Radiojunalist nutqining uslubiy xususiyatlari” 5А120102-Lingvistika: o’zbek tili mutaxassisligi
Download 156.61 Kb.
|
Qobilova M. Magistrlik dissertatsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Radiojurnalist nutqiga qo’yiladigan talablar..............
- Radiojurnalist nutqida morfemik vositalarning qo’llanishi….
O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI Qo’lyozma huquqida UDK Qobilova Mahbuba Mo’minjonovna “Radiojunalist nutqining uslubiy xususiyatlari” 5А120102-Lingvistika: o’zbek tili mutaxassisligi Magistrakademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya Ilmiy rаhbаr: PhD Sh.Omonturdiyeva Termiz-2021 M U N D A R I J A ISHNING UMUMIY TAVSIFI Kirish I BOB. Nutq madaniyati va radiojurnalist nutqi Jurnalistik janrlar orasida radiojurnalist nutqining tutgan o’rni……………… Radiojurnalist nutqiga qo’yiladigan talablar..............II BOB. RADIOJURNALIST NUTQINING LINGVISTIK TAMOYILLARI………………………………………………Radiojurnalist nutqining fonetik xususiyatlari..............Radiojurnalist nutqida morfemik vositalarning qo’llanishi….Radiojurnalistikada qo’llanuvchi leksik va frazeologik vositalarning xususiyatlari..III BOB. radiojurnalist nutqining grammatik-stilistik tahlili 3.1. Radiojurnalist nutqining morfologik xususiyatlari.. 3.2. Radiojurnalist nutqining sintaktik tahlili............ XULOSA ILOVA…………………………………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI Magistrlik dissertatsiyasining umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotimizda ulkan o‘zgarishlar, tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda har bir shaxs buyuk o‘tmishimizni yaxshi bilgan holda kelajagimiz ravnaqi uchun eltadigan eng oqilona yo‘llardan borish talab qilinadi. Bunday oqilona yo‘lda O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlab o‘tganidek, “Biz milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o‘z oldimizga asosiy vazifa qilib qo‘yar ekanmiz, bugungi kunda ma’naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta’sir o‘tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o‘rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi”.1 O‘zbekiston mustaqilligi ommaviy axborot vositalari oldiga yangidan–yangi vazifalar qo‘ydi. Jurnalistika sohasida qalam tebratayotgan ijodkorlarning so‘zi millatning ijtimoiy–siyosiy ongini, ma’naviy, axloqiy dunyoqarashini shakllantirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash lozimki, o’zbek tilshunosligi fani o’tgan davr mobaynida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Buni tilning barcha sathlari bilan bog’liq muammolarning o’rtaga tashlanishi va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ham ko’rsatib turibdi. O.A.Vni biz “to’rtinchi hokimiyat” deb ataymiz. Uning jamiyatda tutgan o’rni katta. Jurnalistikani nafaqat mafkura yaratadigan, uni shakallantiradigan dargoh, qurol sifatida, balki turli ijtimoiy-siyosiy qarashlarni jamiyatga yetkazadigan vosita sifatida qarashadi Aholini turli voqea-hodisalardan voqif qilish, aholi madaniyatini oshirish, ma’naviyatini boyitish, dunyoqarashini to’g’ri shakllantirishda O.A.Vning axborot tarqatish, madaniy-ma’naviy, birlashtiruvchi(integrativ), tashkilotchilik, ma’rifiy, mafkuraviy, rekreativ kabi vazifalarining ahamiyat ko’lami kengayib bormoqda. Download 156.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling