rivojlanmay qoldi.
B O SH Q A RISH USULLARI VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI
Boshqarish usullari orqali boshqarish faoliyatining asosiy mazmuni amalga
oshiriladi.
Boshqaruv usullari ishchi jamoalari oldiga qo‘ygan vazifalami o‘z vaqtida
26
yuqori sifatli qilib bajarilishini ta’minlash uchun ularga nisbatan ko‘riladigan
chora-tadbirlami va ta’sirchan usullami qo‘llanilishini bildiradi.
Ishlab chiqarish boshqaruvida qo‘llaniladigan barcha usullar o'zaro uzviy
bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi. Boshqaruv usullari o‘zining tavsifiga
ko‘ra: iqtisodiy; tashkiliy-ma’muriy, ijtimoiy-ruhiy bo‘lishi mumkin.
1.
Iqtisodiy usullar. Boshqarishning bu usuli xodimlar va mehnat
jamoalarining moddiy manfaatlariga asoslangan bo‘lib, davlat jamoat va har bir
xodimning manfaatlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lanishiga imkon yaratadi.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy usullariga tannarx, narx, foyda, rentabellik,
xo‘jalik hisobi, moddiy rag'batlantirish fondi kiradi. Iqtisodiy boshqaruv
usullarining asosiy vazifasi
ishlab chiqarishda har bir mahsulot birligiga
sarflanadigan xarajatlar miqdorini kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik
mexanizmlarining yangi usullarini vujudga keltirish va undan samarali
foydalanishdir. Xo‘jalik mexanizmi negizini uchta asosiy masala: ishlab chiqarishni
boshqarish, rejalashtirish va rag‘batlantirish tashkil etadi. Ular xo‘jalik
mexanizmida umumiy qilib birlashtirilganda davlat iqtisodini tutib turadi. Xo'jalik
mexanizmi o‘z ichiga boshqaruvning asosi bo'lgan rejalashtirishni, xo‘jalikni
boshqarishda amaliyotda qo'llaniladigan iqtisodiy tizimlarni, xo'jalik
tashkilotlarining tashkiliy tizimini, ulaming ish usullarini, mehnat jamoalarining
Do'stlaringiz bilan baham: |