Soliq maslahatchilari palatasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Soliq maslahatchilari palatasining asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
soliq maslahatchilarining va soliq maslahatchilari tashkilotlarining
manfaatlarini ifodalash;
soliq maslahatchilarining kasbiy manfaatlarini himoya qilish, ularning
kasbiy darajasini rivojlantirish;
malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish va uning amal
qilishini tugatish;
soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni va soliq maslahatiga oid faoliyat
to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishda ishtirok etish.
Soliq maslahatchilari palatasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
soliq maslahatchilarining reyestrini yuritadi;
soliq maslahatchilari tashkilotlarining reyestrini yuritadi;
soliq maslahatining milliy standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni va soliq maslahatiga oid faoliyat
to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar
tayyorlaydi;
Soliq maslahatchisi va soliq maslahatchilari tashkiloti
Soliq maslahatchisi
Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs soliq maslahatchisidir.
Agar soliq maslahatchisi soliq maslahatchilari tashkilotining shtatida turgan bo‘lsa yoki
soliq maslahatchilari tashkiloti u bilan fuqaroviy-huquqiy xususiyatga ega shartnoma
tuzgan taqdirda, u soliq maslahatiga oid faoliyatga jalb etilishi mumkin.
Soliq maslahatchisi Soliq maslahatchilari palatasi tomonidan belgilangan tartibda har
yili o‘z malakasini oshirishi shart.
Soliq maslahatchilari tashkiloti
Soliq maslahatchilari tashkiloti soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi tijorat
tashkilotidir.
Soliq maslahatchilari tashkiloti aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi mumkin
emas.
Soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari soliq maslahatchisi bo‘lishi kerak.
Qonunchilikda ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirishga doir talablar belgilangan
hollarda, muassis bo‘lgan soliq maslahatchisining (soliq maslahatchilarining) ustav
fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi kamida ellik bir foizni tashkil etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |