Radioaktiv yadro reaksiyasi Reja


Termoyadroviy reaksiyalar


Download 56.8 Kb.
bet6/8
Sana13.05.2023
Hajmi56.8 Kb.
#1456783
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Radioaktiv yadro reaksiyasi

Termoyadroviy reaksiyalar. Hisoblashlarning ko’rsatishicha faqat og’ir yadrolarni bo’linishi tufayligina emas, balki juda yengil yadrolarni biriktirish (yadrolar sintezi) usuli bilan ham yadroviy energiyadan foydalanish mumkin ekan. Masalan, deyteriy va tritiyni sintezidan  -zarra va neytron hosil bo’ladi; ya’ni
1N2+1N3  2Ne4+0n1
bu reaksiya energiyasi

Bunda har bir nuklonga to’g’ri keladigan energiya 3,5 Mev. Ma’lumki U235ning bo’linishida ajraladigan energiyaning bitta nuklonga mos keladigan energiyasi 0,85Mev.
Yadrolar sintezi yuqori temperaturalarda sodir bo’lganligi uchun uni termoyadroviy reaksiya deb ham ataladi.
N2 (deyteriy) va N3 (tretiy) yadrolarining 10K haroratda ham yetarlicha intensiv birikishi kuzatiladi. Bu qadar yuqori harorat yulduzlarda, jumladan quyoshda mavjud. Quyosh nurlanishining spektrida vodorod, geliy, uglerod, azot va kisloroddan iborat. Quyosh energiyasi uning tarkibidagi yadrolarning sintezi, ya’ni termoyadroviy reaksiyalar tufayli ajraladi.

Olimlar sun’iy ravishda termoyadroviy reaksiyani amalga oshirish usulini topdilar. Buning uchun termoyadroviy reaksiyada qatnashishi lozim bo’lgan modda (masalan N2 va N3 aralashmasi) ichida atom bomba portlatilsa bas. Atom bomba portlaganda g’oyat qisqa vaqt ichida harorat 107K ga yetib, deyteriy va tritiy birikadi, bunda energiya ajralib chiqishi yanada kuchliroq portlashtarzida namoyon bo’ladi.
Portlashda vodorod izotoplari qatnashganligi uchun bu qurolga vodorod bomba deyiladi. Neytron bomba deb ataluvchi qurolda esa yadroviy sintez reaksiyasi amalga oshishi uchun talab qilinadigan sharoit detonatorlik vazifasini bajaruvchi bombani portlatish yo’li bilan emas, balki boshqa usullar yordamida vujudga keltiriladi. Yadroviy sintez reaksiyasida ajralib chiqadigan energiyaning asosiy qismi (80%) neytronlarning energiyasi sifatida namoyon bo’ladi.Shuning uchun neytron bomba portlaganda vujudga keladigan zarb to’lqin anchagina kuchsiz lekin nurlanish dozasi nihoyat kuchli bo’ladi. Neytronlar muhit atomlarning elektron obilari bilan bavosita ta’sirlashmaydi. Lekin muhit atomlarining yadrolari bilan ta’sirlashuvi tufayli zaryadli zarrachalar, -kvantlar va radioaktiv yadrolar hosil bo’ladi. Shuning uchun odam organizmiga neytronlarning ta’siri tirik to’qimalarning atom va molekulalarining ionlashtirishdan iborat bo’ladi.
Ionlarning aktivligi o’zgacha bo’lganligi uchun sog’ organizmda salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ximiyaviy birikmalar vujudga keladi. Yadroviy nurlanish, xususan neytronlar ta’sirida ba’zi murakkab molekulalar, birinchi navbatda ilik, so’ngra on hosil bo’lish jarayoni, ayniqsa, markaziy nerv sistemasining to’qimalari zararlanadi, ovqat xazm qilish yo’li va jinsiy a’zolarning xujayralari ham shikastlanadi.
Hozirgi paytda «Tokaman» magnit o’ramli toroidal kamera yordamida xalqaro hamkorlik asosida boshqariladigan termoyadroviy reaksiyani amalga oshirish bo’yicha izlanishlar olib borilmoda.

Download 56.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling