Guruhlarda ishlash. Har bir guruhga asar matni yiizasidan quyidagicha topshiriqlar beriladi:
1-guruh: Rojer nega: “Meni politsiyaga topshirasizmi?” – deb so‘radi? Nima uchun uning xayoliga bunday fikr keldi deb o‘ylaysiz?
2-guruh: Rojer nima uchun ochiq eshik – ko‘cha tomonga emas, yuvinish uchun yo‘l oldi?
3-guruh: Sizningcha, bolaga yaxshilik qilishdan ayolning maqsadi nima?
4-guruh: Ayolning xatti-harakatlari sizda qanday taassurot qoldirdi? U haqidagi dastlabki fikringiz qanday?
Guruhlar fikrlari himoyasi:
Guruhlar asarning bosh qahramonlari Rojer va Luella xonimning xatti harakatini baholashadi va o’z fikrlarini bildiradi.
Guruhlar baholanadi. Bunda o`quvchilarning mustaqil fikrlashi va xulosa chiqara olishi hisobga olinadi.
Uyga vazifa: asarning qayta o’qib, so’zlashga tayyorgarlik ko’rish. «asardagi Luella xonim timsoliga tavsif» mavzusida taassurot yozish uyga vazifa etib topshirish mumkin.
O`quvchilar asardagi har bir qahramonga xos insoniy sifatlarning qandayligini matnga tayangan holda mustaqil yozadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |