Rahbar mulohazasi


Download 30.5 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi30.5 Kb.
#1615544
Bog'liq
Рахбар мулохазаси


5330500 – “Kompyuter injiniringi (AT-Servis)” mutaxasisligining bitiruvchisi, 916-18 guruh talabasi Ollaberganov Akmal Ikramovich “Tashkilotning tijorat shartnomalarini shakllantirish va hisobga olish axborot tizimini ishlab chiqish”mavzusidagi bakalavrlik bitiruv malakaviy ishiga
RAHBAR MULOHAZASI
Yuqori su’ratlarda o`sib borayotgan texnologiya sohalari, bizni, ko`proq dasturiy ta`minotlar hamda, yangi algoritmlar ustida ilmiy ishlar olib borishga undab kelmoqda. Dunyoning rivojlangan davlatlaridagi deyarli barcha oliy ta`lim o`quv muassasalarida axborot texnologiyalar sohasiga juda katta e`tibor qaratilmoqda.
Ollaberganov Akmal bitiruv malakaviy ishida quyidagi ishlarni bajardi: Tashkilotning tijorat shartnomalarini shakllantirish va hisobga olish axborot tizimini ishlab chiqish jarayonida, bir nechta tashkilotlarning tuzilmasini o’rgangan holda axborot tizimini yaratib chiqdi.
Asosiy qismda “HTML,CSS”,“JavaScript yordamida sayt ishini boshqarish.”, “Python Django tillari orqali ma’lumotlar bazasini boshqarish” mavzusida axborot tizim yaratish usullarini o‘rganib chiqdi. Ushbu axborot tizim yaratish usullarini o‘rganishda zаmonаviy dasturlash tenologiyаlаridаn foydаlаndi.
Bitiruv ishi ustida ishlash mobaynida Ollaberganov.A o‘zining mehnat sevarligi, yuqori darajadagi intizomi, yetarlicha kasbiy tayyorgarlikka ega ekanligini ko‘rsatdi va oldiga qo‘yilgan vazifani to‘la bajardi.
Ollaberganov Akmalning bitiruv malakaviy ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bitiruv malakaviy ishlarga qo‘yilgan barcha talablarni qanoatlantiradi. Bitiruv malakaviy ishini himoyaga tavsiya qilaman.
TATU UF “Axborot xavfsizligi va ta’lim texnologiyalari”
kafedrasi katta o‘qituvchisi Adinayev. X
Download 30.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling