Raboti malik karvonsaroyining qurilish tarixi. XI-XII asrlar Ilmiy rahbar: dots. O. Hayitova
Download 38.61 Kb.
|
raboti malik
Raboti malik karvonsaroyining qurilish tarixi. XI-XII asrlar Ilmiy rahbar: dots. O.Hayitova Magistratura talabasi: Fayziyeva Dilora Qadimiy Buxoro — Samarqand yoʻlining Choʻli malikdagi yirik chegara va savdo bekatida qurilgan, hozirgi Karmana shaharchasi va Navoiy shahri yaqinida, Karmana tumanida. Bizgacha uning faqat peshtoq qismi (diametri — 12,6 m.) saqlangan. Janubiy minorasi (balandligi 5,5 m) 1930-yilgacha mavjud boʻlgan. Raboti Malik tarixda karvonsaroy vazifasidan tashqari, istehkom, qoʻrgʻon va savdo-sotiq markazi sifatida ham muhim oʻrin tutgan. Karmana va Tavois shaharlari oʻrtasidagi savdo yoʻlida joylashgan[2]. Bugungi kunda Raboti Malik xarobasi davlat muhofazasiga olingan. Taxmin qilinishicha, bu istehkom avval yozgi boshqaruv qarorgohi bo’lgan. Buni arxeologlar tomonidan olib borilgan ishlarning natijalaridan bilib olish mumkin. Ularga ko’ra topilgan topilmalar aynan o’sha davrda yashagan saroy zodagonlariga tegishli bo’lgan. Bundan tashqari bunday hashamatli devorlar va ustunlar o’sha davrlarda xon saroylari va qarorgohlaridagina qurilgan. Keyinchalik esa ushbu istehkom qayta qurilib karvonsaroyga aylantirilgan. Bugungi kunda o’sha hashamatli inshootdan faqatgina markaziy portal va devorlar qolgan. Manbalarda ta’kidlanishicha, odil hukmdor sifatida tanilgan Shamsulmulk xalq osoyishtaligini o‘ylagan holda o‘z harbiylarini aholidan uzoqroq manzilda saqlab, xalqqa jabr qilmaslikka undagan. Uning o‘zi ham ko‘p hollarda shahar tashqarisidagi rabotlarda yashagani tarixiy ma’lumotlarda uchraydi. Sulton o‘z tasarrufidagi hududlarni go‘zal imoratlar bilan bezash, katta yo‘l bo‘ylarida rabotlar barpo etishga e’tibor qaratgan. Raboti Malik majmuasi shulardan biridir. O‘tmishda bu inshootdan nafaqat karvonlar qo‘nimgohi, balki chegarani yovdan qo‘riqlash istehkomi sifatida ham foydalanilgani ma’lum. XX asr o’rtalarida olib borilgan qazilma ishlari jarayonida ushbu noyob inshootning qay darajada mukammal rejalashtirilganligini aniqlashga muvaffaq bo’lishgan. Bu qurilma ikki qismga ajratilgan mustahkam devorlar bilan o’ralgan 100x100m hajmdagi maydonni egallagan. XI-XII asrlarning eng ilg'or muhandislik g'oyalari bu yerda namoyish etilgan. Oktogon burchaklaridagi juft ustunlarga asoslanib, u sinxron me'morchilikda tengsiz ekanligini ko’rish mumkin. Ushbu muhandislik texnologiyasining mo'jizasi shuni ko’rsatadiki, O'rta asr Sharqining eng katta gumbazlaridan biri bo’lgan. Va nafaqat gumbazning o'lchamlari, balki aniq hisoblangan tuzilma - gumbazning turli diametrli juft ustunlardagi poydevori hayratga soladi - bu Markaziy Osiyoda boshqa joyda takrorlanmagan muhandislik g'oyasidir. XI-XII asrlarda O'rta Osiyoning qurulishi tarixi, ya’ni O'rta Osiyoga xos bo'lgan qadimiy qurilish materialining (paxsa, xom g'isht) asta-sekin yo'q bo'lib ketishi bilan bog'liq bo'lib, uning o'rnini yanada mustahkam pishgan g'isht egalladi, shu munosabat bilan yangi texnik imkoniyatlar, yanada rivojlangan muhandislik inshootlari va me'moriy shakllar paydo bo'ldi. Raboti Malik karvonsaroyi o‘z davrida chorsu hovli va turli mashvaratu tadbirlar, kimoshdi savdolari o‘tkazishga mo‘ljallangan katta zal va xona-hujralardan iborat bo‘lgan. Unga janub tomondagi peshtoqli darvoza orqali kirilgan. Umumiy maydoni 400 kv.metr bo‘lgan karvonsaroyda 10 qator qilib oltitadan, diametri 1 metrdan baland eshik ustunlar o‘rnatilgan. Ustunlar o‘rni hozirgacha saqlangan. Kirish uchun janubiy portal orqali faqat bitta eshik saqlanib qolgan. Portalning o'zi devordan biroz yuqoriga chiqib turadi, to'rtburchaklar shaklida bo’lib, tashqi tomondan arkasi ko'rinadi, portal orqasida janubiy qismida joylashgan kommunal xonalardan (xizmatchilar, otxonalar, oshxonalar uchun uylar) ajratilgan galereya joylashgan bo'lib, galereya sakkiz burchakli rotunda (yarim doira shaklida kichik bino), arkalar va butun galereya o'yma ganch bilan bezatilgan. Rotundan markaziy zal bo'lib xizmat qilgan yo'laklar majmuaning shimoliy turar-joy qismiga olib boradi. Buxorolik tarixchi Hofiz Tanish Buxoriy Raboti Malikni qoraxoniylar sulolasidan boʻlgan Shamsulmulk qurdirgani haqida yozadi[3]. Choʻl oʻrtasida karvonsaroy barpo etish ishlari XI asrda amalga oshiriladi. Karvonsaroy XII asrda qayta taʼmirlanadi va XVIII asr boshlariga qadar faoliyat yuritadi[4]. Boshqa bir manbaga koʻra, 1973—1977-yilgi arxeologik qazishmalar inshootning oʻziga xos va murakkab qurilish tarixi haqida maʼlumotlar olish imkonini bergan boʻlib, inshoot XI yoki XII asrlarda qayta qurilgan va ayni shu vaqtda inshoot ichida katta gumbazli zal qurilgan[5]. Karvonsaroy xarobasi arxeologlar orasida juda mashhur. Uning qadimiyligi, bezakdorligi va binoning oʻziga xos shakllari, kompozitsion jihatidan mutanosibligi koʻpdan beri izlanuvchilarni oʻziga jalb qilib keladi[10]. Taniqli sharqshunos Vasiliy Bartold xarobani oʻrganib, u 1078—79-yillarda qurilgan Raboti Malik karvonsaroyiga tegishli ekanini taxmin qilgan. Shundan beri ushbu xaroba Raboti Malik deb ataladi[5]. 1841–42-yillarda Raboti Malikni Butenev va Bogoslovskiy boshchiligidagi togʻ-kon injenerlari ekspeditsiyasi oʻrgangan. Bu inshootga bagʻishlangan ilk ilmiy kitoblar yozilishi ham oʻsha yillardan boshlangan. Bino haqidagi birinchi va nisbatan toʻliq tavsif ekspeditsiya ishtirokchisi, naturalist Aleksandr Leman tomonidan yozilgan[10]. Leman, shuningdek, eskiz holida bino koʻrinishini ham chizadi. Unda janubiy fasad nisbatan yaxshi holda saqlangani, bu fasad pehstoqli kirish qismiga ega boʻlgan tashqi devor bilan oʻralganini koʻrish mumkin[5]. Ekspeditsiyaning boshqa bir aʼzosi — orientalist Nikolay Xanikov binoga qisqacha tavsif berish bilan chegaralangan[10]. Keyinchalik Raboti Malikni Skayler, Vamberi, Sitnyakovskiy, Mayev va Yereschenkolar oʻrganishgan lekin ular qoʻrgʻon haqida Aleksandr Lemanchalik keng koʻlamli maʼlumot qoldirishmagan[10]. yilgacha olingan tasviri Sovet ittifoqi davrida Raboti Malik har tomonlama oʻrganildi. Bu davr tadqiqotlaridan Ivan Umnyakov va Boris Zasipkinning ishlari juda qimmatli hisoblanadi. Umnyakovning tadqiqotlarida Raboti Malik haqida bir qator tarixiy maʼlumotlar keltiriladi va qoraxoniylar davri arxitekturasini oʻrganishda yuzaga kelayotgan madaniy-tarixiy muammolar sanab oʻtiladi. Zasipkinning Raboti Malikni meʼmoriy-arxeologik jihatdan oʻrganish masalalariga bagʻishlangan tadqiqotlarida esa inshootning umumiy manzarasi va uning qurilishidagi asosiy bosqichlar haqida juda qiziq xulosalar chiqarish mumkin boʻlgan keng qamrovli maʼlumotlar keltiriladi[10]. Bu ikki olimning ishlari keyinchalik bir qator boshqa ilmiy oʻrganishlar uchun asos boʻldi: xususan, Boris Denike, Boris Veymarnning ilmiy tadqiqotlari va professor L. Voronin, V. Voronina, T. Stramsova, Nosovning meʼmoriy oʻrganishlari shular jumlasidandir[10]. XX asrning ikkinchi yarmida oʻtkazilgan arxeologik oʻrganishlar vaqtida Raboti Malikning ichki infrastrukturasi va tarh kompozitsiyasi haqidagi ilk maʼlumotlar olingan[9]. Oʻz davrida injener Krasilnikov tomonidan qilingan oʻlchovlar Zasipkinga proportsiyalarni va masshtab mutanosibliklarini olishga imkon berdi. Zasipkin oʻlchovlariga koʻra peshtoqning eni 12,03 m, boʻyi 12 m. Poydevori 2,80 m (madaniy qatlamlarni hisobga olganda 3 m), karnizning saqlanib qolgan qismi 0,48 m. Peshtoqning umumiy balandligi 18 m boʻlganligi taxmin qilinadi. Kirish arkasining kengligi 5,73 m, qalinligi 1,43 m. Devorlarning balandligi taxminan 12 m boʻlgan[11]. Ancha vaqtgacha karvonsaroyning qurilgan yili Bartold aytganidek 1078—79-yillar, deb hisoblanib kelgan. Lekin 1951-yilda A. Semyonov Bartold tomonidan topilgan dalillar XI asrda Samarqand yaqinida qurilgan boshqa bir karvonsaroyga oid ekanini isbotladi. Shu bilan Raboti Malik deb ataluvchi karvonsaroyning qurilgan vaqti masalasi yana ochiq qoldi[5]. Raboti Malik hududida 1937—1940, 1973—1977[8], 1997, 1999, 2001-yillarda arxeologik izlanishlar olib borilgan. Izlanishlar natijasida Raboti Malikning tarhi, qurilish davri, ichki qismlarining badiiy bezatilishi, koʻplab osori-atiqalar (keramika, metall va suyakdan yasalgan buyumlar, turli qiymatdagi va turli yillarda zarb qilingan tangalar) topilgan. Yer ostidan tashqi oʻlchamlari 91x91 m li kvadrat shakldagi, saroy tipida qurilgan koʻp hovlili ikki aniq boʻlakka boʻlingan qalʼa qoldiqlari qazib chiqarilgan. Boʻlaklarning janubiy qismida xoʻjalik xonalari va shimoliy qismi esa naqshlar bilan bezatilgan boʻlib, unda yashash xonalari joylashgan[9]. Karvonsaroy ichiga sopol quvurlar orqali suv oʻtkazilgan, bu suv Sardobadan tortib kelinganligi taxmin qilinadi Raboti Malik karvonsaroyining devorlari 84—86 m li kvadrat shaklida tiklangan boʻlib, uning toʻrt tomon burchaklarida aylana shakldagi minoralar boʻlgan (Boris Zasipkinning izlanishlari asosida). Zasipkin oʻrganishlari davrigacha bu minoralardan faqat janubi-gʻarbiy burchakdagisi saqlangan boʻlgan, qolgan uchtasining bilinar-bilinmas izi qolgan[6]. Binoning asosiy fasadi janubga qaragan. Fasadning markazida ulkan peshtoq mavjud, bu, saqlanib qolganlari orasida oʻrta asr meʼmorchiligiga oid eng qadimiy peshtoq hisoblanadi[6][7]. Devorlarning ichki qismi 28x28x6,4 sm oʻlchamli xom gʻishtdan, ustki qismi 24x24x4 sm li pishgan gʻishtdan terilgan[6][7]. 1947-yilgacha saqlanib qolgan qismlar asosida xulosa qilinsa, butunicha peshtoq va burchakdagi minoraning tepa qismi toʻliq pishiq gʻishtdan terilgan. Minoraning asosi xom gʻishtdan tiklangan[6]. Rabot katta keng hovli (22,5x22,5 m) va atrofi oʻralgan 2 qavatli xona-hujralardan iborat boʻlib, ularga sopol quvurlar orqali suv oʻtkazilgan. Markaziy qismi toʻridagi muhtasham saroy oldi bir qatorli ravoqli ayvon (7,5x13 m) 2 qanotiga joylashgan. 20 ta gʻishtin ustun ishlangan[7]. Ichki qoʻrgʻon atrofi qalin devorlar bilan oʻralgan (janubiy va shimoliy balandligi 2,35 m, gʻarbiy va sharqiy qismi 1,5 m, uzunligi 84–86 m, old devor balandligi 12 m ga yaqin). Maydonga qaragan janubiy tarzi oʻrtasidagi ulkan peshtoq (boʻyi 18 m, eni 12 m) 8 qirrali yulduzlar, turli handasiy shakllar mavjud. 2 chekkasida burj boʻlib, ular oʻzaro baland devor bilan ulangan. Devor oʻrtasida piltavor burjlar qatori tepasi kichrayuvchi ravoqlar bilan bogʻlangan. Devor yuqorisi gʻishtin kufiy xatlar bilan hoshiyalangan. Burjlar tepasida ravoqli koʻshk boʻlib, undan atrofni kuzatish qulay boʻlgan. Koʻshk ostida ganchdan yasalgan ikki qator yirik sharafa va kufiy xat halqasi koʻzga tashlanadi. Bezaklari asosan gʻishtin, oz miqdorda oʻyma ganch naqshlar ham uchraydi[7]. Raboti Malik devorlarining toʻrt burchagida har biri 18 m boʻlgan 4 ta minora boʻlgan. Bu minoralar „Guldasta“ deb atalgan[8]. Raboti Malik karvonsaroyi va unga tegishli boʻlgan suv saqlovchi inshoot (sardoba) birgalikda Raboti Malik majmuasini tashkil etadi. 1950-yillar Navoiy shahri qurilishi bahonasida Buxoro va Karmana shaharlarini bogʻlovchi avtomobil yoʻlini qurish maqsadida Raboti Malik majmuasi oʻrtasida joylashgan osori-atiqalarga boy hudud ekskavatorlar bilan surib, tekislab tashlangan va asfalt yoʻl oʻtkazilgan[ Sovet ittifoqi davrida Raboti Malik har tomonlama oʻrganildi. Bu davr tadqiqotlaridan Ivan Umnyakov va Boris Zasipkinning ishlari juda qimmatli hisoblanadi. Umnyakovning tadqiqotlarida Raboti Malik haqida bir qator tarixiy maʼlumotlar keltiriladi va qoraxoniylar davri arxitekturasini oʻrganishda yuzaga kelayotgan madaniy-tarixiy muammolar sanab oʻtiladi. Zasipkinning Raboti Malikni meʼmoriy-arxeologik jihatdan oʻrganish masalalariga bagʻishlangan tadqiqotlarida esa inshootning umumiy manzarasi va uning qurilishidagi asosiy bosqichlar haqida juda qiziq xulosalar chiqarish mumkin boʻlgan keng qamrovli maʼlumotlar keltiriladi[10]. Bu ikki olimning ishlari keyinchalik bir qator boshqa ilmiy oʻrganishlar uchun asos boʻldi: xususan, Boris Denike, Boris Veymarnning ilmiy tadqiqotlari va professor L. Voronin, V. Voronina, T. Stramsova, Nosovning meʼmoriy oʻrganishlari shular jumlasidandir[10]. XX asrning ikkinchi yarmida oʻtkazilgan arxeologik oʻrganishlar vaqtida Raboti Malikning ichki infrastrukturasi va tarh kompozitsiyasi haqidagi ilk maʼlumotlar olingan[9]. Oʻz davrida injener Krasilnikov tomonidan qilingan oʻlchovlar Zasipkinga proportsiyalarni va masshtab mutanosibliklarini olishga imkon berdi. Zasipkin oʻlchovlariga koʻra peshtoqning eni 12,03 m, boʻyi 12 m. Poydevori 2,80 m (madaniy qatlamlarni hisobga olganda 3 m), karnizning saqlanib qolgan qismi 0,48 m. Peshtoqning umumiy balandligi 18 m boʻlganligi taxmin qilinadi. Kirish arkasining kengligi 5,73 m, qalinligi 1,43 m. Devorlarning balandligi taxminan 12 m boʻlgan[11]. Ancha vaqtgacha karvonsaroyning qurilgan yili Bartold aytganidek 1078—79-yillar, deb hisoblanib kelgan. Lekin 1951-yilda A. Semyonov Bartold tomonidan topilgan dalillar XI asrda Samarqand yaqinida qurilgan boshqa bir karvonsaroyga oid ekanini isbotladi. Shu bilan Raboti Malik deb ataluvchi karvonsaroyning qurilgan vaqti masalasi yana ochiq qoldi[5]. Raboti Malik hududida 1937—1940, 1973—1977[8], 1997, 1999, 2001-yillarda arxeologik izlanishlar olib borilgan. Izlanishlar natijasida Raboti Malikning tarhi, qurilish davri, ichki qismlarining badiiy bezatilishi, koʻplab osori-atiqalar (keramika, metall va suyakdan yasalgan buyumlar, turli qiymatdagi va turli yillarda zarb qilingan tangalar) topilgan. Yer ostidan tashqi oʻlchamlari 91x91 m li kvadrat shakldagi, saroy tipida qurilgan koʻp hovlili ikki aniq boʻlakka boʻlingan qalʼa qoldiqlari qazib chiqarilgan. Boʻlaklarning janubiy qismida xoʻjalik xonalari va shimoliy qismi esa naqshlar bilan bezatilgan boʻlib, unda yashash xonalari joylashgan[9]. Karvonsaroy ichiga sopol quvurlar orqali suv oʻtkazilgan, bu suv Sardobadan tortib kelinganligi taxmin qilinadi[8]. XIX asr oxiri, XX asrlarda Raboti Malik xarobalari buzilib borishda davom etdi. 1875-yilda janubiy fasadning ikki minorasidan biri qulab, faqat gʻarbiy minora qolgan. 1911-yilgi oʻrganishlarda aniqlanishicha gumbazli markaziy zal buzilib ketgan boʻlgan. 1924-yilda janubiy fasadning oʻng qanoti qulab ketgan. 1950-yil nomaʼlum mahalliy amaldor chap tomondagi devorlarni va soʻnggi — gʻarbiy minorani ham yiqittirgan. Katta bir bino xarobasidan faqatgina peshtoq qismi qolgan Download 38.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling