R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev


xilma-xil shakllar tan olindi. Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda baquwat o'rta hoi


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/194
Sana26.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1723273
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   194
Bog'liq
Menejment asoslari

xilma-xil shakllar tan olindi. Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda baquwat o'rta hoi 
dehqon xo‘jaliklaridan iborat chidamli qatlam yaratishga kirishildi. Tanazzuldan, 
vayronagarchilikdan asta-sekin chiqilib iqtisodiyot barqarorlashib bordi.
Xalq xo‘jaligini tiklash ishiga davlat sektori bilan bir qatorda kooperatsiya, 
uning shakllari ham qo‘shildi, lekin iqtisodiy hamkorlik qilishga boylar tabaqasini 
jalb etilishi rahbar partiya idoralarida norozilik uyg‘otdi.
Ijaraga olgan kishilar tomonidan sotib olingan obyektlar ishga tushdi, xalq 
ehtiyojini qondira boshladi, tovar almashuvi ko‘paydi. Iqtisodiyotning yangi 
shakllari: ko‘p ukladli iqtisod paydo bo‘ldi, buning natijasida esa iqtisodiy 
barqarorlik o‘lkamizga kirib kela boshladi.
1925—30-yillarga kelib 0 ‘zbekiston SSR tuzilishi bilan birga SSSR tarkibiga 
qabul qilindi. Sanoat va qishloq xo‘jaligini boshqaruvchi respublika tuzilmalari 
ittifoq idoralarini takrorlar, Xalq komissiariatlari va idoralar tuzilishi bilan 
amaldorlar qatlami ko‘payib borar, yordam berish uchun markazdan vakillar 
kelar, biroq ular o‘zbek tilini, milliy an’analami bilmaganligi uchun boshqaruvda 
mahalliy sharoit bilan hisoblashmas edi. Boshqaruv to‘la ma’muriy buyruqbozlik 
uslubiga o‘tib, nihoyatda markazlashgan edi.
Bu jamiyatning negizi bo‘lib qolgan ma’muriy buyruqbozlik tizimi NEP 
iqtisodiyotining ziddiyatlarini o‘ziga singdirib «Harbiy kommunizm» an’analarini 
davom ettirib bordi. Asosiy qismi past malakali va qashshoq kishilardan iborat 
bo‘lgan ishchilar bozor stixiyasini, yakka tartibda zo‘r berib qilinadigan ijodiyotni 
emas, balki tayinli ma’lum ijtimoiy kafolatlami afzal ko‘rar edilar. Shu narsa 
ma’muriy buyruqbozlik tizimiga to‘g‘ri kelar, chunki ommani g‘oyaviy jihatdan 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling