Web sayt. Url. Cgi


Download 16.02 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi16.02 Kb.
#1171515
Bog'liq
3-mavzu Web


3-mavzu: Sayt. URL. CGI va HTTP.
Reja:

  • Web sayt.

  • URL.

  • CGI.

  • HTTP.

Websayt (boshqa variantlari: veb-saytveb saytwebsiteweb site yoki shunchaki saytinglizchaweb — „toʻr“ va site — „joy“) deb kompyuter tarmogʻidagi bir elektron manzilda joylashgan elektron hujjatlar majmuiga aytiladi. Elektron manzil domen yoki IP shaklida boʻladi. Vebsaytni veb sahifadan farqlash lozim: veb sahifa vebsaytdagi sahifalardan biri, xolos. Sayt yoki web-sayt inglizcha website: web – «o’rgimchak to’ri, tarmoq» va site – «joy, segment, tarmoqning bir qismi» degan ma’nolarni anglatadi.


Sayt – bu bitta domen nomidan foydalanadigan, bir-biriga bog’langan web-sahifalar to’plami. Web-saytlar shaxs, guruh, korxona yoki tashkilot tomonidan turli maqsadlarda yaratilishi mumkin. Barcha ommaviy web-saytlar butun dunyodagi internet to’rini tashkil qiladi.
Oddiy qilib aytganda, sayt – bu Internetda joylashgan, ba’zi ma’lumotlarni (matn, video, fotosuratlar, hujjatlar, musiqa va hk) o’z ichiga olgan manzil. Internet esa ushbu manzillar to’plamidir.
Uniform Resource Locator (URL) – kompyuter tarmog‘idagi manzilni va uni olish mexanizmini aniqlaydigan veb-resurs uchun havola. URL manzil esa, yagona manba identifikatori (URL) ning o‘ziga xos turi. Ko‘p hollarda ushbu atamalar fayllarni uzatish (ftp), elektron pochta (mailto), maʼlumotlar bazasiga kirish (JDBC) va boshqa ko‘plab ilovalar uchun ishlatiladi.
Kompyuterda yaratilgan tasvir (inglizcha: Computer-generated imagery; qisqartmasi CGI) uch oʻlchovli (3D) grafika yordamida yaratilgan tasvir boʻlib, asosan tasviriy sanʼat, video oʻyinlar, simulatorlar, kompyuter animatsiyasi va VFXda ishlatiladi. Bunda, tasvirlar dinamik yoki statik boʻlishi bilan bir qatorda ikki oʻlchovli (2D) boʻlishi ham mumkin (garchi „CGI“ atamasi odatda film va televideniyeda personajlar va maxsus effektlar yaratishda 3D-grafikadan foydalanishga shama qilsa-da).
CGIdan foydalangan ilk toʻliq metrajli film 1973-yilda chiqarilgan Westworld filmi boʻlgan.

HTTPS (inglizcha: Hypertext Transfer Protocol Secure — „Xavfsiz Gipermatn Uzatuvchi Protokol“) HTTP protokoli kengaytmasi boʻlib, shifrlashni dastaklaydi. HTTPS orqali uzatiladigan maʼlumot SSL yoki TLS kriptografik protokoliga solinadi, shunday qilib bu maʼlumotlar himoyalanadi. HTTP dan farq qilib, HTTPS uchun 443 TCP porti ishlatiladi.
Tizim Netscape Communications Corporation tomonidan autentifikatsiya va himoyalangan bogʻlanishni taʼminlash uchun ishlab chiqilgan. HTTPS xavfsizlikka talabgor internet ilovalari (masalan, online toʻlov) uchun qoʻllaniladi.
HTTPS barcha mashhur brauzerlar tomonidan dastaklanadi.
Download 16.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling