rivojlantirish maqsadlarida o‘rta va mayda korxonalar, savdo shohobchalari,
hammomlari va boshqa muassasalar xususiylashtirildi.
Iqtisodiyotning xo‘jalik hisobiga va o‘z-o‘zini mablag1 bilan ta’minlashga
o‘tkazilgan eng muhim sohalari davlat ixtiyorida qoldi. Xususiy kapital bilan
hissadorlik jamiyatlari tuzishga, ishchi kuchini yollashga ruxsat berildi. Shunday
yangi sharoitlarda soliqlar va soliq siyosatiga hal qiluvchi ahamiyat berildi.
Xo‘jalik mexanizmi budjet, pul xo‘jaligi, ukladlararo aloqalar qaytadan tuzildi.
Lekin paxtaga davlat monopoliyasi 1923-yilgacha saqlanib qoldi. Hunar-
mandchilik, ishlab chiqarish qaytadan bunyodga kela boshladi. Respublika
agrar yo‘nalishda bo‘lib iqtisodiyotni boshqarishda oziq-ovqat solig‘i muhim
o‘rin tutardi. Oziq-ovqat solig'i sakkizta natural soliqdan iborat edi.
Dehqon xo‘jaligining qashshoqligi ular xarid quwatini pastlatdi. Mollar
do‘konlarda turib qoldi. Korxonalardan ishchilar bo‘shab keta boshladi.
Yangi sharoit iqtisodiyotni boshqarish sohasida qayta qurishni taqozo qildi.
Soliqlar tartibga solindi, ba’zi qishloq xo'jalik mahsulotlariga uning stavkasi
50% qilib belgilandi.
NEP munosabati bilan TASSR iqtisodida paydo bo‘lgan siljishlar, ijtimoiy
xo‘jalik sohasidagi o‘zgarishlar bu yerda liberallashish tusini ola boshladi. Uning
asosiy xususiyatlari boshqarishda o‘rinsiz usul amallardan voz kechish, ko‘pchilik
24
xalqning manfaatlarini hisobga oladigan shart-sharoitlami yaratish, boshqaruvni
demokratiyalashtirish, totalitar tarzda siyosatlashtirilgan jamiyatdan voz kechishdan
iborat bo‘ldi.
Xususiy va xo‘jalik faoliyatini ijaraga yollash, artellarga birlashishi kabi turli
Do'stlaringiz bilan baham: |