R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev


maqsad va reja topshiriqlarini o‘z vaqtida muvaffaqiyatli bajaradi. Jamoalarda


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/194
Sana26.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1723273
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   194
Bog'liq
Menejment asoslari

maqsad va reja topshiriqlarini o‘z vaqtida muvaffaqiyatli bajaradi. Jamoalarda 
sog'lom ruhiy muhit yaratish uchun rahbar quyidagilarga: har bir ishchi-xizmatchi 
xodimlaming shaxsiy fazilatlarini, yoshini inobatga olishi, ishchilar o‘rtasidagi 
hamkorlikni va o‘zaro yordamni bir-birlari bilan chambarchas bog‘laydigan 
ijtimoiy aloqa maromini, iqtisodiy musobaqani tashkil etishga, mehnat jamoalarida 
ish faoliyatining pirovard natijalari uchun har bir ishchining mas’uliyat sezish 
tuyg‘usini mustahkamlashga, jamoa a’zolarining yuqori unumli mehnat qilishi, 
uning ijodiy g‘ayratini kuchaytirish uchun qulay ijtimoiy sharoitlami yaratishga 
e’tibor berishi zarur, chunki faqatgina iqtisodiyotni qayta qurish bilan ahvolni
29


o‘nglab bo‘lmaydi, buning uchun butun boshqaruv apparatini ham qayta qurish 
darkor.
Iqtisodiy muammolarning yechimi unga hamma vaqt har tomonlama 
(kompleks) yondashishni taqozo etadi.
Shu nuqtayi nazardan qaraganimizda, bozor iqtisodiyotining ijobiy natijalarini 
ta’minlash uchun hech bo‘lmaganda yana kamida ikki sharoitda — birinchisi, 
bozor iqtisodiyotini zamonaviy talablarga moslab mahalliy shart-sharoitni 
hisobga olgan holda boshqarib borish, ikkinchisi, hamma soha va tarmoqlarda 
uzluksiz, aql-idrok, raqobat bilan mehnat qilish zarur.
Zamonaviy talablarga moslab bozor iqtisodiyotini boshqarib borish 
muammosini juda keng va chuqur ma’noda anglashimiz lozim. Ya’ni bunday 
boshqarish tizimi eng kichik hududiy hokimiyatdan (masalan, qishloq yoki 
mahalla rahbariyatidan) tortib, to mustaqil respublikamiz Oliy Kengashigacha, 
tarmoqlar bo‘yicha esa alohida bir hunarmand — yaratuvchidan tortib, shu 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling