Radioelektronika


Download 51.5 Kb.
Sana11.09.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1675830
Bog'liq
Radioelektronika kafedrasi 2023 yil 31 avgust korrupsiya yigilishi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Jizzax politexnika instituti “Radioelektronika” kafedrasi ishlab chiqarish majlisi 2-sonli BAYONI

2023-yil 31-avgust Jizzax shahri


Raislik qildi: J.Mustofoqulov-“Radioelektronika” kafedrasi mudiri


Ishtirok etdi: 14 nafar kafedra professor-o‘qituvchilari


K U N T A R T I B I





  1. Institutda yangi 2023-2024-o‘quv yilida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida o‘quv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, moliya-iqtisodiy, xalqaro hamkorlik, xo‘jalik sohalarida amalga oshiriladigan ishlar, korrupsion holatlarning oldini olish to‘g‘risida.

“Radioelektronika” kafedrasi professor-o‘qituvchilariga Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi xodimi A.Nizamov ma’ruzasini o‘qib eshittirish.

ESHITILDI:




Kun tartibidagi masala yuzasidan “Radioelektronika” kafedrasi mudiri J.Mustofoqulov so‘z olib, avvalo barchani Respublikamiz Mustaqilligining 32 yilligi bilan tabriklab, yangi o‘quv yilini muvaffaqqiyatli boshlash yuzasidan bir qator topshiriqlar berdi. Shundan so‘ng 2023-yilning 25-avgust kuni Rektoratning ishlab chiqarish majlisida notiqlik qilgan Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi xodimi Nizamov Asqar Abdumurodovichning yig‘ilish ishtirokchilariga so‘zlagan nutqini o‘qib eshittirdi.
Ma’ruzachining quyidagi fikrlarini kafedraning professor-o‘qituvchilariga so‘zma-so‘z yetkazdi: “Bugungi yoshlarni ma’nan yetuk, bilimli bo‘lishi, ularni har xil oqimlarga kirib ketmasliklari, jinoyat olamidan yiroq bo‘lishlari, o‘z Vataniga sodiq fuqaro sifatida shakllanishlari siyosatimizning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunda asosiy rolni oila, maktab, oliy ta’lim egallaydi. Biz institut talabalari orasida ommaviy tartibsizliklar, korrupsiyaga qarshi kurashish, jaholatga qarshi kurashda barcha professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda ish olib borishimiz kerak. Talabalarga otalarcha munosabatda bo‘lib, ularni bo‘sh vaqtlarida nimalar bilan mashg‘ul ekanliklari haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz kerak. Shu bilan bir qatorda bugungi kunda jinoyatga moyil talabalar bo‘lsa, ular bilan dekanlar bilan birgalikda tarbiyaviy ishlarni olib borishimiz kerak.
Bugungi kunda institutning bitiruvchilarining 70-80 foizi mutaxassisligi bo‘yicha davlat korxonalariga ishga joylashmaganligi achinarli holat. Ayrim talabalarning dars vaqtida ishlab yurishlari, “nima sababdan ishdasan?”- degan savolga, “baho olishim uchun pul topishim kerak” - degan javobiga nima deysizlar?!
Institutda ilmiy salohiyat qancha, shuncha katta kontingentga ega jamoada nega ilmiy yangiliklar yaratilmaydi, nega qancha ilmiy ishlarni amaliyotga tatbiq etilganligi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q?! Institutda oxirgi 2 yilda qilingan ilmiy himoyalar ro‘yxatini bersalaringiz, amaliyotga tatbiq etilishi haqidagi ma’lumotlarni tekshirib ko‘ramiz.
Institutda sifatli dars o‘tish bo‘yicha barcha sharoitlar yaratilganiga qaramasdan, ayrim professor-o‘qituvchilar hali ham sifatli dars mashg‘ulotlari olib bormayotganliklari aniqlandi. Institut ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Sh.Qarshiboyevdan yangi o‘quv yilida dars tahlillari nazoratini kuchaytirish, eski o‘quv yilida professor-o‘qituvchilarga ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berishni so‘raymiz.
Institutda o‘quv ishlari va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari ishlarini qoniqarli, deb bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan barcha prorektorlarga o‘zlariga tegishli dekan va ularning o‘rinbosarlarini, tyutorlarni ishlarini o‘rganib, yangi o‘quv yiliga yangicha yondashib, kadrlarni tanlashni tavsiya etaman.
Tyutorlarni ishga olishda ularning salohiyatini, psixologiyasini, barcha sohalar bo‘yicha chiqarilgan qonunlarni bilish darajasiga e’tibor bersalaringiz, maqsadga muofiq bo‘lar edi. Imkoniyat darajasida har bir talaba haqida ma’lumotga ega bo‘lsakgina, ularni jinoyatlarini oldini olishimiz mumkin bo‘ladi. Yuqoridagi masalalar yuzasidan fakultet dekanlariga alohida topshiriqlar berib boriladi.
Kafedra mudirlarida xodimlarni ishga olish, dars taqsimotlarida bir muncha kamchiliklar borligi, korrupsiyaga moyillik borligi haqida ma’lumotlar bor, shu munosabat bilan kafedra mudirlaridan korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik so‘raladi.
Kadrlar bo‘limi boshlig‘i B.G‘aybullayevga ichki tartib-intizom asosiy vazifalardan biri ekanligi, shu munosabat bilan xodimlarni ishga kelib-ketishini qat’iy nazoratga olishi lozimligini ta’kidlash lozim.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, Sizlardan shunday jinoyatlar sodir bo‘lmasligi uchun birgalikda ishlarni tashkillashtirishimiz kerakligini aytib o‘tmoqchi edim, deb” Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi xodimi Nizamov Asqar Abdumurodovich o‘z so‘zini yakunladi.
SO‘ZGA CHIQDILAR:
Kafedra professor-o‘qituvchilari S.Sattarov, E.Rabbimov SH.Qarshiboyevlar
yuqorida bildirilgan masalalar yuzasidan o‘zlarining qo‘shimcha fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Kun tartibidagi masalalarni kafedra ishlab chiqarish majlisi ishtirokchilari atroflicha o‘rganib va muhokama qilib,


QAROR QILADI:



  1. Davlat xavfsizligi xizmati Jizzax viloyati boshqarmasi xodimi Nizamov Asqar Abdumurodovichning“ Institutda yangi 2023-2024-o‘quv yilida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida o‘quv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, moliya-iqtisodiy, xalqaro hamkorlik, xo‘jalik sohalarida amalga oshiriladigan ishlar, korrupsion holatlarning oldini olish to‘g‘risida” ma’ruzasi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

  2. Kafedrada yangi o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tilayotgan darslar sifatini tahlil qilish bo‘yicha nazorat kuchaytirilsin hamda har oyning oxirida qilingan ishlar bo‘yicha yozma hisobot berish yo‘lga qo‘yilsin. Mas’ul: Kafedra professor-o‘qituvchisi A.Hamzayev. Muddat: o‘quv yili davomida doimiy.

3. Kafedra professor-o‘qituvchilari va xodimlarining ishga kelib ketishi qat’iy nazoratga olinsin hamda sababsiz ishga kelmagan, darslarni o‘tmagan professor-o‘qituvchilarga nisbatan ko‘rilgan choralar bo‘yicha har oy yozma hisobot berib borilsin. Mas’ul: Kafedra professor-o‘qituvchisi S.Omonov. Muddat: doimiy.
4. Yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalarni kafedra professor-o‘qituvchilari va xodimlariga yetkazish belgilansin. Mas’ul: Kafedra mudiri J.Mustofoqulov.
Muddat: bir hafta davomida.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish kafedra mudiri J.Mustofoqulov zimmasiga yuklatilsin.

Yig‘ilish raisi J.Mustofoqulov


Yig‘ilish kotibi M.Suyarova
Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling