Radioaktivlik elementning izotopga


Download 48.19 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi48.19 Kb.
#1490779
Bog'liq
Radioaktivlik - Vikipediya



Radioaktivlik
Radioaktivlik - elementning izotopga
aylanish qobiliyati
Radioaktivlik (lotinchadan radio —
nurlanish, radius — nur va activus —
taʼsirchan) 1896-yilda fransuz olimi Anri
Bekkerel kashf etdi. A. Bekkerel uran
metalli birikmalari boigan ruda ko‘zga
koʻrinmaydigan, ammo fotoplastinkaga
taʼsir qiladigan nurlar chiqarishini
payqadi. Agar qorong‘i uyda bir parcha
uran rudasi fotoplastinka ustiga bir
necha kun qo‘yilib, so‘ngra plastinka


ochtirilsa, unda ruda parchasining tasviri
tushib qolganini ko‘rish mumkin.
Radioaktivlik hodisasini Bekkerel ana shu
yo‘l bilan topgan. Bekkerel kashfiyotidan
ko‘p oʻtmasdan bunday ko‘zga ko‘rinmas
nurlami boshqa moddalar ham chiqarishi
aniqlangan. Barcha bunday moddalar
radioaktiv moddalar deb, moddalarning
bunday nurlar chiqarish xususiyati esa
radioaktivlik deb atala boshlandi.
Radioaktivlik hodisasini o‘rganish
sohasida fransuz olimlari Mariya
Sklodovskaya-Kyuri va Pyer Kyurilaming
xizmati katta bo‘ldi. Ular bir necha tonna
uran rudasini qayta ishlab, fanga maʼlum
bo‘lmagan metallning bir grammiga yaqin
miqdorini ajratib olishgan. Bu metallning


radioaktivligi uranning radioaktivligidan
bir necha million marta ortiq ekanligi
aniqlandi. Olimlar bu metallni radiy deb
atashgan (radiy — nurli demakdir,
lotincha radius — nur so‘zidan olingan).
Olimlar radioaktiv parchalanish
jarayoniga tabiatdagi qanday kuchlar
taʼsir eta oladi (uni tezlashtiradi yoki
sekinlashtiradi) degan savolga javob izlay
boshladilar. Izchil tekshirishlar
natijalaridan maʼlum bo‘ldiki, juda yuqori
yoki juda past harorat, kuchli elektr va
magnit maydonlari, yuqori bosim va
tezlanishlar, kuchli kimyoviy reaktivlar
ham radiyning parchalanish jarayoniga
taʼsir eta olmasligini ko‘rsatdi. Pyer va
Mariya Kyurilar radiy donachasini magnit


maydoniga qo‘yib, bir jinsli boʻlgan
radioaktiv nurlar dastasini maydon
taʼsirida ikki dastaga ajralishini
payqadilar. Bu dastalardan birida
radioaktiv zarrachalar oldingi yo‘nalishda
to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanadi,
ikkinchisida esa bir tomonga og‘ib, o‘z
yo‘lini o‘zgartiradi. Nurlarning og‘ish
yo‘nalishi va burchagiga qarab, og‘uvchi
nurlar manfiy zarralar oqimi ekanligiga
ishonch hosil qilish mumkin. Juda
sinchiklab tekshirishlar natijasi bu
nurlarning elektronlar ekanligini ko‘rsatdi.
Uchib chiqayotgan elektronlaming
tezliklari turlicha bo‘lib chiqdi. Magnit
maydon taʼsirida og‘uvchi dastada
tezliklari yorug‘lik tezligiga yaqin tezlik


bilan harakatlanuvchi elektronlar ham
uchraydi, Radioaktiv nurlarning magnit
maydonida og‘maydigan qismi qanday
tabiatga ega ekanligini aniqlashgina
qoldi. Ingliz fizigi Ernest Rezerford bu
masalani hal qilishga kirishdi. U Pyer va
Mariya Kyurilar tajribasini kuchli magnit
maydonida oʻtkazishga ahd qiladi.
E.Rezerford tajribasida radioaktiv
nurlarning Pyer va Mariya Kyurilar
tajribasidagi magnit maydon taʼsirida
og‘maydigan qismi kuchli magnit
maydonda ikkita dastaga ajralishi
kuzatildi. Bu dastalardan biri magnit
maydon taʼsirida mutlaqo og‘may, to‘g‘ri
chiziq bo‘ylab boradi, ikkinchisi esa
elektronlaming og‘ish yo‘nalishiga


Bu sahifa oxirgi marta 21-Aprel 2023, 20:26 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
qarama-qarshi tomonga biroz og‘adi.
Rezerford o‘z tajribasi natijalarini tahlil
qilib, radioaktiv nurlaming bu qismi
musbat zaryadlangan zarrachalar
oqimidan iborat degan xulosaga keladi.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Radioaktivlik&oldid=367461
8
" dan olindi

Download 48.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling