tarmoqning Vazirlar Mahkamasidagi eng mas’ul apparat xodimlarigacha bo‘lgan
gorizontal va vertikal tabaqalar mexanizmini o‘z ichiga oladi. Bu mexanizmning
biron-bir qismi yoki murvati mo‘ljallangandek ishlamay qolsa, ko‘zlangan
maqsadga belgilangan vaqtda erishmasUgimiz aniq.
Albatta, bozor sharoitida boshqarish jarayoni o‘zgaruvchan bo‘lganligi uchun
boshqaruvchilarga o‘zgarmas — standart maslahat berishning iloji yo‘q. Ammo,
bozoming tub ma’nosidan kelib chiqayotgan, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan
hayotiy tavsiyalar bajarilishi shart deb o‘ylaymiz. Bulardan ba’zilarini sanab
o‘tamiz:
— Mustaqil respublikamizning Oliy Majlisi hamda xalq noiblari faolligini
yanada oshirib, iqtisodiyot rivojlanishi uchun zamr bo‘lgan qonunlarimiz zanjirini
ishlab chiqish, ulami joylarda joriy etilishini ta’minlash zarur;
— Prezident farmonlari, ijro etuvchi hokimiyat qarorlari tezkorlik bilan
so‘zsiz bajarilislii lozim;
— mahalliy hokimiyat bilan davlat hokimiyati bir yo‘nalishda ish olib
borishlari va ishlab chiqarish jarayonida ularga bog‘liq bo‘lgan qator muammolami
to‘g‘ri yechib berishlari shart.
Hozirgi davr boshqamvida iqtisodiy demokratiyaga asoslangan ishlab chiqarish
raqobati qanchalik tez rivojlansa, shunchalik tez bozor iqtisodiyoti samaradorligi
ko‘zga tashlana boshlaydi.
Awalo, aql-idrok bilan astoydil mehnat qihsh kerak. Buyruqbozlik yoki
quruq chaqiriqlar bilan iqtisodda yuksalish bo‘lmasligini hayotimiz tajribasidan
o‘tkazganmiz. Moddiy ne’matlar yaratish, mahsulot ishlab chiqarish, xalqqa
xizmat ko‘rsatish tizimlarida yakkahokimlikni butunlay yo‘qotish va ular orasida
haqiqiy iqtisodiy ishlab chiqarish raqobatini vujudga keltirish zarur. Aks holda
halol mehnat qilib, moddiy ne’mat yaratgan ishlab chiqaruvchilar hamda peshona
Do'stlaringiz bilan baham: |