Рахманов Лалми ?ат бу? экиш муд doc


 Ekinzorni parvarish qilish


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/37
Sana08.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#252597
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
Bog'liq
lalmikorlikda qattiq bugdoy navlari don hosili va sifatiga ekish

2.2.6. Ekinzorni parvarish qilish 

  

Kuzgi  bug’doy  parvarishida  uni  oziqlantirish,  erta  bahorda  boronalash, 



xatosiga  urug’  ekish,  begona  o’tlarga,  kasallik  va  zararkunandalarga  qarshi 

kurash, qor, yomg’ir suvlarini tutib qolish, yuqori nav tozaligini saqlash hamda 

boshqa tadbirlar kiradi. 

 

Boronalash.  Lalmi  yerlarda  begona  o’tlarga  qarshi  kurashda  g’alla 

ekinlari  yoppasiga  tuplash  davriga  kirgan  va  tuproq  yetilgan  paytda  o’rtacha 

tishli  boronalar  bilan  boronalash  yaxshi  natija  beradi.  Bu  agrotexnik  tadbir 

g’allaning  ekish  yo’nalishiga  nisbatan  ko’ndalang  yoki  unga  nisbatan  o’tkir 

burchak  yo’nalishida  (dioganal)  olib  boriladi.  Bu  usul  bilan  60-70  foiz  begona 

o’tlarni yo’qotish mumkin. Tajriba natijalariga ko’ra, kungildagidek o’tkazilgan 

boronalash  o’simlikning  yashash  sharoitini  yaxshilaganligi  sababli  kuzgi 

bug’doy hosilini 8-27 foiz oshgan. 

 

O’t  bosmagan,  mayin  tuproqli  paykallar  boronalanmasa  ham  bo’ladi.



 

Boronalash evaziga olinadigan qo’shimcha hosil gektar boshiga 1,5-2,0 va 

undan ortiq sentnergacha boradi.  

 

Kuzgi bug’doy bahorda oziqlantirish oldidan 24BZTX-1,0 boronasi bilan 



boronalanadi. Bunda o’g’itlar tuproqqa yaxshi ko’miladi.  

 

Tuproq  zichlanib  qolgan  yeralarda  boronalash  bilan  qo’shimcha  urug’ 



ekilganda eng ko’p samara ko’rilgan.  


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling