Quyidagilar soliq maslahati bo‘yicha xizmat hisoblanmaydi:
soliq organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat
organlari tomonidan o‘z vakolatlarini amalga oshirish doirasida soliq
to‘g‘risidagi qonunchilikni tushuntirish;
soliq solish masalalari bo‘yicha advokatlar tomonidan yuridik yordam
ko‘rsatish, shu jumladan sudda va boshqa davlat organlarida vakillik
qilish.
Soliq maslahatiga oid faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi soliq maslahatiga oid faoliyat
sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli
davlat organi deb yuritiladi).
Vakolatli davlat organi:
o‘z vakolatlari doirasida soliq maslahatiga oid normativ-huquqiy
hujjatlarni, shuningdek milliy standartlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga soliq maslahatchisining
malaka sertifikatini (bundan buyon matnda malaka sertifikati deb
yuritiladi) olish uchun malaka imtihonlarini o‘tkazishni hamda
talabgorlarni o‘qitishni tashkil etishda texnik va uslubiy jihatdan yordam
ko‘rsatadi.
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi
O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi (bundan buyon
matnda Soliq maslahatchilari palatasi deb yuritiladi) ushbu
Qonun bilan o‘z zimmasiga soliq maslahati sohasidagi
faoliyatni rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha funksiyalar
yuklatiladigan, soliq maslahatchilarining, soliq maslahatchilari
tashkilotlarining ixtiyoriy a’zoligi asosida tashkil etiladigan
kasbiy birlashmadir.
Soliq maslahatchilari palatasining faoliyati ushbu Qonun bilan
tartibga solinadi va uning ustavida belgilanadi.
Soliq maslahatchilari palatasi a’zolari o‘z faoliyatini amalga
oshirishda mustaqilligini saqlab qoladi.
Soliq maslahatchilari palatasi hududiy va hududlararo
vakolatxonalar va (yoki) filiallar tashkil etishi mumkin.
Soliq maslahati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi
normalar va qoidalarni o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy
hujjatlar loyihalari Soliq maslahatchilari palatasi bilan
kelishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |