Rahimova dinara
Hayotining soʻnggi yillari
Download 320.5 Kb.
|
Alisher Navoiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nashr qilingan asarlari
Hayotining soʻnggi yillariAlisher Navoiy xaykali, Samarqand 1490-yillarning boshidagi ogʻir yoʻqotishlar, ayniqsa, 40 yillik qadrdoni Pahlavon Muhammad bilan ustozi Jomiydan judo boʻlish Navoiyga qattiq taʼsir etdi. Buning ustiga saroyda Xadichbegim Nizomulmulk bilan mulk va mansab ishtiyoqida yangi-yangi fitnalar toʻqiydi. Shu fitnalar natijalaridan biri pok qalbli barcha kishilarni larzaga solib, mamlakatni halokat yoqasiga keltirib qoʻyadi. Bu-Moʻmin Mirzoning oʻz bobosi farmoni bilan qatl qilinishi edi. 1489-yilda Navoiy Hirotga qaytgach oʻrniga Astrobod hokimi qilib Badiuzzamon tayinlagan edi. Bu orada Balxda Darveshali qoʻzgʻoloni boshlanadi. Husayn Bayqaro Navoiyni olib, Balxga joʻnaydi. Darveshali bilan sulh tuziladi, lekin Hisorda Abusaidning oʻgʻli Sulton Mahmud Husayn Bayqaroga qarshi kurash boshlaydi. Shoh Navoiyni Balxda qoldirib, oʻgʻli Badiuzzamonni olib Hirotga otlanadi. U bilan ham murosaga kelishib, orqaga qaytadi va Balxni Badiuzzamon tasaruffiga beradi. Badiuzzamon oʻgʻli — 13 yoshli Moʻmin Mirzoni Astrobodda qoldirib Balxga keladi. Xadichbegim Nizomulkmulk bilan birgalikda Astrobodga Muzaffar Mirzoni hokim qilib tayinlashga erishadilar. Husayn Bayqaro va Badiuzzamon oʻrtasidagi munosabat yomonlashadi. Badiuzzamon Moʻmin Mirzoga Muzaffar Mirzoni shaharga kiritmaslikka buyuruq beradi. Shoh tezda Navoiyni Balxga yuboradi. Navoiy ota va oʻgʻil orasiga tushib, ularni yarashtiradi. Biroq huddi shu paytda Husayn Bayqaroning Badiuzzamonni qoʻlga tushirish va qamoqqa olish haqidagi Balxga, shahar qutloviga yoʻllagan yashirin farmoni maʼlum boʻlib qoladi. Yarash yana urushga aylanadi. Alisher Navoiy maqbarasi tolibonlar xujumigacha, Hirot, 1976-yil. Navoiy voqeani bunday izga kirib ketganidan qattiq iztirob chekadi va umidsiz orqaga qaytadi. Ota-oʻgʻil urushida Badiuzzamon yengiladi. Moʻmin Mirzoni Muzaffar Mirzo asir oladi. 1499-yilda Marvda Husayn Bayqaroning yana bir oʻgʻli Abulmuhsin otasiga qarshi bosh koʻtaradi. Shoh oʻz qoʻshini bilan Marvga otlanadi. Bu paytlarda Navoiy hajga boorish orzusida edi. Mirxondning xabar berishicha, Abulmuhsin otasi bilan sulh tuzish uchun Alisherning podshoh nomidan vakil boʻlib kelishini shart qilib qoʻyadi. Navoiyga tez chopar yuboriladi. Chopar shoirga yetib, shohning maktubini topshiradi. Unda shoirning hajni keyinga qoldirib, texda Marvga yetib kelishi iltimos qilingan edi. Alisher Mashhad ulugʻlari va hamrohlari bilan maslahatlashadi. Ular mamlakatning tinchiligi uchun Alisherning hajga borishidan kechishini soʻraydilar. Alisher belgilangan joyga yetib boradi, ota-oʻgʻillarni yarashtirib, Hirotga qaytadi. 1498-yilda Alisher Navoiy „Majolis un–nafois“ni qayta koʻzdan kechirib, toʻldirdi. Shoirlar adadni 459 taga yetkazdi. Shu yili yoshligidan qalbida muhirlanib kelgan „Mantiq ut–tayr“ ga javob yozadi. „Lison ut-tayr“ Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. Buyuk shoir 1498-1499-yillarda xatlarini toʻplab, „Munshaot“ tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan boʻlib, ularning aksariyati shoirning shoh va shahzodalarga yoʻllangan. Shoirning 1500-yilning oxirlarida yozib tugatgan „Mahbub ul–qulub“ asari uning eng soʻnggi asari boʻlib qoldi. Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etadi. Butun halq — shohda gadogacha, olimdan choʻpongacha, shoirdan dehqongacha ulugʻ farzandining oʻlimiga qaygʻu va iztirob bilan motam tutadi. Alisher Navoiy lirikasi o‘rta asrlar o‘zbek lirikasining eng yuksak bosqichinin tashkil etadi. Ulug‘ shoir o‘zigacha rivojlanib kelgan lirik she’riyatni mavzu, g‘oya, vazn va badiiy uslub jihatlarini ulkan mehnat va mahorat bilan misli ko‘rilmagan darajada takomillashtirdi. Navoiy turkiy va forsiy tillarda birday mahorat bilan qalam tebratgan zabardast zullisonayn shoir edi. Ammo turkiy tilda she’r bitishda hech kim Navoiydek kamolot qozonmagan. Navoiyning “Orazin yopqach” so‘zlari bilan boshlanadigan g‘azaliga mavlono Lutfiy bergan bahodan kelib chiqadigan bo‘lsak, shoir bu davrda 14-15 yoshlarda edi. Demak, Alisher 1455-1456 — yillardayoq shoir bo‘lib yetilgan. Shoirning sakkizta devoni mavjud. Shulardan yettitasini rasmiy devon uslubida bevosita Navoiyning o‘zi tuzgan. Dastlabki devonni uning mashhur bo’lib ketgan she’rlarini jamlab shoirning zamondoshlari, muxlislari tuzgan. Alisher Navoiy o‘zi tuzgan birinchi rasmiy devonini “Badoe ul-bidoya” (Go‘zallikning boshlanishi) deb nomlagan. Ushbu devon 1469-yildan keyin, ya’ni Huayn Boyqaro saltanatni qo‘lga kiritganidan so‘ng, uning topshirig‘i bilan tuzilgan. Ikkinchi rasmiy asarini Alisher Navoiy “Navodir un-nihoya (Nihoyasiz nodirliklar) deb atadi. 1480-1487 yillar oralig‘ida tuzgan bu devoniga shoir birinchi devoni tuzilganidan keyin yozgan barcha o‘zbekcha she’rlarini kiritdi. Alisher Navoiy 1492-1498 yillar mobaynida oldingi rasmiy devonlariga kirgan va keyinchalik yaratilgan she’rlarini hamda muayyan sabablarga ko‘ra, avvalgi devonlariga kirmagan o‘zbekcha she’rlarini jamlab, to‘rt mustaqil devondan iborat lirik qulliyoti “Xazoyin ul-maoniy” (Ma’nolar xazinasi)ni yaratdi. Ushbu lirik qulliyot ulug‘ shoirning butun umri mobaynida yozgan, 16 lirik turga mansub ellik ming misradan ortiq qariyb hamma o‘zbekcha she’rlarini qamrab oldi. „Xamsa“ Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi „Xamsa“ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq „Xamsa“ yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu toʻplamni Nizomiy Ganjaviyning „Panj Ganj“ („Besh xazina“) asariga havas sifatida yozilganligini oʻquvchilarga anglatmoq maqsadida „Xamsa“ning kirish qismida: „Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasigʻa panja urmoq.“ deya taʼkid etadi. „Xamsa“ tarkibiga „Hayrat ul-abror“, „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Sabʼai sayyor“, „Saddi Iskandariy“ kabi dostonlar kiradi. "Hayratul-abror"da hamd, munojot, naʼt, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga boʻlgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, maʼrifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yoʻlida ulusdan oʻta olmaganini anglatish bilan oʻzining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi. „Farhod va Shirin“da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki oʻsha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqdiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali oʻzining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy anʼanalari yangilangan boʻlsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining oʻzak muammolarini hal etishda asosiy oʻrin tutdi va bu yoʻnalishda Ahmad rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi. „Layli va Majnun“ dostonida arab ertaklari orqali maʼlum syujet oʻzining tugal shaklini topdi, unda ishq falsafasi betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy dostonlari uchun maʼnaviy zamin boʻldi. „Xamsa“ tarkibidagi „Sabʼai sayyor“ va „Saddi Iskandariy“da shohlik bilan bogʻliq masalalarni birinchi oʻringa olib chiqdi. Bu dostonlar xamsanavislik anʼanasida oʻzining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va originalligi bilan ajralib turadi. „Xamsa“ga ustoz Abdurahmon Jomiy (1414—1492) yuqori baho berdi. OʻR FA ShI qoʻlyozmalar fondida 15-20 asrlarda koʻchirilgan 166 qoʻlyozma saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning hamma dostonlari berilgan. „Xamsa“ haqida xorijiy olimlar A.Vamberi, J.Malokolin, F.Richard, L.Vari, Y.Ekman, E.Partele; rus tadqiqotchilari I.Krachkovskiy, V.Bartold, E.Bertels, Konrad, B.Jirmunskiy, A.Yakubovskiy, A.Semyonov; turk olimlari F.Koʻprulu, A.S.Levend, K. Eraslon; ozar olimlari H. Arasli, G. Aliev; oʻzbek olimlari Fitrat, I.Sulton, V.Zohidov, A.Qayumov, T.Jalolov, Sodir Erkinov, S.Nazrullaeva, A.Abdugʻafurov, M.Hakimov, S.Hasanov v.b. ishlari maʼlum. OʻzMUda „Xamsa“ni tadqiq etish borasida B.Qosimov, B.Akrom, H.Boltaboev, A.Erkinov, D.Farmonova tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Navoiy Devonidan sahifa Navoiyning portreti. Portret Qirgʻizistonning Isfana shahridagi Alisher Navoiy oʻrta maktabining asosiy zalida uzoq yillar davomida turgan. Portret 2012-yil mahalliy qirgʻiz rasmiylarining tazyiqi ostida asosiy zaldan olib tashlangan. Mahalliy rasmiylar maktab nomini almashtirishga harakat qilishmoqda. „Tarixi muluki Ajam“ („Ajam shohlari tarixi“,1488) qisqa tarix boʻlib, Eron shohlari xronikasi bayon qilingan „Tarixi Tabariy“, „Shohnoma“ asarlarini mantiqan toʻldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning soʻnggi vakili Yazdi Shahriyorgacha boʻlgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi. „Tarixi anbiyo va hukamo“ („Paygʻambarlar va hakimlar tarixi“, 1485—1498) asarining birinchi boʻlimida „Qissasul-anbiyo“lar anʼanalarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Yaʼqub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi paygʻambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning „Hukamo zikrida“ deb nomlangan ikkinchi boʻlimida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishogʻurs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi. „Vaqfiya“ (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablagʻi evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yoʻnalishda madrasa va xonaqohlarda oʻrnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy oʻz ixtiyoridagi mablagʻlar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bogʻlarni sanab oʻtdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini oʻrganish uchun ham muhim hujjatli manbadir. Nashr qilingan asarlariAlisher Navoiy. Asarlar. 1-4 jildlar, -T.: 1963-1968; Alisher Navoiy. Xazoyinul-maoniy. -T.: 1959-60; Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami (20 jildlik), 1-6 jildlar. -T.: 1987-1992; Alisher Navoiy. Asarlar. 6-10 jildlar, -T.: 1963-1968. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami (20 jildlik), 7-12 jildlar, Toshkent, 1991-1996; Alisher Navoiy. Xamsa (Nashrga tayyorl. R.Shamsiev). -T.: 1960; Alisher Navoiy. Farhod va Shirin (nashrga tayyorl., nasriy bayon muallifi Gʻafur Gʻulom). — T.: 1956; Alisher Navoiy. Hayratul-abror. Ilmiy-tanqidiy tekst (nashr. P.Shamsiev). -T.: 1970; Alisher Navoiy. Lisonut-tayr (nasriy bayon muallifi: Sh.Sharirov). — T.: 1984; Alisher Navoiy. Lisonut-tayr. — T.: 1991; Alisher Navoiy. Nasoyimul-muhabbat. MAT. 17-jild. -T.: Fan, 2001; Alisher Navoiy. Munojot (nashrga tayyorl. S.Gʻanieva). — T.: Sharq, 1991; Alisher Navoiy. Mahbubul-qulub. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. — T.;1967; Alisher Navoiy. Xamsatul-mutahayyirin. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967; Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967; Alisher Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.;1967; Alisher Navoiy. Munshaot. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. — T.:1967 Alisher Navoiy. Majolisun-nafois. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.12. -T.: 1966; Alisher Navoiy. Muhokamatul-lugʻatayn. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.:1967; Alisher Navoiy. Mezonul-avzon. Asarlar. Oʻn besh tomlik T.14. — T.:1967; Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. — T.:1967; Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.15. — T.:1968; Alisher Navoiy. Vaqfiya. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. -T.: 1967; Alisher Navoiy. Devoni Foniy. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.5. 1-2 kitob. — T.:1966; Alisher Navoiy. Mufradot. Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.15.- T.:1968; XULOSA Butun dunyoda Alisher Navoiy ijodini keng miqyosda targ’ib etilayotgani quvonarli voqea bo’lmoqda. Shuning bilan birga Navoiy ijodining xorijda o’rganilishi yoki kengroq qilib aytganda, chet elda adabiyotshunoslik masalalariga xususan Navoiyga qiziqishi ijobiy hol.Bir jurnalda adabiyotshunos olim Aftondil Erkinov bilan suhbatni o’qigandim. Unda Navoiy ijodi o’zbek adabiyotini tadqiq qilish doirasida o’rganiladi. Xorijda shoir ijodi haqida ko’p ishlar qilingan. Xususan, Yevropa, Amerika va Sharq davlatlarida, xususan, Turkiyada bir qancha izlanishlar olib borilganki, sovet tuzumi davri va uning siyosati ta’sirida mazkur tadqiqotlar haqidagi ma’lumotlar bizgacha yetib kelmagan. Men bir necha yillar davomida ularning bir qisminigina ko’rish imkoniyatiga ega bo’ldim. Navoiy ijodi bilan shug’ullanganim uchun ularga juda qiziqaman.Masalan, 2003 yili Germaniyada “Alisher Navoiy” nomli to’plamdan Navoiy ijodi, uning shaxsiyati va Temuriylar muhiti bo’yicha nemis va ingliz tillarida yozilgan maqolalar, Barbara Kellner Xenkel`, Yurgen Paul, Klaus Shonig, Erika Tauvbe, Klaudya Romer, Mark Kirshner, Zigrid Klaynmixel va Yoaxim Girlishs kabi germaniyalik olimlarning tadqiqotlari o’rin olgan. Mazkur tadqiqotlarda Navoiyning o’z davri madaniy muhitidagi muhim o’rni ko’rsatilgan. Xorijlik mutaxassislar Navoiy ijodini u yashagan muhit, xususan, Husayn Boyqaro davri muhiti bilan bog’lab o’rganishadi. Bu davrga ular Sharq Uyg’onishi davri sifatida qarab, adabiyot, tarix, san’at, me’morchilik sohalarining rivojlanishini Navoiy faoliyati bilan bog’liqlikda ko’rishadi. Shoirning hunarmandchilik, arxitektura yodgorliklari, o’sha davrda amalga oshirilgan turli obodonchiliklarga qo’shgan hissasini, ayniqsa, yuqori baholashadi. Ular Navoiyni taraqqiyparvar, ma’rifatparvar, saxovatpesha inson sifatida yaxshi bilishadi. Ularga qiyoslaganimizda, bizdagi navoiyshunoslik shoir asarlari matni tahliliga ko’proq ahamiyat berishi bilan ulardan ajralib turadi, deyish mumkin. Navoiy ijodi bo’yicha tadqiqot olib borayotgan olimalardan biri kanadalik olima Mariya Sabtelnidir. U 1979 yilda Garvard universitetida “Husayn Boyqaro saroyidagi adabiy muhit va uning siyosiy xususiyati” degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Keyinchalik olima Navoiy ijodi bo’yicha bir qancha maqolalar yozgan. Mana shu maqolalar va Temuriylar davridagi adabiyot va san’atga doir barcha materiallarini to’plab, 2007 yili Niderlandiyada “Temuriylar o’tish davrida” degan kitob chiqargan. Xulosa o’rnida, sizga taqdim etayotgan mazkur kitobimga Navoiyning hali ochilmagan qirralarini kashf qilib, ushbu ijodiy ishimni yanada boyitishni niyat qildim. Mazkur kitobim, meni Navoiyshunoslikka qo’ygan ilk qadamim, birinchi ijodiy ishim. Ijodiy ishimdagi ba’zi kamchiliklar uchun oldindan uzr so’rayman. Download 320.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling