Radiojunalist nutqining uslubiy xususiyatlari” 5А120102-Lingvistika: o’zbek tili mutaxassisligi
Jurnalistik janrlar orasida radiojurnalistikaning tutgan o’rni
Download 156.61 Kb.
|
Qobilova M. Magistrlik dissertatsiyasi
1.1 Jurnalistik janrlar orasida radiojurnalistikaning tutgan o’rni
OAV tili jurnalist ijodi sohasi sifatida ham o’rganiladi. OAV matnlari, eng avvalo, janr xususiyatlari nuqtai nazaridan qaraladi. Janr biror ijodiy masalani yechishda muayyan materialning tuzilish shaklidir4. OAV turning janr xususiyatlarini o’rganish har qanday tarixiy davrda dolzarb hisoblangan. Muayyan janrga bo’lgan ehtiyoj davr talablari tufayli yuzaga kelgan. Televideniyalar faoliyatining qamrovi, ko’lami kengayib borgani sari ularda texnik va ijodiy yangilanishlar darajasi ham ortib boryapti. Bugungi kunda mamlakatimizda teleindustriya taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan islohotlar samarasi yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Shu asosda telejurnalistlarzimmasiga ham yangi vazifalar yuklanadi, ulardan ham o’z faoliyatini izchil rivojlantirib borish talab etiladi. Televideniyalar ixtisoslashuvi sababli mazkur janrlardagi ko’rsatuvlar ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy va madaniy hayotning xilma-xil mavzularda bo’lib, ularning soni yil sayin ortib boryapti. Mazkur jihatlar telejurnalist nutqi janrlar bo’yicha alohida-alohida tadqiq etilganda yana ham yorqinroq namoyon bo’ladi. Jurnalistika janrlari: • Xabar • Hisobot • Reportaj • Intervyu • Sharh • Bahs-munozara • Tok-shou • Matbuot konferensiyasi • Ocherk Mazkur janrlarda tayyorlanayotgan eshittirishlar nafaqat syujet qurilishidagi o’ziga xosliklar balki tili jihatidan ham bir-biridan farqlanadi. Ularning har birida jurnalist nutqining turli ko’rinishlari o’z ifodasini topgan. Jumladan, xabar janri mahalliy va xalqaro yangiliklarni tomoshabinlar auditoriyasiga yetkazish asosiy maqsad hisoblanadi. Televideniyada beriladigan xabarlar tasvirga ega bo’lganligi sababli lavhaga o’xshab ketadi. “Телевизионнная журналистика” kitobi mualliflari telexabarlarni ikki guruhga ajratadilar: 1) Rasmiy an’anaviy voqealar haqidagi axborot; 2) ssenariyli, mualliflik xabari. Xabarning birinchi turida muhim ijtimoiy-siyosiy voqea haqida xabar berilsa, ikkinchisida xabar mavzusini jurnalistning o’zi tanlaydi.5 Jurnalistikada xabarning bir necha shakli qayd etiladi Xronikali xabarlar. Muayyan davriylik mezoni orqali izchil ma’lum qilinuvchi yangiliklarni o’z ichiga oladi. Sarlavhalar orqali beriladigan qisqa xabarlar. Turli vaqt va makon birligidagi fakt va hodisalar majmuidan iborat. Tafsilotli, kengaytirilgan xabarlar esa faktlarning izohlar bilan boyitilishi hisobiga bo’ladi.6 Boshqa kasb-hunar kabi jurnalistika ham o’z xususiyatiga ega. Jurnalistikaning axborot, analitik, badiiy va jurnalistik janrlari mavjud. Jurnalistning ushbu janrlarni o’zlashtirishning qulayligi muallifning adabiy qobiliyatiga, uning frofessional mahoratiga va mukammal lingvistik qobiliyatiga bog’liq. Janr - fransuzcha “Tur, ko’rinish” degan ma’noni bildiradi. Radio janrlari 3 katta guruhga bo’linadi: 1.Axborot janrlari 2.Tahliliy janrlar 3. Badiiy-publisistik janrlar Radio janrlari kelib chiqishi, bajariladigan vazifasiga ko’ra boshqa janrlar tizimiga yaqin bo’lsa-da, lekin tovushga va faqat tovushga bog’liqligini alohida ta’kidlash joiz. Har bir janr muayyan,barqaror, o’ziga xos shaklga egaligi barobarida jonli jarayonligi, har bir eshittirishda o’zgacha tarzda o’zligini namoyon etadi. Radio nazariyotchilaridan biri V.V. Smirnov “Radiojurnalistika janrlari” o’quv qo’llanmasida ushbu ijodiy jarayon 3 bosqichdan iborat ekanligini alohida ta’kidlaydi: birinchidan, faktni, voqeani, hodisani, hayotning bir bo’lagini bilish, o’rganish; ikkinchidan, o’rganilgan bo’lakni aks ettirish; uchinchidan, eshittirish orqali olingan bilimlarni tinglovchilarga yetkazishdir Janrlar orasida sistemali fikrlash-bu keng qamrovga, professional dunyoqarashga, yuqori saviyaga, intellectual salohiyatga ega bo’lish deganidir. Radio janrlari ham boshqa janrlar singari rivojlanib, takomillashib boradi. Radio janrlari tinglovchilar, auditoriya bilan muntazam va mustahkam aloqadadir. Ayni damda har bir janr faqat o’ziga xos aloqa shakliga ega. Masalan, radioreportajni muallif ishtirokisiz yoki guvohligisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Feleton, ocherkda esa mantiqiy muhokama va obrazli tafakkur birligi muhim. Janrlarni tasniflash, turkum, guruhlarga ajratishda Maksim Gorkiyning ocherk janrining xususiyati, tabiatini tayin etishda uning hujjatli janr va badiiy asar oralig’ida turishi, chegaraviy janr ekanligini unutmaslik kerak. Bir janr tizimi o’zida muayyan aloqadorlik, o’zaro ta’sir birligi (masalan, radioreportaj-radiohikoya-radioocherk), shuningdek, turli jarlar tizimi (gazeta lavhasi, radiolavha, telelavha) o’rtasida bu aloqa yanada yaqqol ko’zga tashlanadi. Tadqiqotchilar “Radioeshittirish janrlari” tushunchasini farqlash kerakligini uqtiradi. V.N. Rujnikov fikricha, radioeshittirish shakllari dastur jarayoniga, konkret asarning yaratilishi faoliyatiga, ya’ni ijodiy laboratoriyaga xosdir. Download 156.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling