Muammoning o’rganilganlik darajasi. Keyingiyillarda jurnalistik nutqning individual xususiyatlarini o’rganish hamda tadqiq qilishga alohida e’tibor berilmoqda.
Jurnalistika sohasida so’z tanlashdagi va qo’llashdagi mahoratining tadqiq etilishi tilshunosligimiz rivojida o’ziga xos ahamiyatga ega. Chunki aynan mana shu jihat orqali jurnalistning individual uslubi yaqqol ko’rinadi. Shuning uchun tilshunosligimizda jurnalist nutqining o’ziga xosligi, uning til vositalaridan foydalanishi kabi jihatlar bosh mavzu darajasiga ko’tarilib bormoqda.
O’zbek va jahon tilshunosligida jurnalistika sohasiga bag’ishlangan ko’plab tadqiqotlar mavjud. Ayniqsa, bu borada Mo’minov.F.A, S.Sodiqov, V.V.Smirnov, L.Rustamova, Rujnikov D.I, Lyubosvetov D.I, Muzir A.A, Sherel A, Gaymakov B.D kabi olimlarning ishlarini alohida ta’kidlash lozim.
Mazkur magistrlik dissertatsiyasida radiojurnalist nutqining individualligini ta’minlovchi omillar: fonetik, leksik, morfologik xususiyatlari tadqiq etildi.
Tadqiqotning maqsadi. Radiojurnalist nutqini uslubiy jihatdan tahlil qilish, jurnalistning tilning badiiy tasvir vositalaridan, shuningdek, umuman tildan foydalanishdagi mahoratini va bu orqali uning o’zbek tili rivojidagi o’rnini belgilashdan iboratdir.
Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqot maqsadini amalga oshirish quyidagi va zifalarni bajarishni taqozo etadi:
- Jurnalistik janrlar orasida radiojurnalistikaning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish;
- Jurnalistikaning o’zbek tilshunosligida o’rganilish holatini ilmiy-tanqidiy baholash;
- Radiojurnalistikani fonetik xususiyatlarini tahlil etish;
- Radiojurnalistikaning lingvistik tamoyillarini o’rganish;
- Radiojurnalistikaning morfemik xususiyatlarini o’rganib, uni tahlil qilish;
- Radiojurnalistikani grammatik-stilistik jihatdan tahlil qilish.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Mazkur dissertatsiyaning ob’ekti radio, predmeti radiojurnalist nutqi
Do'stlaringiz bilan baham: |