Rahmat sizga, xonim
Download 18.5 Kb.
|
Dars ishlanma
Asar matnini o`qish:
Kimnidir yoki nimanidir yaxshi ko`ra olish- insonga berilgan bebaho ne`matdir. O`quvchining asar qahramoni bo`lmish “bolakayning va mehribon ayolning xatti harakatini tushunishda” matnni ifodali o`qishning ahamiyati beqiyos. RAHMAT SIZGA, XONIM To‘ladan kelgan bir ayol yo‘lak bo‘ylab ichiga hamma narsa sig‘adigan katta sumkasini ko‘tarib ketib borardi. Chindan ham, sumkaning ichida yo‘q narsaning o‘zi yo‘q edi, albatta, odamning jonidan boshqa. Bog‘ichi uzunligidan ayol uni yelkasi osha orqasiga tashlab olgancha ko‘cha bo‘ylab yolg‘iz ketayotgandi. Soat tungi 11 lar edi, bir payt uning yoniga shuv etib bir bola yetib keldi va ayolning sumkasini yelkasidan yulib oldi. Ayol o‘ziga kelmay turib, bog‘ichi bitta tugmacha bilan qadalgan sumka shart uzilib, bolaning qo‘lidan tushib ketdi. Sumkaning og‘irligidan muvozanatini yo‘qotgan bola yiqilib tushdi va oyog‘i jarohatlandi. Ayol esa bolaning yelkasidan ushlab jahl bilan turg‘azdi. – Qani, mening sumkamni olib bergin-chi, – dedi uni qo‘yib yubormay. – Uyalmaysanmi-a? Yoqasidan olingan bola duduqlandi: – Men... men... – Nega bunday qilding? – Atayin qilmadim... – Aldayapsan. Bu paytda bir-ikki yo‘lovchi ularga hayron bo‘lib qaragancha o‘tib ketdi. Ba’zilari esa turib olib ularni kuza boshladi. – Seni qo‘yib yuborsam, qochib ketasan, shundaymi? – Aha... – dedi bola. – Demak, qo‘yib yubormayman! – Juda afsusdaman, xonim. Meni kechiring!.. – g‘udrandi bolakay. – Xo‘o‘sh, juda kirligidan aftingga qarab bo‘lmaydi. Seni o‘zim bir ozoda qilib qo‘ymasammi? Nima, uyingdagi birortasi yuzingni yuvib yur, deb aytmaydimi? – Yo‘q... – Unda bekorga uchrashmabmiz. Bugun yuvinadigan kuning ekan, – dedi ayol va qo‘rqib turgan bolani qo‘yib yubormay, o‘zi bilan olib keta boshladi. Bola o‘n to‘rt yoki o‘n besh yashar, cho‘pdek ozg‘in, keda va ko‘k jinsi kiygan edi. – O‘g‘lim tengi ekansan. Senga nima yaxshi-yu, nima yomonligini o‘rgatishim kerak. Avvalo, tarbiyani yuzingni yuvishdan boshlaymiz. Qorning ham ochdir? – Yo‘q, to‘qman, meni qo‘yib yuborsangiz bo‘ldi. – Seni o‘z yo‘limda tinchgina ketayotib men ushlab oldimmi? – Yo‘q... – O‘zing menga tashlanib qolding-ku, to‘g‘rimi? Endi meni – LuellaBeyts Vashington Jones xonimni uzoq eslab yurasan! Ayol uyiga yetib kelgach, bolani ichkariga kiritdi. Kiraverishda kichikkina oshxona joylashgan edi, ayol chiroqni yoqdi va eshikni ochiq oldirdi. Bola qo‘shnilarnikidan eshitilayotgan ovozlar, kulgilarni bemalol eshita olardi. Ba’zi qo‘shnilarning eshigi ularniki kabi ochiq edi, demak, bola bu ayol bilan yolg‘iz emas. Ayol haligacha bolaning kiyimidan ushlagan ko‘yi oshxona o‘rtasida turardi. – Isming nima o‘zi, bolakay? – Rojer. – Demak, Rojer, hozir rakovina oldiga borib, yuzingni yaxshilab yuvasan. Nihoyat, ayol bolani qo‘yib yubordi. Rojer bir ochiq eshikka, bir ayol tomonga, keyin yana ko‘cha eshigiga qaradi-da, beixtiyor yuvinish uchun yo‘l oldi. – Issiq suv tushguncha biroz kutib tur, – dedi ayol, – mana, toza sochiq. – Meni politsiyaga topshirasizmi? – so‘radi bola yuzini yuvayotib. – Qo‘rqmay yuvinaver, bunaqa kir holingda sen bilan ko‘chaga chiqib bo‘larmidi? – dedi ayol. – Men uyimga yeyish uchun biror taom tayyorlash niyatida tinchgina qaytayotgan bo‘lsam-u, sen esa sumkamga yopishsang-a? Uyingdagi kechki ovqatga ham kech qolding... – Mening hech kimim yo‘q... – Unda birga ovqatlanar ekanmiz-da, menimcha, qorning ham ochqagan. Axir, shuncha “harakat” qilib, ochqamay bo‘ladimi? – Men faqat zamsha tufli olmoqchi edim... – Tufli olish uchun hamyonimni o‘g‘irlash shart emasdi, o‘zimdan so‘rasang ham bo‘lardi, – dedi Luella xonim, – bir og‘iz so‘rasang bo‘ldi edi... – Rostdanmi, xonim?! – yuzidan suv tomib turgan bolakay ajablanib so‘radi beixtiyor. Ular jim qolishdi... Uzoq jimlik cho‘kdi. Nihoyat, bola yuzini artdi, keyin nima ilishini bilmay, sochiqni olib yana artdi. Eshik hamon ochiq. Bir harakat qilsa, tamom, qochaveradi, qochayeradi... Ayol kursiga o‘tirib, birinchi bo‘lib gap boshladi: – Yoshligimda men ham imkonim yetmaydigan narsalarga ega bo‘lishni juda xohlardim. Bola ajablanib ayolga qaradi. – Lekin... hech kimning hamyonini o‘g‘rilamaganman, deyishimni kutyapsanmi? Yo‘q, bu haqda gapirmoqchi emasman. Shunday ishlar qilganmanki, imkoni bo‘lsa, ularni Xudodan ham yashirgan bo‘lardim, o‘g‘lim... Xonaning narigi chetida gaz plita va muzlatkich bor edi. Ayol o‘rnidan turib, o‘sha tomonga ketdi. Ortiga qaramadi: ayol kursiga sumkasini atay tashlab ketgan edi. Bola uni hoziroq olib, qochib ketishi mumkin bo‘lsa-da, ayol ortiga qarashni istamasdi. Bola buni sezdi va Rojer Luella xonimning gapidan nega hayratlandi? ayol uni ko‘rib turishi mumkin bo‘lgan joyga borib o‘tirdi. U Luella xonimning ishonchini yo‘qotishni istamasdi. – Do‘konga chiqib, biror narsa olib kelib beraymi? – so‘radi bola. – Sut yoki biror yegulikmi... – Shart emas. Sut ichging kelyaptimi? Menda qadoqlangani bor, undan kakaoli ichimlik tayyorlab beraman. – Ajoyib fikr, xonim. Ayol muzlatgichdan lima loviyalari va go‘sht oldi. Yegulik, kakaoli ichimlik tayyorladi va hammasini dasturxonga qo‘ydi. Ayol boladan uni noqulay ahvolga solishi mumkin bo‘lgan qayerda yashashi, o‘tmishi, yaqinlari haqidagi savollarni so‘ramadi. Buning o‘rniga u o‘z kasbi – mehmonxonaning go‘zallik salonidagi ishi, uni qanchalik sevishi haqida aytib berdi. Keyin oldiga keluvchi mijozlar – malla, qizil sochli go‘zal ayollar haqida gapirdi. Bolaga shirinlik bo‘lagini uzatarkan: – Yana biroz yeb ol, o‘g‘lim, – dedi mehribonlik bilan. Ovqatlanib bo‘lishgach, ayol bolaning qo‘liga o‘n dollar tutqazdi. – Bunga o‘zing xohlagandek zamsha tufli sotib olgin. Lekin keyingi safar bu xatoni takrorlama – menga o‘xshagan birortasining cho‘ntagiga qo‘lingni suqma. Oyoq kiyim orzusi oyoqlaringni yomon yo‘lga boshlamasin. Bugungi kun sen uchun unutilmas saboq bo‘lishiga umid qilaman, o‘g‘lim! Ayol uni tashqariga kuzatib qo‘ydi va eshikni yopdi. Bola unga nimadir yaxshi gap aytgisi keldi, lekin munosib so‘zlarni topolmadi. U ayolning uyiga kirib ketishini kuzatib qolarkan, pichirlab: “Rahmat sizga...” deya oldi xolos. Shundan so‘ng ular boshqa uchrashmadilar. Nodirabegim Ibrohimova tarjimasi Matn o`qib bo`lingach, tahlil jarayonida o`quvchilar tasavvurida qissadagi bola yashayotgan sharoitni jonlanti-rishga erishish kerak. Shunda bolalarda asarda tasvirlangan voqeani ko`z oldilariga keltirish, qahramon tuyg`ularini his etish va tasavvuridagi holatlarni so`z bilan ifodalash malakasi shakllanadi. Download 18.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling