Soliq maslahatchilari tashkilotining majburiyatlari
Soliq maslahatchilari tashkiloti:
mijozning (ishonch bildiruvchining) huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishi, soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar
ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma doirasida barcha harakatlarni
amalga oshirishi;
mijozning (ishonch bildiruvchining) huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishning qonunchilikda nazarda tutilgan
usullari hamda vositalaridan foydalanishi;
soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida olingan
axborotning maxfiyligiga rioya etishi;
soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma
tuzilayotganda mijozning (ishonch bildiruvchining) talabiga ko‘ra
tashkilot rahbarining malaka sertifikatini ko‘rsatishi;
mijozga (ishonch bildiruvchiga) uning mansabdor shaxslari va
boshqa xodimlari tomonidan zarar yetkazilganligi haqida dalolat
beruvchi faktlar aniqlangan, shuningdek qonunchilik buzilgan
taqdirda, bu haqda mijozga (ishonch bildiruvchiga) ma’lum qilishi;
soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilish qoidalarini
belgilashi va ularga rioya etishi shart. Soliq maslahatchilari ishining
sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga doir talablar soliq
maslahatining milliy standartlari bilan belgilanadi.
Yakunlovchi qoidalar
Nizolarni hal etish
Soliq maslahati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
14
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |