Nurlanish miqdori
|
Zararlanish belgilari
|
50 R
|
Zaralanish belgisi yo’q
|
100 R
|
Ko’p marta nurlansa (10-30 kun), 10% odamlarda qusish, darmonsizlanish belgisi paydo bo’ladi
|
200 R
|
Nurlanish kuchaysa I-turdagi nurlanish kuzatiladi
|
300 R
|
II-turdagi nurlanish kuzatiladi
|
Radiatsiya xavfi sodir bo’lishidan oldin ko’rilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlar:
Gazniqob, gaz va changdan muhofaza qilish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilish;
Dokali paxta niqobni tayyorlash va ishlatish usullarini bilish;
Zararlangan(zaharlangan)larga birinchi yordam ko’rsatish usullarini o’rganish;
Tibbiy yordam ko’rsatish qutichasini tayyorlab qo’yish va unda albatta yodli preparat bo’lishini ta’minlash;
Oila a’zolari muhofazalanishi uchun eng yaqin atrofda joylashgan panagoh, radiatsiyadan yashirinish joylari va yerto’lalar qayerdaligini bilish;
Elektroenergiya, gaz va suv tarmoqlarini tezda o’chirishni bilish;
Xonadon(kvartira)ga tashqaridan havo kirishini to’xtatish choralarini ko’rish; deraza, eshik va tirqishlarni berkitish uchun materiallarni oldindan tayyorlab qo’yish;
Mustaqil ravishda radioaktiv muhitni va oziq-ovqat mahsulotlarining zaralangan(zaharlangan)lik darajasini aniqlash uchun maishiy dozimetr asbobi bo’lishini ta’minlash;
Ekstremal holatlarda tezkor evakuatsiyaga tayyorlanishni bilish, radiatsiyadan nurlanish darajasi g’ishtli binolarda 5-10 marta, temir-beton uylarda undan ko’p va yerto’lalarda 300-400 marotaba kamayishini bilish kerak.
Radiatsiya xavfi haqida ma’lumot eshitgandan keyin bajarilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlar:
Hamma oila a’zolaringiz uchun yakka muhofaza vositalarini tayyorlash va zarurati bo’lganda darhol uni taqib olish;
Yakka muhofaza vositalari bo’lmasa, paxta dokali niqobni tayyorlash va zarurat bo’lganda darhol taqib olish;
Xonadoningiz (kvartirangiz)ga tashqaridan havo kirmaydigan qilib berkitish;
Oziq-ovqat mahsulotlari va suvni radioaktiv changlardan muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko’rish;
Televideniya, radio orqali olingan ma’lumotlar va ko’rsatmalar asosida tezkorlik bilan evakuatsiyaga tayyorgarlik ko’rish va yashayotgan xonadondan chiqib, oldindan rejalashtirilgan eng yaqin joylashgan panagoh, radiatsiyadan yashirinish joylari va yerto’lalarga yashirinish;
Panagoh, radiatsiyadan yashirinish joylari va yerto’lalardan foydalanish imkoniyati bo’lmasa, uyda deraza va eshik hamda ularning tirqishlarini yaxshilab berkitish va ularni qalin mato bilan yopish.
Radiatsiya bilan zararlangan hududlarda bajarilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlar:
Hududda «xavfli: radiatsiya» yozuvli maxsus ko’rsatkichlarga e’tibor berish;
Tanani to’la-to’kis yopib turadigan kiyim kiyib olish;
Xonadon(kvartira)ga kirishdan oldin kiyimni yaxshilab qoqish (yaxshilab changini tozalash va poyabzalni yuvish), ko’cha kiyimini almashtirish va «ishlatilgan» kiyimni tashqarida qoldirish;
Hududlardagi daraxtlar mevasi hamda yetishtirilgan poliz mahsulotlarini ishlatmaslik;
Ariq, ko’l va to’planib qolgan suv manbalaridan foydalanmaslik;
Ovqatlanishdan oldin albatta qo’lni sovun bilan yuvish va og’izni chayish;
Ishlatiladigan sabzavot va mevalarni ham yaxshilab yuvish kerak.
Radiatsiyadan zararlanish xavfi tugagandan keyin ko’riladigan chora-tadbirlar:
Ehtiyot chora-tadbirlariga qat’iyan rioya qilish;
Badanning ochiq joylarini yaxshilab tozalash, toza suv bilan og’iz, burun, tomoq va ko’zlarni yuvib tashlash.
Radiatsiya – bu energiyaning zarrachalar yoki to‘lqin shaklida tarqalishidir. Yorug‘lik, ultrabinafsha nurlar, infraqizil issiqlik nurlantirish, mikroto‘lqinlar, radioto‘lqinlar radiatsiyaning turli shakllaridir. Ayrim nurlanishlar ionlashtiruvchi nomini olganki ular nurlangan moddalarda ionlashishni sodir qiladi. Ularning odamga salbiy ta’siri og‘ir oqibatlar bilan yakunlanadi. Radiatsiyaviy nurlar β turlarga bo‘linadi. Ularning odam tanasiga nisbatan o‘tuvchanligi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.
Radiatsiya nurlarining odam tanasiga nisbatan o‘tuvchanligi:
α - alfa nuri, kuchsiz, uni qog‘oz varag‘i ham to‘sib qolishi mumkin; β-betta nur, uni odam terisi to‘sib qolishi mumkin, odam ichiga tushganda zararli; γ- odam tanasidan o‘tib ketadi, undan yuqori zichlikdagi materiallar bilan himoyalanish mumkin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.02.00 Radiatsiyaviy xavfsizlik (shuningdek, 16.04.07.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.07.00 Radiatsiya xavfsizligi (shuningdek, 11.02.02.00 ga qarang)]
[TSZ:
Do'stlaringiz bilan baham: |