Radioelektronika asoslari
Download 60.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu. "Radioelektronika asoslari" faniga kirish. Radioelektronikaning asosiy tushunchalari. Axborotlarni uzatish, qabul qilish, qayta ishlash tizimlari to'g'risida umumiy tushunchalar. Radioelektronika XX asrning o’rtalarida radiotexnika va elektronika fanlarining yutuqlari asosida yuzaga kelgan fan sohasi hisoblanadi. Uning asosini radiotexnika fani tashkil etadi. Maʻlumki, radiotexnikaning asosiy vazifasi elektromagnit to’lqinlar yordamida axborotlarni uzatishdan iborat. Shuningdek, radiotexnika elektr tebranishlarni kuchaytirish, generatsiyalash, elektr signallarini o’zgartirish va elektromagnit to’lqinlar yordamida mashina va mexanizmlarni maʻlum masofadan turib boshqarish kabi masalalar bilan shug’ullanadi. Radio lotincha “radio” so’zidan olingan bo’lib, nurlatmoq degan maʻnoni anglatadi. elektronika esa zaryadlangan zarralarning turli muhitlar: vakuum (gaz, qattiq jism) hamda ularning chegaralarida ro’y beradigan elektron jarayonlar haqidagi fan. Shuningdek, elektronika elektronlarning elektr va magnit maydonlar bilan o’zaro taʻsiri natijasida yuzaga kelgan fizikaviy hodisalar va ularga asoslangan elektron asboblarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Elektron va yarim o’tkazgichli asboblar hozirgi zamon radioelektron qurilmalarining asosini tashkil etadi. Keyingi yillarda Elektronika va signallarni qayta ishlashning mikroelektronika, funktsional elektronika va raqamli elektronika kabi sohalari jadal rivojlandi. Bu fan sohalarining erishgan yutuqlari asosida EHMlar, mikroprotsessorlar, robototexnikaning yangi avlodlari, nurtolali aloqa tizimlari axborot texnologiyalari va internet tizimlari yaratildi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda robototexnika, komp’yuter texnikasi, axborot texnologiyalari va Internet tizimlari kabi sohalar rivojlantirildi. Hozirgi paytda xalq xo’jaligining barcha sohalarini komp’yuterlashtirish, EHM larni texnik qurilmalar bilan bog’lash, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga erishilgan. Mikroelektronika qurilmalarini yaratish, texnologik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirish va fan-texnikaning muhim tadqiqotlarini o’tkazishga oid masalalarni echishda radioelektron qurilmalardan samarali foydalanishni talab etadi. Xalq xo’jaligi, sanoat va texnikaning Elektronika va signallarni qayta ishlash qurilmalari qo’llanilmagan biror sohasini topish qiyin. Masalan, Elektronika va signallarni qayta ishlash qurilmalari asosan tibbiyotda, hisoblash texnikasida, Shuningdek, avtomatika, geologiya, meterologiya va texnikaning turli sohalarida qo’llanilib kelinmoqda. Mikroprotsessorli texnika yutuqlari va vositalarini xalq xo’jaligiga qo’llash natijasida xalq farovonligi oshib bormoqda. Mamlakatimiz mudofaa qobiliyati va iqtisodiyotini mustahkamlashda ham Elektronika va signallarni qayta ishlashning roli beqiyosdir. Dastlab radiotexnika asosan radioaloqani amalga oshirish va uni takomillashtirish usullari bilan Shug’ullangan bo’lsa, keyinchalik elektronikaning taraqqiy etishi tufayli uning qo’llanish sohalari kengayib, televideniya, telemexanika, radiolokatsiya, hisoblash texnikasi, radiospektroskopiya, radioastronomiya, robototexnika kabi fan sohalari yuzaga keldi. Ayniqsa, mikroelektron qurilmalarni ishlab chiqish va ularni fan-texnikaning turli sohalariga joriy etishda, radioaloqaning yangi turlarini yaratishda, Shuningdek, moddalar tarkibi va strukturasini tahlil etishda, elektron nazorat qurilmalari hamda texnologik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirishda Elektronika va signallarni qayta ishlash fani yutuqlaridan keng foydalanib kelinmoqda. Radiotexnik usullarining ko’pligi va qulayligi ulardan fan-texnikada, ishlab chiqarish va xalq xo’jaligining ko’pgina tarmoqlarida keng foydalanish imkonini yaratdi. Radioaloqani amalga oshirishda elektromagnit to’lqinlarni hosil qilish, ularni tarqatish va qabul qilish kabi radiotexnik jarayonlar muhim ahamiyatga ega. Download 60.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling