Радиотехника. Электр сигнали нима ва у қандай параметрлар билан характерланади?


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/24
Sana21.04.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1373436
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
5-қисм. Радиотехника2

Quvvat kuchaytirgichi (u tashqaridan qo'zg'atiladigan generator deb ataladi) radiosignal quvvatini 
radioaloqa tizimi talablari bilan belgilanadigan darajagacha oshiradi. Quvvat kuchaytirgichiga qo'yiladigan 
asosiy talab, uning yordamida yuqori iqtisodiy ko'rsatkichlarni, xususan, FIK ni ta'minlashdan iborat. 
Chiqish zanjiri antennaga kuchaytirilgan tebranishlarni uzatish, oxirgi kuchli kuchaytirgich 
chiqishini antenna bilan moslashtirish, yuqori chastotali tebranishlarni filtrlash uchun xizmat qiladi. 
Modulator uzatkichning yuqori chastotali tebranishlar eltuvchilarini uzatilayotgan signal bilan 
modulatsiyalash uchun xizmat qiladi. Buning uchun modulator, uzatkichning xususiyatlari va modulatsiya 
turi (amplitudali, chastotali, bir polosali va boshqa) dan kelib chiqib, 2.1-rasmdagi punktir chiziq bilan 
o'ralgan bloklarning bir yoki bir nechtasiga ta'sir etadi. 


18 
2.1-rasm. Radiouzatkichning funksional sxemasi. 
Masalan, chastotali modulatsiya chastotalar sintezatorida yoki (ba'zida) yuqori chastota 
generatorida amplitudali modulatsiya katta quvvatli va ular oraliq kuchaytirgichlarga ta'sir natijasida paydo 
bo'ladi. 
Elektr ta'minoti qurilmasi barcha bloklarga tok va kuchlanishlarni keltirishni ta'minlaydi. Bu esa, 
ular tarkibiga kiruvchi tranzistorlar, lampalar va boshqa elektron elementlarning, shuningdek, avtomatik 
boshqaruv tizimlari, avariya rejimidan himoya qilish qurilmalari, boshqa qo'shimcha zanjirlar, 
qurilmalarning normal ishlashi uchun zarurdir. Elektr ta'minoti tizimi to'g'rilagichlar, ichki yonish 
dvigatellariga ega elektrmashina generatorlari, akkumulatorlar, transformatorlar, kommutatsiya 
apparaturasi zaxira ta'minot manbayi va buzilishlar bo'lgan vaqtda asosiy ta'minot manbayidan zaxira 
ta'minot manbayiga avtomatik o'tish qurilmalari va boshqalardan iborat. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling