Rahimova dinara


Download 320.5 Kb.
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi320.5 Kb.
#1329066
1   2   3   4
Bog'liq
Alisher Navoiy

4.“Faqirning nazmlari Xurosonda shuhrat tutib erdi -4 - Navoiy Lutfiy bilan uchrashgan vaqt nazarda tutilgan.

Bu lavozimda Navoiy el-ulus manfaati, shahar va mamlakat obodonchiligi, madaniyat ravnaqi, adolat tantanasi uchun foydalanadiki, bularning barchasi oqibat natijada Sulton Husayn davlatining barqarorligi va nufuzini taʼminlaydi. Hirot bu davrda nihoyatda koʻrkamlashdi, xalq turmushi yaxshilandi, sheʼriyat, nafis sanʼatlar rivoj oldi. Talabalar uchun “Ixlosiya” madrasasi, darveshlar uchun “Xalosiya” xonaqohi, bemorlar uchun “Shifoiya” shifoxonasi, masjidi Jome yoniga Qorixona (“Dor ul-huffoz”) qurildi. Ulugʻ amirning kutubxonasida 70 dan ortiq xattot va musavvirlar qoʻlyozmalarni oqqa koʻchirish, ularni badiiy bezash bilan band edilar.


Hirotda yana “Nizomiya”, Marvda “Xusraviya” va boshqa madrasalar bino etildi. Navoiy madrasa, shifoxonalar qurdirib qoʻya qolmasdan, ularni kerakli darajada jihozlash, oʻz-oʻzini taʼminlash uchun vaqf yerlar ajratib berish, mudarrislar, tabiblar va boshqa xodimlar bilan taʼminlash, ularga oylik maosh, ozuqa, kiyim-bosh belgilashgacha, talabalar nafaqasi va kitoblarigacha – barcha-barchasini mukammal boshqarib, tashkil etib berar edi va oʻzi doimo xabar olib, nazorat qilib turishni ham unutmasdi. Binolar qurilishi tarhi bilan bevosita shugʻullanar, usta va shogirdlar mehnatidan boxabar boʻlib turardi. Shoir oʻz huzuriga tez-tez sheʼr, ilm va sanʼat ahlini chorlab, maʼrifiy suhbatlar uyushtirib turar, yosh isteʼdodlarni tarbiyat qilib, ularga sharoit yaratardi. Xondamir, Behzod, Vosifiy va oʻnlab ushbu tarbiyatga noil boʻlgan isteʼdod egalari shular jumlasidandir.
Shu davr ichida Alisher Navoiy oʻz qoʻli bilan birinchi devoni “Badoyi ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”)5 tuzdi. Bu devonga uning yoshlik va yigitlik paytlarida yozgan 800 dan ortiq sheʼrlari jamlangan boʻlib, shoir ijodiy kamolotining birinchi bosqichini aks ettiradi. Alisher Navoiyga bagʻishlangan tarixiy va ilmiy asarlarda batafsil tavsif qilinishicha, 1469–1481 yillar Alisher Navoiyning ijtimoiy hayot va obodonchilik borasidagi eng faol xizmat koʻrsatgan yillari boʻlgan.
Shoir 1481 yili “Vaqfiya” asarini yozib, unda oʻzining binokorlik va xayriya ishlariga yakun yasab, oʻz-oʻziga hisob bergan.
Navoiy dehqonchilik ishlarini yoʻlga qoʻyib, juda yaxshi natijalarga erishgan. Tarixchilarning yozishicha, Navoiyning bir kunlik daromadi 18 ming shohruxiy dinor mikdorida edi. Ulugʻ Amir bu daromadning koʻp qismini xayrli ishlarga sarf qilgan. Tarixchi Xondamir Navoiy qurgan 52 rabot, 20 hovuz, 16 koʻprik, bir qancha toʻgʻon, ariq, hammom, masjid-madrasalarni eslaydi. Navoiy turli soha olimlariga homiylik qilib, oʻnlab ilmiy risolalar bitilishiga bevosita sababchi boʻlgan.
5.(“Badiiylik ibtidosi”)5- Navoiyning birinchi devoni
1483 yildan Alisher Navoiy oʻzining buyuk “Xamsa” asarini yozishga kirishdi va uni uch yilda tugalladi. Besh dostonni oʻz ichiga olgan bu ulkan badiiy qomus 50 ming misradan oshiq boʻlib, Navoiyning barcha sheʼriy merosining deyarli yarmini tashkil qiladi. “Xamsa” – Alisher Navoiy ijodining qalbidir. Fors tilidagi birinchi “Xamsa” buyuk shoir Nizomiy Ganjaviy (1141–1209) tomonidan yaratildi. Shoir hech bir oʻrinda oʻzining “Xamsa” yozganligini qayd etmaydi. Nizomiy vafotidan 100 yil oʻtib, Hindistonda tugʻilib oʻsgan forsiyzabon turk oʻgʻloni Xusrav Dehlaviy Nizomiy “Xamsa”siga birinchi boʻlib tatabbu yozadi va “xamsachilik” anʼanasini boshlab beradi. Dehlaviy “Xamsa”si Nizomiyga ajoyib sharh va undagi mazmunlarning yangicha talqini sifatida oʻzining ham, salafining ham shuhratini olamga yoydi. Keyingi XIV–XV asrlar mintaqa maʼnaviyati “Xamsa” anʼanasi taʼsirida rivoj oldi, shoirning salohiyati va iqtidori hech boʻlmaganida “Xamsa”ning bir dostoniga munosib javob yoza bilish bilan oʻlchanadigan boʻldi. Bu jahon maʼnaviyati tarixida betakror hodisadir. Turkiy adabiyotda Qutb va Haydar Xorazmiylar boshlab bergan “xamsachilik” anʼanasi oʻzining kamolini Alisher Navoiy ijodida topdi.
Islom aqidalariga koʻra bir kecha-kunduzda oʻqiladigan besh vaqt namoz “al-Xamsatu” deyiladi, dinimizning besh ustuni (rukni) ham – tavhid6 (imon), namoz, roʻza, zakot, haj – oʻziga xos “Xamsa” (beshlik)ni tashkil etadi. Demak, Nizomiy dostonlarini “Xamsa” turkumi sifatida talqin etilishi, unga Amir Xusrav va Navoiy javoblari bejiz emas. Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonining muqaddima qismida bu masalaga maxsus toʻxtalib, “Xamsa”ning har bir dostoni yozilishini kunning maʼlum vaqtlarida oʻqiladigan sahar, peshin, asr, shom va xufton namozlari bilan qiyos etadi hamda “Xamsa”ni buyuk togʻ choʻqqisiga koʻtarilish mobaynida besh oʻrinda toʻxtab, nafasni rostlash uchun bino etilgan besh oromgohga oʻxshatadi.
Navoiy oʻz “Xamsa”sini yaratishga 1483 yilda kirishgan boʻlsa, uning birinchi dostoni “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”)ni oʻsha yili yozib tugatdi. 1484 yilda “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabʼai sayyor” (“Yetti sayyor”), 1485 yilda “Saddi Iskandariy (“Iskandar devori”) dostonini poyoniga yetkazdi. Shoir oʻz “Xamsa”siga kiritilgan dostonlarda oʻsha davr uchun muhim boʻlgan muammolarni qoʻydi, mutafakkir sifatida ilgʻor qarashlarni ilgari surdi, oʻzbek tilining qudratini olamga namoyish etdi.
6.Tavhid6 - imon
Navoiyning turkiycha “Xamsa”sining yaratilishi XV asrda Xuroson eli uchun favqulodda shodumonlik va saodat sifatida qabul qilindi. Davrning ikki qutbi – maʼnaviyat piri Jomiy va buyuk sulton Husayn Boyqaroning hayrati va yuksak eʼtirofi ushbu haqiqatga dalildir. Navoiy shu yillar orasida ikkinchi devoni – “Navodir un-nihoya” (“Behad nodirliklar”)ni tuzishga kirishdi. Mutafakkir adib tarixiy haqiqatga ham muayyan izchilliqda oʻz munosabatini bildirib oʻtishni insof yuzasidan lozim topdi va “Zubdat ut-tavorix” (“Tarixlar qaymogʻi”) asarini yozib tugatdi. 1487 yili qishda Navoiy Astrobod hokimi etib tayinlandi. Boshqa bek va amirlar uchun sharafli hisoblanishi joiz boʻlgan bu martaba Amir Alisherning nozik tabiati uchun muayyan darajada ozorli boʻldi. Ammo shoh hukmi vojib, Amiri Kabir oʻlkaning hassos bir xududini muhofaza va obod qilish niyatida joʻnab ketdi. Astrobodda Navoiyning ikki yil chamasi hokimligi bu shahar ahli uchun saodatli, Boyqaro saltanati uchun xayrli boʻldi.
Bu orada birin-ketin Navoiyning eng yaqin ustoz va musohiblari hayotdan koʻz yumdilar. 1488 yili Sayid Hasan Ardasher, 1492 yili Abdurahmon Jomiy, 1493 yili Pahlavon Muhammad vafot etdi. Navoiy ustozlari xotirasiga “Holoti Sayid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Xamsat ul-mutahayyirin” (“Besh hayrat”)7 asarlarini shu yillar ichida yozib tugalladi.
Bu asarlarida oʻsha davr voqeligiga oid qimmatli maʼlumotlar bilan birga Navoiy yaratgan yangi badiiy olamning nazariy asoslariga oid bir qator dalil va mulohazalar ham bayon etilgan. Shu yillarda yana Navoiy davr shuarosi xususida “Majolis un-nafois” va Islom maʼnaviyatining buyuk siymolari, xususan, turk, fors, hind mashoyixlari tarixiga oid “Nasoim ul-muhabbat” (“Muhabbat shabbodasi”) risolalarini yozadi. Bu asarlar nihoyatda muhim manba boʻlib, oʻsha davr maʼnaviyatining jonli siymolaridan mingga yaqin kishi haqida qimmatli maʼlumotlarni oʻzida jam etgan.
Bundan tashqari nafaqat tasavvuf irfoni va adabiyoti, balki Islom davri maʼnaviyatining boshqa muhim jihatlari haqida ham koʻplab nazariy mulohazalar ushbu asarlar qatidan joy olgan boʻlib, ularni mufassal tadqiq etish milliy maʼnaviyatimizni xolis anglab yetishda bugungi avlodlar uchun benazir manba va asos boʻlib xizmat etadi.
1492 yilda aruz ilmiga bagʻishlangan “Mezon ul-avzon” (Vaznlar oʻlchovi”) risolasi yozildi va shoir oʻz lirik ijodini qayta taqsimlab, yangi devonlar majmui – “Xazoyin ul-maoniy” (“Maʼnolar xazinasi”)ni yaratish ishiga astoydil kirishdi.
7.(“Besh hayrat”)7 - Navoiyning tarixiy asarlari
“Chor devon” nomi bilan shuhrat qozongan bu buyuk majmua 45 ming misraga yaqin turli janrlardagi kichik va oʻrta hajmli sheʼrlarni oʻzida jamlagan boʻlib, “Gʻaroyib us-sigʻar” (“Bolalik ajoyibotlari”), “Navodir ush-shabob” (“Yigitlik davri nodirliklari”), “Badoyeʼ ul-vasat” (“Oʻrta yosh kashfiyotlari”), “Favoyid ul-kibor” (“Keksalikdagi foydali mulohazalar”) nomlari bilan ataladi. Bu toʻrt jiddda 16 janrga oid 3000 dan ortiq sheʼr boʻlib, ularda 2600 gʻazal, 210 qitʼa, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo va boshqalar mavjud. “Xazoyin ul-maoniy”ga oldingi ikki alohida devondagi sheʼrlarning deyarli barchasi kirgan boʻlib, keyin yaratilgan 1400 ga yaqin yangi asarlar qoʻshilgan.
Bu turkiy tilda yozilgan asarlari, dostonlari, sheʼrlaridan tashqari Navoiy fors tilida ham 12 ming misradan oshiq sheʼr, muammo janri haqida “Mufradot” risolasini, “Sittayi zaruriya”, “Fusuli arbaa”8 turkum qissalarini yozdi, “Foniy” taxallusi bilan alohida devon tuzdi. Ushbu asarlar Xoqoniy, Amir Xusrav, Saʼdiy, Hofiz, Kamol Xoʻjandiy, Jomiy kabi fors adabiyotining mumtoz namoyandalari bilan ijodiy bahsda tugʻilgan boʻlib, ham badiiy ifoda, ham mazmuniy teranlikda salaflar bilan teng qudrat namoyish etadi.
Navoiy 1498 yilda “Lison ut-tayr”, 1499 yilda “Muhokamat ul-lugʻatayn”, 1500 yili “Mahbub ul-qulub” asarlarini yozdi. Bu uch asar buyuk shoir va mutafakkir ijodining avj nuqtalari edi. Adib “Muhokamat ul-lugʻatayn”da oʻzining butun ijodiy yoʻlini sarhisob qilib, turkiy tiddagi sheʼriyatning qudratini taʼkidlagan. Unda, jumladan, quyidagi maʼlumot bor: “Chun “Lison ut-tayr” ilhomi bila tarannum tuzupmen, qush tili ishorati bila haqiqat asrorini majoz suratida koʻrguzupmen”.
Alisher Navoiy goʻdaklik chogʻlaridan tasavvuf sheʼriyatining ustodi Farididdin Attor yaratgan “Mantiq ut-tayr” asariga mehr qoʻygani bizga maʼlum. Umrining oxirida ushbu asarga tatabbu – javob yozar ekan, oʻzining shungacha yozgan barcha asarlariga falsafiy yakun yasaydi.
Attor asari Borliqning yagona mohiyati haqida, Haq asrori va inson uchun uni anglab yetish imkon darajasi haqida edi. “Lison ut-tayr” mazmuni “Mantiq ut-tayr”ga zid yoki undagi fikrlarning takrori ham emas, balki yangi tarixiy-maʼnaviy bosqichdagi sharhi, talqinidir. Attorning qushlar tilidan yozilgan dostonida irfoniy ehtiros nihoyatda joʻshqindir. Navoiy esa bosiq voqeaband tasvirga urgʻu beradi, qushlar sarguzashtida va ichki hikoyalarda hayotiylikni kuchaytiradi.
8.“Fusuli arbaa”8 - Navoiyning fors tilida yozgan asari
Bu bejiz emas. Oxirgi xulosada Navoiy salafiga qaraganda olgʻa ketadi, masala mohiyatini teranroq his qiladi va badiiy tasvirni ham shunga munosib yaratadi. Nihoyat Navoiy oxirgi asari – “Mahbub ul-qulub” (“Koʻngillarning sevgani”) risolasida barcha savollarga yana oʻzi javob bergan. Bu asar tom maʼnoda ijtimoiy-falsafiy va axloqiy gʻoyalarga toʻliq boʻlib, XV asrda mavjud boʻlgan barcha ijtimoiy toifalar mohiyati mufassal ochib berilgan, ijtimoiy va axloqiy hodisalarning oʻzaro bogʻliqligi, yaxlitligi ishonarli taʼkidlangan. Bu asar turli aforizm, maqol va matnlarga boy boʻlib, xalq orasida juda keng tarqalgan. Alisher Navoiy oʻzi va salaflari – Nizomiy, Dehlaviy, Hofiz, Iroqiy va boshqalar yaratgan mustaqil badiiy tafakkur tarzini “majoz tariqi” deb nomladi va unda Haq asrori “majoz suvratinda” aks etishini taʼkidlagan. Bu Borliqni oʻziga xos idrok etish tarzi Naqshbandiyaning “Dil ba yoru dast ba kor” qoidasiga muvofiq boʻlib, unda ibrat, ilm, irfon va amal bir nuqtada birlashar va yangi dunyoga koʻz ochardi. Tavhid taʼlimoti va eʼtiqodini idrok etishning eng yuqori bosqichi boʻlgan bu dunyoqarash tizimi “Xamsa” va “Lison ut-tayr” asarlarida, shoir lirikasida badiiy inʼikosini topgan.
1500 yillarga kelib shoirning hayot sharoiti qiyinlashib, sogʻligi zaiflashib qolsa-da, ijoddan toʻxtamadi. 1501 yilning boshida Navoiy kasallikdan vafot etdi. Butun Hirot xalqi oʻzining buyuk shoiri bilan xayrlashishga chiqdi va 7 kun davomida motam tutdi.
Navoiy oʻz ijodi bilan oʻzbek adabiyotining soʻnggi rivojini belgilabgina qolmay, Movarounnahr va Xurosonning butun maʼnaviy madaniyati taraqqiyotiga juda katta taʼsir koʻrsatdi. Uning asarlari, sheʼriyati qayta-qayta koʻchirilib, xalq orasida keng tarqalib, shoirlar uchun maktab vazifasini oʻtadi, madrasalarda keng oʻrganildi.
Alisher Navoiy ijodini oʻrganish, uning ilmiy tahlili boʻyicha soʻnggi yillarda qator taniqli tadqiqotchilar ish olib bordilar va bugungi kunda ham Navoiyning merosi koʻpgina olimlarimizni ilhomlantirib keladi. Hozir maktablar, xiyobonlar, koʻchalar buyuk shoirimiz nomi bilan yuritiladi. Uning nomida Oʻzbekiston Davlat mukofoti taʼsis etilgan.
Alisher Navoiy sheʼrni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham sheʼr yozishni toʻxtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga ragʻbat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Bayqaroning oʻzi unga rahnamolik qildi. Ulugʻ shoirning ilk sheʼriy devonini muxlislari tuzgan boʻlsalar, birinchi devoni — „Badoye ul-bidoya“ („Badiiylik ibtidosi“)ni 1472-1476-yillarda shohning amri va istagiga koʻra oʻzi kitob qildi. 1485-1486-yillarda ikkinchi devon — „Navodir un-nihoya“(„Nihoyasiz nodirliklar“) maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481-1482-yillarda „Vaqfiya“ asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli ishning sarfu xarajatini taʼmin qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi. Alisher Navoiyning eng katta orzusi doston yozish, birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141-1209) dan keyin shoirlik qudtarining mezoniga aylanib qolgan „Xamsa“ yaratish edi. Nizomiyning „Panj ganj“ nomi bilan tarixga kirgan „Xamsa“si 5 masnaviydan tashkil topgan edi: „Maxzan ul — asror“(„Sirlar xazinas“), „Xusrav va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Hayf paykar“(„Yetti goʻzal“), „Iskandarnoma“. Yuz yildan keyin unga Xusrav Dehlaviy (1253-1325) javob qildi. U oʻz dostonlarini „Matla ul-anvor“ („Nurlar boshlanishi“), „Shirin va Xusrav“, „Majnun va Layli“, „Hasht behisht“(„Sakkiz jannat“), „Oynayi Iskandariy“ (Iskandar oyinasi) deb ataladi. Lekin bular hammasi forsiy tilda yozildi. Ulardan forslar, shu tilni bilganlargina bahramand boʻldilar. Oʻz xalqining shunday hazinadan bebahra qolishi Navoiyni qiynadi. Navoiy maslahatga ustozi Abdurahmon Jomiy huzuriga boradi. Jomiy Navoiyni bu ishga tezlikda kirishishga undaydi, uning oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonchini mustahkamlaydi. Navoiy besh dostonni ikki yilda tamomlaydi. 1483-yilda oʻz „Xamsa“sini yoza boshlab, 1485-yilning boshida yugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba „Xamsa“ yaratiladi. Olimu fuzalo — barcha bu hodisani zoʻr olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin Vosifiyning „Badoyeʼ ul-vaqoe“sidan9: "Shoh Navoiyga: „Bir mojaro Siz bilan bizning oramizdan koʻpdan hal boʻlmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik“, deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi boʻlishini koʻpdan orzu qilar va uni „pirim“ deb atar edi.
Alisher esa har gal: „Yo Ollo, yo Ollo, bu qanday gap boʻldi! Aslida — biz muridmiz, siz — hammasiga pirsiz“, der edi. Endi Sulton Husayn Alisherdan soʻradi: — Pir nima-yu, murid nima?
Alisher javob berdi:

  • Pirning tilagi — muridning tilagi boʻlishi kerak.

  • Shunda Sulton Husayn oʻzining oq otini olib kelishni buyuradi. Ot juda asov, chopagʻon edi.

Sulton Husayn aytdi:

  • Siz pir, men murid boʻladigan boʻlsam, Siz shu otga minasiz, men uni yetaklayman.

Alisher noiloj otga minishga majbur boʻladi. Ot gʻoyat asov boʻlib, shohdan boshqani oʻziga yaqinlashtirmas edi. Alisher oyogʻini uzangiga qoʻyishi bilan ot tipirchilay boshladi, Sulton Husayn otiga oʻshqirdi, ot itoat qilib, Alisherning minishini kutdi. Alisher egariga oʻtirishi bilan Sulton Husayn otining jilovidan ushlab yetaklay boshladi. Alisher hushidan ketdi. Uni egardan koʻtarib oldilar. Tarihda bunday hol koʻrilmagan edi. Hech bir zamonda shoh shoirga jilovdorlik qilmas edi. 1480-1490-yillar Navoiy uchun badiiy ijodda samarali davr boʻldi. Shoir „Xamsa“ dan keyin koʻp oʻtmay, ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi.

8. Zayniddin Vosifiyning „Badoyeʼ ul-vaqoe“sidan9 – tarixiy shaxs nomi


U 1488-yilda yozgan „Tarixi mulki ajam“ („Ajam shohlar tarixi“) shularning biri edi. Bu asar „Muhokamat ul-lugʻatayn“da „Zubdat ut-tavoxir“(„Tarixlar qaymogʻi“) deb ham ataladi. 1480-yillarning oxiri, 1490-yillarning boshida Navoiyning yaqin doʻstlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy (1492), Pahlavon Muhammad (1493) ketma-ket vafot etdilar. Navoiy ularga bagʻishlab „Holoti Sayyid Hasan Ardasher“, „Xamsat ul-mutahayyirin“, „Holoti Pahlavon Muhammad“ asarlarini yozadi. Bu asarlar nasriy boʻlib, shoirning bu ulugʻ zamondoshlari haqidagi memuar xotiralaridan tashkil topgan edi. 1491-yilda muammo janriga bagʻishlangan „Risolayi muammo“ (ikkinchi nomi „Mufradot“) risolasini yozi. Navoiy zamonasida muammo janri keng tarqalgan boʻlsa — da, asosan, fors tilida yozilar edi. Navoiy oʻzbek tilida muammo yozgan ilk oʻzbek shoirlaridan boʻldi. „Xazoyin ul-maoniy“ga uning 52 muamosi kiritilgan. Shoirning fors tilidagi muammolarini esa 500 chamalaydilar. Navoiyning 1490-yillardagi eng katta xizmatlaridan biri „Xazoin ul maoniy“ („Maʼnolar xazinasi“)ni tuzish boʻldi. 1492-1498-yillarda tartib qilingan 4 qism devondan iborat bu ulkan sheʼriy kulliyot shoirning turkiy tilda yozilgan deyarli barcha lirik sheʼrlarini qamrab olgan edi. Shoir 7-8 yoshidan 20 yoshigacha boʻlgan davrni umrining navbahori hisobladi va shu davr devonini „Gʻaroyib us-sigʻar“(„Yoshlik gʻaroyibotlari“) deb atadi.

Download 320.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling