Radio va mobil aloqa


Download 259.77 Kb.
bet3/6
Sana16.02.2023
Hajmi259.77 Kb.
#1204120
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ABDURAIMOV Y KIBER MI

Troyan Web-saytlar. Foydalanuvchilar virusni yoki troyan dasturni Internet saytlarining oddiy kuzatishda, troyan Web-saytni ko‘rganida olishi mumkin. Foydalanuvchi brauzerlaridagi xatoliklar ko‘pincha troyan Web-saytlari faol komponentlarining foydalanuvchi kompyuterlariga zarar keltiruvchi dasturlarni kiritishiga sabab bo‘ladi. Troyan saytni ko‘rishga taklifni foydalanuvchi oddiy elektron xat orqali olishi mumkin.
Lokal tarmoqlar. Lokal tarmoqlar ham tezlikda zaharlanish vositasi hisoblanadi. Agar himoyaning zaruriy choralari ko‘rilmasa, zaharlangan ishchi stansiya lokal tarmoqqa kirishda serverdagi bir yoki bir necha xizmatchi fayllarni zaharlaydi. Bunday fayllar sifatida Login.com xizmatchi faylni, firmada qo‘llaniluvchi Excel-jadvallar va standart hujjat-shablonlarni ko‘rsatish mumkin. Foydalanuvchilar bu tarmoqqa kirishida serverdan zaharlangan fayllarni ishga tushiradi, natijada virus foydalanuvchi kompyuteridan foydalana oladi.
Zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatishning boshqa kanallari. Viruslarni tarqatish kanallaridan biri dasturiy ta’minotning qaroqchi nusxalari hisoblanadi. Disketlar va CD-disklardagi noqununiy nusxalarda ko‘pincha turli-tuman viruslar bilan zaharlangan fayllar bo‘ladi. Viruslarni tarqatish manbalariga elektron anjumanlar va FTP va BBS fayl-serverlar ham taalluqli.
O‘quv yurtlarida va Internet-markazlarida o‘rnatilgan va umumfoydalanish rejimida ishlovchi kompyuterlar ham osongina viruslarni tarqatish manbaiga aylanishi mumkin. Agar bunday kompyuterlardan biri navbatdagi foydalanuvchi disketidan zaharlangan bo‘lsa, shu kompyuterda ishlovchi boshqa foydalanuvchilar disketlari ham zaharlanadi.
Kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan kompyuter viruslari ham, o‘zining yangi yashash makoniga moslashgan holda, takomillashadi. Har qanday onda yangi, oldin ma’lum bo‘lmagan yoki ma’lum bo‘lgan, ammo yangi kompyuter asbob-uskunasiga mo‘ljallangan kompyuter viruslari, troyan dasturlari va qurtlar paydo bo‘lishi mumkin. Yangi viruslar ma’lum bo‘lmagan yoki oldin mavjud bo‘lmagan tarqatish kanallaridan hamda kompyuter tizimlarga tatbiq etishning yangi texnologiyalaridan foydalanishi mumkin. Virusdan zaharlanish xavfini yo‘qotish uchun korporativ tarmoqning tizim ma’muri, nafaqat virusga qarshi usullardan foydalanishi, balki kompyuter viruslari dunyosini doimo kuzatib borishi shart.

Download 259.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling