Radio va mobil aloqa
Viruslar va zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatish kanallari
Download 259.77 Kb.
|
ABDURAIMOV Y KIBER MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron pochta
Viruslar va zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatish kanallari. Kompyuterlar va korporativ tarmoqlarni himoyalovchi samarador tizimni yaratish uchun qayerdan xavf tug‘ilishini aniq tasavvur etish lozim. Viruslar tarqalishning juda xilma-xil kanallarini topadi. Buning ustiga eski usullarga yangisi qo‘shiladi.
Tarqatishning klassik (mumtoz) usullari. Fayl viruslari dastur fayllari bilan birgalikda disketlar va dasturlar almashishda, tarmoq kataloglaridan, Web- yoki FTP – serverlardan dasturlar yuklanishida tarqatiladi. Yuklama viruslar kompyuterga foydalanuvchi zaharlangan disketani diskovodda qoldirib, so‘ngra operatsion tizimni qayta yuklashida tushib qoladi. Yuklama virus kompyuterga viruslarning boshqa xili orqali kiritilishi mumkin. Makrokomanda viruslari Microsoft Word, Excel, Access fayllari kabi ofis hujjatlarining zaxarlangan fayllari almashinishida tarqaladi. Agar zaharlangan kompyuter lokal tarmoqqa ulangan bo‘lsa virus 194 osongina fayl-server disklariga tushib qolishi, u yerdan kataloglar orqali tarmoqning barcha kompyuterlariga o‘tishi mumkin. Shu tariqa virus epidemiyasi boshlanadi. Virus tarmoqda shu virus tushib qolgan kompyuter foydalanuvchisi xuquqlari kabi xuquqqa ega ekanligini tizim ma’muri unutmasligi lozim. Shuning uchun u foydalanuvchi foydalanadigan barcha kataloglarga tushib qolishi mumkin. Agar virus tarmoq ma’muri ishchi stansiyasiga tushib qolsa oqibati juda og‘ir bo‘lishi mumkin. Elektron pochta. Hozirda Internet global tarmog‘i viruslarning asosiy manbai hisoblanadi. Viruslar bilan zaharlanishlarning aksariyati MicroSoftWord formatida xatlar almashishda sodir bo‘ladi. Elektron pochta makroviruslarni tarqatish kanali vazifasini o‘taydi, chunki axborot bilan bir qatorda ko‘pincha ofis hujjatlari jo‘natiladi. Viruslar bilan zaharlash bilmasdan va yomon niyatda amalga oshirilishi mumkin. Masalan, makrovirus bilan zaharlangan muharrirdan foydalanuvchi o‘zi shubha qilmagan holda, adresatlarga zaharlangan xatlarni jo‘natishi mumkin. Ikkinchi tarafdan niyatibuzuq atayin elektron pochta orqali har qanday xavfli dasturiy kodni jo‘natishi mumkin. Download 259.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling