2. Tashkiliy-ma’muriy boshqaruv usullari. Boshqarishning bu usuli
yakkaboshchilik munosabatlari — intizom va mas’uliyatga asoslanadi.
Tashkiliy-ma’muriy ta’sir ko‘rsatish — bu boshqaruvning aniq boshqa-
rilayotgan obyektga yoki shaxslarga qaratilgan majburiy tavsifidagi to‘g‘ridan
to‘g‘ri ma’muriy ko‘rsatmalaridir. Boshqacha qilib aytganda, korxonaning rahbari
o‘ziga bo‘ysunuvchi sex rahbariga, sex rahbarlari shu sexdagi ishlab chiqarish
uchastkalarining ustalariga bevosita bajarilishi zarur bo‘lgan ko‘rsatmalami berishi
mumkin va bu ko‘rsatmalar bajarihshi lozim. Bunday ko‘rsatmalar jumlasiga
mahsulot turlarini rejaga asosan bir maromda ishlab chiqarishni yuqori darajada
tashkil qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat me’yorlarini o‘z vaqtida
ko‘rib chiqish, mehnat intizomini mustahkamlash va boshqa tez hal qilinadigan
masalalar to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar kiradi.
Quyi pog‘ona rahbarlari bajarishi shart bo‘lgan farmoyish va ko‘rsatmalami
berish, ulaming bajarilisliini nazorat qilish, normalami ishlab chiqish, xodimlami
to‘g‘ri tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ishchilami bir joydan boshqa joyga o‘tkazish,
taqdirlash yoki jazolash yuqori pog‘ona rahbarlarining vazifasiga kiradi.
Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan kadrlar masalasini
yaxshilash davr talabi bo‘lib qoldi. Respublikada kadrlami tanlash va ulaming
malakasini oshirish ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish borasida bir qator ko‘zga
ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi.
Respublika Prezidenti I. A. Karimovning tashabbusi bilan 1991-yildan boshlab
respublika shaharlaridagi qator zavodlar rahbarlari malakasini oshirish uchun
xorijiy mamlakatlarga yuborilmoqda. Bu ko‘rilgan tadbirlar respublikamiz
korxonalarida bozor munosabatlariga javob beradigan rahbarlami tayyorlashga
Do'stlaringiz bilan baham: |