Tog’ oldi mintaqa. Bu mintaqa nam bilan taminlangan dengiz sathidan
750-900 metr balandlikda joylashgan. Yillik yog’in miqdori 350-400 mm dan
ko’proq bo’lib, suv eroziyasiga uchragan maydonlar 50-60 foizni tashkil etadi.
Bu lalmikor mintaqaga Ohangaron, Bo’stonliq (janubiy-sharqiy qismi), Parkent
(g’arbiy qismi), Yangiobod, Zomin, Forish (janubiy qismi), Baxmal (shimoliy-
sharqiy qismi), Kattaqo’rg’on (sharqiy qismi), Qo’shrabot (markaziy qismi),
Nurota (janubiy qismi), Dehqonobod (tog’oldi qismlari), Qamashi (sharqiy va
janubiy qismlari), Kitob (janubiy-g’arbiy qismlari) va Chiroqchi (markaziy va
sharqiy qismlari) tumanlari kiradi. Tog’ oldi va tog’li mintaqalari yog’in-
sochin ko’p yog’ishi, nisbatan temperaturasi pastligi, havoning nisbiy namligi
qulayligi bilan boshqa mintaqalardan ajralib turadi. Ana shu o’ziga xos
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
21
xususiyat tufayli tog’lik tumanlarda o’simlik suv bilan yaxshi taminlanadi,
demak qurg’oqchilik va garmsel xavfi kam bo’ladi. Shu bilan birga bu
mintaqada o’suv davrining ikkinchi yarmi ham qulay gidrotermik sharoitda
o’tadi, bu o’z navbatida lalmikor mintaqadan boshqa yerlardagiga nisbatan
ko’proq hosil olish imkonini beradi. Binobarin, respublika g’allakorligida tog’
oldi va tog’lik mintaqalar doimo barqaror hosil beradigan ishonchli g’alla koni
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |