlangani bozor munosabatlari qaror topishining muhim jihatidir.
Bozor o‘zgarishlarining hududiy jihatlari kuchayib bormoqda. Bunday sharoitda
mahalliy boshqaruv organlarining o‘z oldilarida turgan vazifalarni bajarishdagi
mas’uliyati oshib borayotir. Ulaming ichki tuzilishi tamomila o'zgartirildi.
Korxonada tashkiliy tadbirlami o‘tkazish, tashkil qilish, rahbarlik va nazorat
menejment jarayonining asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Tashkiliy ishlami 3
bosqichga bo‘lish mumkin.
1-bosqich — ish taqsimoti. Menejer butun ishni qismlarga shunday bo'ladiki,
Do'stlaringiz bilan baham: |