Рахманов Лалми ?ат бу? экиш муд doc
Bug’doyning kasalliklari va zararkunandalari hamda ularga qarshi
Download 0,52 Mb. Pdf ko'rish
|
lalmikorlikda qattiq bugdoy navlari don hosili va sifatiga ekish
Bug’doyning kasalliklari va zararkunandalari hamda ularga qarshi
kurash chora-tadbirlari. Bug’doyzorlarda turli kasalliklar va zararkunandalar bug’doy don hosilini va don sifatini sezilarli darajada kamaytiradi . Bug’doyzorlarni kasalliklar va zararkunandalar bilan zararlanishiga almashlab ekishlarning o’zlashtirilishi, yetishtirish texnologiyasi, navlarning kasalliklar, zararkunandalarga chidamliligi, o’simliklarni himoya qilishda qo’llanilgan chora-tadbirlar majmuasiga bog’liq. Respublikamiz sharoitida bug’doydan un shudring, chang qorakuya, qattiq qorakuya, poya qorakuyasi, qo’ng’ir zang, sariq zang, poya zang kasalliklari PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
38
o’chraydi, qarshi kurashilmaganda bu kasalliklar tufayli umuman olganda 70 % hosil yo’qotilishi mumkin. Bug’doy kasalliklariga kurash choralari: Kasallik tarqalishiga asos bo’ladigan bug’doy qoldiqlari yo’qotish, almashlab ekish; yerni chuqur shudgorlash; begona o’tlarga qarshi kurash; bahori va kuzgi g’alla ekinlarni yaqin joylamaslik; agrotexnika qoidalariga rioya qilish; kasalliklarga chidamli navlari va turini ekish (Lalmikor yerlarda qattiq bug’doy yumshoq budoyga nisbatan zamburug’li kasalliklarga chidamli bo’ladi shu sababli imkoni boricha xo’jaliklar qattiq bug’doy navlarini ekkani maqul); Qorkuya kasalliklariga qarshi urug’lar quyidagi preparatlar bilan dorilanishi lozim: Vitavaks -200FF,-2,0-2,5 l/t, Divident- 2,0 l/t, Baraka-0,4 kg/t, Bug’doydor-2,5 l/t, Raksil-1,5kg/t. Un shudring va zang kasalliklarga qarshi Bayleton 25% n.kuk.-1,0 ga/kg; Alto-Super 33% em.k.-0,3ga/l; Folikur-BT 22,5% k.e-0,3-0,5ga/l; Impakt 25% s.k.-0,5ga/l; Titul 390 KKR-0,3 ga/l; Kolosal KE -0,3ga/l meyorlarda o’suv davrida ishlov berish tavsiya etiladi. Bu preparatlar 25-30 kun davomida tasir ko’rsatadi. Lalmikor mintaqalarda bug’doyga kravchik (xumkalla, keskir) qo’ng’izlari, qarsildoq qo’ng’izlar (simqo’rtlar), qoratanli qo’ng’izlar (soxta simqo’rtlar), zararli xasva, shilimshiqqo’rt, tunlamlar, bug’doy tripsi, g’allagullilar bitlari (shiralar) keng tarqalgan va zararkunanda sifatida jiddiy xavf tug’diradi.. Ayrim mintaqalarda bug’doyzorlarga kemiruvchilar ham zarar yetkazadi. Bug’doy ekilgan maydonlar lalmikor mintaqaning tekislik, qir-adirlik mintaqalarida uchraydigan bazi zararli hashoratlar, ayniqsa qoratanli qo’ng’izlar (soxta simqo’rtlar) va kravchik (xumkalla, keskir) qo’ng’izlaridan ko’p zararlanadi.
Download 0,52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling