ishlarini qattiq tartib ostiga oladigan ma’muriy buyruqbozlik tizimi bilan
almashtirildi.
Ammo 30-yillar boshidan boshlab sovet davlati kooperatsiyani har tomonlama
kamsitdi, mahalliy sharoitlar hisobga olinmadi.
Kolxoz qurilishini jadallashtirish to‘g‘risidagi partiya yo‘l-yo‘riqlarini mahalliy
rahbarlar so‘zsiz bajarishi kerak bo‘lgan ko‘rsatmalar deb bilib, raqamlar ketidan
quvish avj oldi.
0 ‘ziga to‘qroq xo‘jaliklar tugatildi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimi dehqonlami
majbur etishning noiqtisodiy usullaridan foydalandi, ish haqi to‘lashda qoldiq
tamoyiliga amal qilindi, mehnat kunlarining majburiy bo‘lgan eng kam miqdori
joriy qilindi, kolxozchilarga pasport berish to‘xtatib qo‘yildi, ko‘pgina an’analar
qoralandi.
Ikkinchi Jahon umshining boshlanishi xalq xo‘jaUgini boshqarishni harbiy
izga tushirish, mamlakatni yagona harbiy lagerga aylantirishga doir umumiy
dastuming asosiy qismi bo‘lib qoldi. 0 ‘zbekiston Qizil armiyaning front orqasidagi
mustahkam manbayiga aylandi.
Ma’muriy buyruqbozlik tizimining urush yillaridagi xunuk ko‘rinishlaridan
biri «talafotlar bilan hisoblashib o‘tirmay har qanday qilib bo‘Isa ham harbiy
maqsadlarga erishish zarur» degan tamoyil bo‘ldi.
Urush tugash vaqtiga kelib 0 ‘zbekistonda jamiyal laiaqqiyoli jaiayonlarini
o‘zgartirib yuborgan tizimga amal qilinar, farmonga asoslangan iqtisodiyotni
boshqarish usullarini inkor qilgan to‘g‘anoq mexanizm kuchayib borardi.
0 ‘zbekistonning besh yillik rejalarini tuzishda sanoatni boshqarishning iqtisodiy
tamoyillari inkor etildi, ular ishga solinmadi. Xo‘jalik hisobi va o‘z-o‘zini mablag1
bilan ta’minlash, ijara tamoyillari, xo‘jalik faoliyatida tashabbus ko‘rsatishni,
ijodkorlikni ta’minlaydigan hamda ijobiy natijalarga olib keladigan boshqa shakllari
Do'stlaringiz bilan baham: |