Rahbar turlari
Rahbarlik uslubi belgisi va bo’yisinuvchilarga nisbatan munosabatga qarab barcha rahbarlarni quyidagi uch turga bo’lish mumkin.
Rahbarlik uslubga qarab rahbarlarning turlarga bo’linishi
Avtokratik rahbarlar
|
*Bunday turdagi rahbar:
buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag’batlantirishda jamoa fikirini hisobga olmaydi;
o’zini jamoadan uzoq tutadi; jamoa a’zolarini bevosita muloqatda bo’lishini chegaralab qo’yadi;
o’zining noo’rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi;
o’ziga bo’ysinuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi ko’radi;
muttasil buyruq berishga, hammani o’z istaklariga so’zsiz bo’isindirishga intiladi;
ko’p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo’isinuvchilari bilan muomilada bo’lganda uning rahbarlik g’ururi balandligi, uzini katta tutish sezilib turadi;
o’ziga bo’isynuvchilari oldida qovog’i solingan kayfiyatda bo’ladi.
Xullas, avtokratik rahbar o’ziga bino qo’igan, dimog’dor, o’z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini o’tkazishga intiladigan kishilardan etishib chiqadi.
Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa o’sha erda dag’allik, takabburlik, tazyiq o’tkazish, majbur qilish kabi o’ta salbiy holatlar avj oladi.
Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan, yomon deb bo’lmaydi. Ba’zi bir hollarda bo’ysinuvchilarning madaniy darajasi, axloqi pastligi sababli avtokratik uslubini tanlab olish ham ish berib holishi mumkin.
|
Liberal rahbar
|
*Bunday turdagi rahbar:
idorasiz, tashabbussiz bo’ladi;
o’z zimmasiga mas’uliyat olishni yoqtirmaydi;
ishni o’z holiga tashlab qo’yadi;
idoraga nisbatan qat’iy bo’lishdan hayiqadi;
o’zini haddan tashqari ehtiyot qiladi;
biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;
talabchan emas, sust nazorat qiladi;
suiste’mollarga bevosita yo’l qo’yilsa ham o’zini bilmaslikka soladi;
Bunday rahbar tashqaridan ko’rsatiladigan ta’sirga moyilligi bilan ko’zga tashlanib turadi.
|
Demokratik rahbar
|
*Bunday turdagi rahbar:
boshqarish funktsiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi;
ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi; ularning bildirgan fikriga quloq soladi; ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga oladi;
barcha bilan barobar va samimiy munosobatda bo’ladi, ustunligini bildirmaydi;
buyruq berish yo’li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;
buyruq rahbarlik uslubi bo’isinuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o’rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.
|
Qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. Hayotda har bir rahbarning ish uslubi har hil bo’ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq sezilib turadi. Turli hil ishlab chiqarish vaziyatlarida har xil xodimga nisbatan rahbarlikning ijobiy tomonlaridan foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolga qarab ish tutishi va buysinuvchilarning o’ziga hos shaxsiy xislatlarni hisobga olib muomala qilishi kerak.
Har bir boshqaruv uslubning samarodarligini baholash uchun amerikalik olim L. Laykert qo’idagi koeffetsientni hisoblashni taklif qilgan:
bu erda, -avtokratik –liberallik koeffitsienti
EIU- rahbarlik uslubdagi ishontirish unsurlari yig’indisi;
EMQU- rahbarlik uslubdagi majbur qilish unsurlari yig’indisi
R.Laikertning fikricha bu nisbat 1,9 ni tashkil qilishi lozim. Boshqacha qilib aitganda rahbarlik uslubida rahbar ishontirish unsurlarini majbur qilish unsurlaridan taxminan ikki barovar ko’proq qo’llagandagina uning rahbarlik uslubi optimal, maqsadga muvofiq, samarali bo’lgan hisoblanadi.
Umuman olganda har uchala turdagi rahbarlikning boshqarish funktsiyalarini bajarishdagi va ijtimoi munosabatlardagi o’ziga xos xususiyatlarni qo’idagi jadvalda umumlashtirib ko’rsatish mumkin.
Har uchala rahbarlik turi o’rtasida mutanosiblik mavjud bo’lib aniq sharoitlarda birining salmog’i oshishi bilan boshqasining salmog’i kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |