Radioaktivlik
Download 24.85 Kb.
|
7-amaliyot
Mustaqil ishlash uchun masalalar
1. 1 million poloniy atomidan bir sutkada qanchasi parchalanadi. 2. 1 million radiy (radon)ning emanatsiyasi atomidan bir sutkada qanchasi parchalanadi. 3. 1 gramm radiyning 1 sekunddagi parchalanish soni topilsin. 4. aktivligi 1 Kyuri radonning massasi topilsin 5.Aktivligi parcha/sek ga teng 84Ro210 poloniy miqdori topilsin. 6. Radon atom soni 1 sutkada 18,2 % kamaysa, radonning parchalanishdoimiysini toping 7. Uran 92U235 va radon 86Rn222 larning solishtirma aktivligini toping. 8. Geyger-Myuller ionizatsiya hisoblagichlarida radioaktiv preparat bo‘lmaganda hai ma’lum fon bo‘ladi. SHu fon kosmik nurlanishdan yoki radioaktiv ifloslikdan vujudga kelgan bo‘lishi mumkin. 5 sekundda hisoblagichda bir marta impulьs beruvchi fon qancha radon miqdoriga muvofiq keladi. 9. Muayyan radioaktiv preparatning parchalanish tezligi ionizatsiya hisoblagichi yordamida tadqiq etilmoqda. Boshlang‘ich paytda hisoblagich 10 sekundda 70 marta impulьs beradi. T/2 sekund vaqt o‘tganidan so‘ng hisoblagich 10 sekund ichida necha marta impulьs beradi. T>>10 sek deb hisoblansin. 10. Muayyan radioaktiv preparatning parchalanish soni = . Oradan qancha vaqt o‘tgandan so‘ng dastlabki atom miqdorining 75 % i parchalanadi. 11 Tabiiy uran uch xil izotoplarning aralashmasidan 92U234, 92U235, 92U238 iborat. 92U234 Uranning miqdori nihoyatda oz (0,006%), 92U235 hissasi 0,71% to‘g‘ri keladi, qolgan massani (99,28%) 92U238 tashkil qiladi. Maxkur izotoplarning yarim emirilish davrlari tegishlicha . Har bir izotopning tabiiy uran umumiy radioaktivligiga kirituvchi radioaktivlik protsent ulushini hisoblab chiqaring. 12. Radioaktiv parchalanishda radiy atomi yadrosidan uchib chiquvchi alьfa zarrachaning kinetik energiyasi 4,78 Mev. 1) alьfa zarracha tezligi 2) alьfa zarracha uchib chiqayotganda ajraluvchi to‘la energiyani toping. 13. 1 kyuri dozali radon , 1) bir soatda va 2) o‘rtacha yashash vaqtida qancha issiqlik miqdori ajratadi. Radondan uchib chiquvchi alьfa zarraning kinetik energiyasi 5,5 Mev 14. 1 gramm 92U238 uran parchalanish mahsulotlari bilan muvozanatda vt quvvat chiqaradi. Uran atomlarining o‘rtacha yashash vaqtida bir gramm atom uran chiqargan issiqlikning to‘la miqdori topilsin. 15. Bir soatda 1 gramm radiydan hosil bo‘lgan radonning aktivligi nimaga teng. 16. Bir yilda 1 garmm radonning parchalanishidan hosil bo‘lgan geliy miqdori normal sharoitda 0,043 sm3 hajmni egallaydi. Bulardan Avogadro sonini toping. 17. Berk idishga (ampula) 1,5 gramm radiyli preparat joylashtirilgan. vaqtdan keyin bu ampulada qancha miqdorda radon to‘planadi. 18. 400 mkyuri aktivlikli radon ampulaga joylashtirilgan. Ampula to‘ldirilgandan keyin qancha vaqt o‘tgach radon parcha/sek ni beradi. 19. Uran rudasidagi qo‘rg‘oshin uranning qator emirilishining so‘nggi mahsuloti bo‘lganligidan rudadagi uran miqdorining qo‘rg‘oshin miqdoriga nisbatidan rudaning yoshini aniqlash mumkin. Bu rudada 1 kg 92U238 uranga 320 gramm qo‘rg‘oshin to‘g‘ri kelsa, urash rudasining yoshini aniqlang. 20. Tarkibida 42% sof uran bo‘lgan qancha rudadan 1 gramm radiy olish mumkin. Download 24.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling