Rahmat sizga, xonim


Download 18.5 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi18.5 Kb.
#1371711
  1   2   3
Bog'liq
Dars ishlanma


MAVZU: LENGSTON HYUZNING “RAHMAT SIZGA, XONIM” ASARINI O`QIB O`RGANISH
Maqsad: O`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tar-biyalash, insonlarga mehr oqibatli bo’lishi haqida tushuncha berish, ularda o`zgalarning ruhiy kechinmalarini tushunish, darddoshlik tuyg`ularini o`stirish.
Darsning borishi:
1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
2. Yangi mavzu bayoni. Aqliy hujum.
3. Adib umrbayoni bilan tanishish.
4. Asar matnini o`qish.
5. Guruhlarda ishlash.
6. Matn ustida ishlash.
7. Fikrlar himoyasi.
8. Uyga vazifa berish.
O`tilgan mavzu savollar asosida so`ralib, suhbat o`tkaziladi, dars mustahkamlanadi.
Yangi mavzuni bayon qilish. Aqliy hujum:
L. Hyuz kim, uning ijodiga xos qaysi asarni bilasiz?
O`quvchilarning javoblari umumlashtiriladi va to`ldirish uchun adib umrbayoni bilan tanishtiriladi.
O`rganilajak asarni mukammal o`zlashtirish uchun uni yozgan odamning shaxsini bilish katta ahamiyatga ega. Lengston Hyuz (1902–1967) – AQSH adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakili, shoir, yozuvchi, dramaturg.
U AQSHning Missuri shtatida qora tanlilar oilasida tug‘ildi. Bu paytda AQSHda qora tanlilarga nisbatan adolatsizlik, ularni “quyi abaqa” sifatida ko‘rish odati hukmron
edi. Ko‘p vaqtini buvisining qaramog‘ida o‘tkazgan Lengston undan qora tanlilar ham hech kimdan kam emasligini, o‘z nasl-nasabi ilan g‘ururlanishni o‘rgandi. Buvisining tarbiyasi keyinchalik Hyuzga o‘z asarlarida “qora tanli ekanidan
uyalmasdan o‘zligini ifoda etishiga” yordam berdi.
Maktabda o‘qib yurgan paytida Hyuz she’rlar va hikoyalar yoza boshladi, maktab gazetasini nashr qilishda faol qatnashdi. O‘rta maktabni itirganidan keyin nufuzli Kolumbiya universitetiga o‘qishga kirdi, lekin jamiyatdagi qora tanlilarga bo‘lgan munosabat tufayli bu oliygohdan ketishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik bir qancha joylarda ishladi, Linkoln universitetini bitirdi, boshqa davlatlarga sayohat qildi.
1930-yillarda O‘zbekistonga ham tashrif buyurdi. Lengston Hyuz ko‘p vaqtini adabiyotga bag‘ishladi va oddiy insonlar taqdiri haqida ko‘plab asarlar yaratdi.



Download 18.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling