Rahbarlik qilish
Download 13.53 Kb.
|
Amaliy1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qanoatlilik
Xushxulqlilik - bunday rahbar inson go’zalligining asosi uning chiroyli xulqida ekanligini, aynan xushxulqlik insonni ulug’likka olib borishini, yoqimli xulq egasidan barcha katta-kichik xursand bo’lishini, bunday xulq egasiga boshqalarni xursand qilishdan tashqari, o’zi ham doimo xursand yurishini, boshqalardan esa o’ziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi.
Qanoatlilik - bunday rahbar qanoatsizlikdan keladigan ofatlarni, ya'ni nafs balosi, hasad, xudbinlik, baxillik, tamagirlik kabilarni yaxshi anglaydi. Ular nafs balosi odamni har kuyga solishini, nafsini tiygan hurmat-izzat topishini va bexavotir yashashini, qanoatni esa izzatning asosi, o’lmaydigan boqiy xazina, qurimaydigan daraxt, zavol topmaydigan mulk ekanligini yaxshi tushunishadi. Obro’ - bu hamma tomonidan tan olingan hamda mehnat evaziga orttirilgan, rahbar uchun zarur ishonch va qalqondir. Ayni paytda har bir rahbar o’zidan yuqori turuvchi rahbarlar oldida ham, o’ziga bo’ysinuvchi xodimlar oldida ham, o’zi bilan huquqi teng boshqa rahbarlar oldida ham obro’ga ega bo’lishi lozim. Rahbar yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilmas ekan u o’z rahbarlik usulida salbiy hodisalarga yo’l qo’yishi, pirovardida esa o’z obro’yini ketkazishi va el nazaridan qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Download 13.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling