Radiojunalist nutqining uslubiy xususiyatlari” 5А120102-Lingvistika: o’zbek tili mutaxassisligi


Radiojurnalist nutqining fonetik xususiyatlari


Download 156.61 Kb.
bet10/12
Sana16.06.2023
Hajmi156.61 Kb.
#1500192
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Qobilova M. Magistrlik dissertatsiyasi

Radiojurnalist nutqining fonetik xususiyatlari


Efir boshlovchisi yo’naltirish yoki dasturlarga tinglovchilarni jalb etish kabi radioning ifodaviy vositalaridan amaliy foydalanish, uslublarni o’z ijodida unumli qo’llash shart-sharoitlarini yaxshi bilishi dastur tayyorlashda kata ahamiyat kasb etadi. Bu o’rinda radioning ifodaviy vositalari eshittirishlarning akustik tabiatiga xos bo’lib, asosiy maqsad axborotni yoki muallif o’z fikr va mulohazalarini tinglovchilarga aniq va tushunari shaklda yetkazib berishdan iborat. Ma’lumki, aniq bir eshittirishdagi ifodaviy vositalarning o’zaro aloqasi, shakl va turlari ko’p qirralidir. Bu esa dastur boshlovchisining g’oyaviy-ijodiy fikri, uslubiy o’ziga xoslik, professional mahorati bilan belgilanadi. Biroq dastur muallifning hal etuvchi maqsadi rus tadqiqotchisi A.Sherel ta’rifi bilan aytganda, dasturning tovushli obrazini yaratish – bu tovush (nutq, musiqa, turli shovqinlar) elementlari insonning moddiy ob’ekti, tabiati, ruhiy holati to’g’risidagi umulashtirilgan shakllangan tasavvurlar vositasida yuzaga keladi.


Efir boshlovchilarining aksariyati turli ifodaviy shovqinlardan tashqari, hujjatli shivqinlardan ham foydalanadilar. Birinchi holatda shovqinlar dasturning fonini tashkil etadi, o’ziga xos illustratsiya vazifasini bajaradi. Bular olomon shoqin-suroni, qushlar sayrashi, karnay-surnay sadosi va boshqa tovushlar bo’lishi mumkin. Nutq bilan hamohang ular ma’lum bir ma’noviy va hissiy tomonlarini kuchaytiradi. Masalan “Yoshlar” radiosi boshlovchilari dasturlarida o’zbek mumtoz kuy-qo’shiqlari ijrochilari, musiqachilar va hofizlar bilan bevosita jarayon ustida muloqot olib boradi. Dasturni tinglagan har bir odam ularni go’yo jarayon ustida suhbatlashayotganligi to’g’risida tasavvur chug’ab oladi. Bu esa boshlovchining shovqinlar illustratsiyasidan mohirona foydalanib, tinglovchilarning e’tiborini qozonganini ko’ratadi. Unda muallif matni bilan birga turli tovushlar jarang topgan va o’z navbatida eshittirishni hissiy boyitgan, nafaqat mazmun, balki, tovushli fon jihatidan ham uning to’la-to’kisligini ta’minlagan. Oddiy tovushli illutratsiya efir boshlovchisining mahorat bilan yondashuv sabab uni o’ziga xos sezilarli darajada ma’no jihatdan to’ldirgan. Shu lumladan, tovushli hujjatli fragmentlari qo’llash ham amaliyotfda o’z aksini topishi barobarida borliqqa tovushli xarakteristika beradi, qo’shimcha oydinlashtiruvchi ma’lumotni o’zida mujassamlashtiradi hamda boshlovchi eshittirishdagi materiallarning ishonarli va isbotlanganligini ifodalashda asosiy component hisoblanadi.
Musiqaning ifodaviy vosita sifatidagi imkoniyatlari hozirgi jonli efirdagi dasturlarda ancha keng. U shovqinlar singari ikki ko’rinishda: illyustrativ hujjatli material (mualliflik musiqiy fragmentlar, qo’shiqlarning jarang topishi dastur qahramonlari tomonidan) va ma’lumotlarning hissiyotga boy tarzda jarang topishini oshirishda “bezak” sifatida qo’llanadi. Datlabki o’rinda musiqa aniq tovushli hujjat sifatida qo’llanadi. Dastlabki o’rinda musiqa aniq tovushli hujjat sifatida qahramonning ichki dunyosini yoki holatini chuqur ifoda etish uchun tanlangan va foydalanilgan bo’lib, unda musiqa hujjatli dalillar va mahorat vositalaridan farqli o’laroq asosan axboriy funksiyani bajaradi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, musiqa eshittirishning bezagi sifatida ikki ko’rinishda keladi: u matnga qo’yiladi va nutqlar orasidagi pauzalarni to’ldirish uchun foydalaniladi. Bugungi kunda faoliyat yuritayitgan xususiy kanallarning har biridagi musiqa muharrirlari efirga uzatiladigan dasturlarga alohida musiqiy kompozitsiyalar yaratadilar. Jumladan, “Yangi asr” radiokanalidagi musiqalarning aksariyati unda musiqiy muharrir sifatida faoliyat yuritayotgan bastakorning ijod namunalari hisoblanadi. Boshqa radiokanallarda esa aksincha, tayyor musiqiy materiallardan keng foydalaniladi. Ayrim xususiy radiokanallar boshlovchilari hech bir boshlovchi ijodiga o’xshamaydigan noan’anaviy uslub yaratishga intilsalar, davlat radiosi boshlovchilari professional ravishda yaratilgan musiqalardan foydalanishda dasturning qimmatini oshirishni nazarda tutadilar. Biroq har doim ham matn va musiqaning umumiy yaxlitligi va mosligiga erishib bo’lmasligi amaliyotda o’z ifodasini topmoqda. Sababi shundaki, musiqaning mazmun va ritmiga e’tibor kamroq qaratiladi. Undan tashqari mandagi ma’lumotni musiqagagina xos bo’lgan tasvirlanayotgan jarayonga ayanan hissiy munosabat bildirish, dasturning maqsad va g’oyasini ochib berishda boshlovchiga zarur muhitni yaratish orqali chuqurlashtirish kabi imkoniyatlar to’laqonli qo’llanilmayapti. Afsuski, dasturda musiqiy rang-baranglik uning balandligi, ohangi kabi ifodaviy vositalardan foydalanish ancha susayib bormoqda. Dasturda musiqadan foydalanish uslubi boshlovchi ijodining samaradorligini oshirishda, oldinga qo’yilgan maqsadga erishishda yana ko’plab imkoniyatlar yaratadi. Eshittirishda ko’tarilayotgan masalalar yoki ularning mazmuniga xos musiqa yaxlit musiqiy mavzuni yaratadi, muallif fikrini yanada oydinlshtiadi – musiqiy obraz yaratishga xizmat qilish orqali ma’lumotlarning kompozitsion terjeni sifatida namoyon bo’ladi.
O’tgan vaqtlar mobaynida radioboshlovchilar asosan, musiqa va reklama eshittirishlari, past saviyadagi yengil Estrada qo’shiqlarini ko’proq efir orqali qo’yishi, ba’zida ko’ngilochar o’yinlarni berishi tufayli xuddi bir-biriga o’xshab qolgan edi. Yangilik deyishga arzigulik, kutilmagan va ancha jiddiy eshittirishlar ko’p bo’lmasa-da, ularning aksariyati muntazamlik kasb etmagani oqibatida ma’lum bir tamoyil shakllanayotgani haqida xulosa chiqarishning imkoni yo’q, zarur hollarda matnlar orasida taqdim etiladigan ashulalar miqdorini biroz kamaytirish zarur. Chunki badiiy asarning qiziqarli syujeti tinglovchini rom qilib qo’ygan bir paytda, kuy-qo’shiqning haddan atshqari ko’p yangrayverishi biroz me’daga tegadi. Masalan, muayyan miqdorda matn o’qilgandan keyin tinglovchi eshitganari ustida biroz o’ylab olishi va xotirasiga joylashi uchun oraga kuy yoki qo’shiq qo’yilsa, dasturning ta’sirchanligi oshadi, tinglovchini zeriktirmaydigan shakl kasb etishi mukin. Shu bilan birga, eshittirish uchun tanlangan kuy yoki ashula o’qilayotgan asar mazmuniga, voqealar oqimiga, qahramonlarning ryhiyatiga qisman bo’lsada mos kelishi zarur.
Xuddi shunday eshittirishlarning haqqoniyligini, ta’sirchanligini oshirish maqsadida matnlarni o’qishga qo’shimcha ovozlarni ham aralashtirish joiz. Masalan, badiiy asaralarni o’qib eshittirishda erkak boshlovchining ovozi bilan birgalikda mosravishda ayol qahramonning so’zlarini ayol boshlovchi o’qisa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Boshlovchining eshittirishga qahramon tanlash uslubi uning kasbiy va shaxsiy qiziqishlari, maqsadlariga bog’liq. Dastur tili va uslubining o’ziga xosligi qatorida tovushli ifodaviy vositalardan foydalanishdagi individuallik, xarakterli xususiyatlar, qahramonlar doirasi boshlovchining intilishlari, ijodiy qadriyatlarini belgilab beradi. Boshlovchi turli mavzularga murojaat etsada, uning aynan o’ziga xos qirralarini ochib berishga xizmat qiladigan qahramonlari bo’ladi. Ayrim boshlovchilar o’z qahramonlaruga vaqti-vaqti bilan qayta murojaat qilib, ularning hayotidagi ijtimoiy o’zgarishlarni kuzatadi. Yana boshqalri esa she’riy, o’yin tarzida eshittirishlarni olib boradilar. Amaliyotda ham dastur qahramonlarining o’ta an’anaviy tarzda o’zlarini namoyon etishi kuzatilmoqda. Tinglochi o’ziga yaqin va tanish qahramonlarning hayotida sodir bo’lgan yangiliklarni bilishga intiladi. Haddan tashqari nutqiy ravonlik, tovushli shovqinlarning dastur davomida yo’qligi eshittirishning tabiiyligga putur yetkazadi. Ayrim boshlovchilar radioefirni hali ham rasmiy chiqish qilish minbari sifatida qabul qiladilar. Bu bir jihatdan ularning efirda bildirayotgan fikriga mas’uliyatini belgilaydi. Aksincha esa bu quruq, ifodasiz fikr bayon etishga olib keladi, unda ko’tarilayotgan mavzuni ochib berish, ijodkorning o’z shaxsini namoyon etishda ishonarli muhitni yaratishi bir muncha mushkullashadi. =
Radio spetsifikasiga oid yana bir unsur – ovozdir . ularning quyidagi turlari mavjud:

  • Efirdagi asosiy boshlovchilar ovozlari;

  • Eshittirishda ishtirok etadigan suhbatdoshlarning ovozlari;

  • Efir davomida foydalaniladigan tovushlar: musiqa, turli shovqinlar.

Odatda, asosiy ovozlar ma’lum talablarga ko’ra saralanadi va tayyrlanadi. Efir boshlovchisiga turli talablar qo’yiladi. Kontingentning ovozi tiniq, nutqi esa ravon va erkin bo’lishi talab etiladi. Chunki mikrofonda har qanday ovoz o’z tabiiy xususiyatini yo’qotadi. Ovoz ingichka yoki yo’g’on eshitilishi, yihud kutilmaganda talaffuzda har xil shovqin paydo bo’lib qolishi mumkin. Jumladan, axborot o’qiydigan boshlovchi masalasida ham talab jiddiy. Yangiliklar tiniq, biroz yo’g’on, tovush artikulyatsiyasi tekis, ya’ni barcha tovushlar maromda, tartib-qoida bilan talaffuz qilish orqali o’qilishi kerak.



    1. Download 156.61 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling