Radio qabul qilish asoslari. Radiolakatsiyaning asosiy tushinchalari. Radiolakatsion stantsiya qurish negizi
Radiolokatsiyaning asosiy tushunchalari
Download 27.69 Kb.
|
Radio qabul qilish asoslari. Radiolakatsiyaning asosiy tushincha
Radiolokatsiyaning asosiy tushunchalari
Radiolokatsion jihozlar radioto‘lqinlarning xossalaridan foydalanishga asoslanib quriladi. Bunday xossalar radioto‘lqinlarning jism yuzasidan qaytish effekti, nurlanish va qayta nurlanish hodisalaridir. Radiolokatsion jihozlar yordamida harakatdagi turli nishonlarni aniqlash, ular harakati parametrlarini o‘lchash vazifalari bajariladi. Nishonni aniqlash, uning koordinatalari va harakat parametrlarini o‘lchash jarayoni radiolokatsion kuzatuv deb ataladi. Bunday jarayonni bajaradigan tizim va qurilmalar radiolokatsion stansiya yoki radiolokator deb ataladi. Radiolokatsion nishonni aniqlash uslubiga qarab radiolokatsiya jarayoni aktiv radiolokatsiya, passiv radiolokatsiya vaaktiv javobli radiolokatsiya turlariga bo‘linadi. Aktiv radiolokatsiya (7.3-rasm) usuli radiolokatsion stansiya uzatkichi radiolokatsion kuzatuv jarayonida tarqatgan elektromagnit to‘lqinlari nishondan qaytganidan so‘ng qabulqilgichi orqali qabul qilib olishga asoslangan. Bu yerda radiostansiyaning qabulqilgichi qaytgan signalni qayta ishlab, nishon to‘g‘risidagi ma’lumotni ajratib oladi. Radiolokatsion stansiya uzatkichi nurlatgan (tarqatgan) signalzondlovchi va qabulqilgichi qabul qilgan signal qaytgan signaldeb ataladi.Aktiv radiolokatsiyaning boshqa turi aktiv javobli turidir. Bunday usul tizimda radiolokatsion kuzatuv nishonida maxsus retranslatsion qabulqilgich-uzatkich o‘rnatilgan bo‘lib, uning qabulqilgichi radiolokatsion stansiya signaliniqabul qilib olgandan so‘ng, qayta ishlab uzatkichi orqali atrofgashifrlangan javob signali tarqatadi. Bunday signal radiolokatsion stansiya qabulqilgichida qabul qilinib, nishon to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oladi. Nishonga qo‘yilgan javobqaytargichning mavjudligi radiolokatsion stansiyaning ta’sir doirasinikattalashtiradi.Passiv radiolokatsiya temperaturasi mutlaq noldan farq qiladigan jismlarning tabiiy nurlanish xossalaridan foydalanishga asoslangan. Nishonning nurlanishi issiqlik nuri ko‘rinishida bo‘lganligi uchun passiv radiolokatsiya boshqacha qilib issiqlik lokatsiya deb ham ataladi. Passiv radiolokatsiyaning afzalliklari shundan iboratki, bu tizimda radioto‘lqin uzatkich yo‘qligidir. Lekin ta’sir doirasi nishonning issiqlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababdan passiv radiolokatsiyada nishonning uzoqligini o‘lchash mumkin emas, bunda faqat nishonning yo‘nalishi aniqlanadi. Aviatsiya sohasida samolyotlarni boshqarish uchun aktiv radiolokatsiya va aktiv javobli radiolokatsiya turlari ishlatiladi. Passiv radiolokatsiya harakatdagi nishonni aniqlash va yo‘q qilish uchun harbiy maqsadlarda ishlatilib kelinmoqda. Download 27.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling